Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


Jinoyat kodeksining turli moddalariga tushadigan qilmishlarni



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə244/298
tarix10.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#110474
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   298
fc14ce6364e21ae42f7e44d6f4454c45 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HUQUQI K U R S I 1-TOM

Jinoyat kodeksining turli moddalariga tushadigan qilmishlarni 
sodir etish qonunda «...Maxsus qismning turli moddalarida yoki bitta 
moddasining turli qismlarida nazarda tutilgan» qilmishlarni sodir etish 
kabi ifodalanadigan turli xildagi va bir turdagi jinoyatlarni sodir etish 
majmui deb tan olishdan boshqa narsa emas.
JK 33-moddasi 2-qismiga asosan, «agar shaxs sodir etgan qilmishda 
ushbu Kodeks Maxsus ayni bir moddasining turli qismlarida nazarda 
tutilgan jinoyatlarning alomatlari mavjud bo‘lsa, u moddaning og‘irroq 
jazo belgilangan qismi bo‘yicha javobgarlikka tortiladi». Shuni nazarda 
tutish zarurki, ushbu norma ijtimoiy xavfli qilmishning mazmunida JK 
maxsus qismi aynan bir moddasining turli qismlarida nazarda tutilgan 
kvalifikatsiyalovchi belgilar mavjud hollarni nazarda tutadi. Aynan 
shunday hollarda qonun chiqaruvchi og‘irroq javobgarlik nazarda tutilgan 
modda qismi bo‘yicha javobgarlik kelib chiqishini belgilab qo‘ygan. 
Bunday hollarda, ijtimoiy xavfli qilmish sodir etishda jinoyatlar majmui 
359 


mavjud emas. Biroq bir qator hollarda har xil jinoyatlar uchun javobgarlik 
JK maxsus qismining aynan turli moddalarida nazarda tutiladi. Bu, asosan, 
modda qismi tegishli alohida jinoyatni to‘la tasvirlab mustaqil sanksiyaga 
ega bo‘lgan moddalarda mavjud. Masalan, JK 148-moddasining 1-qismida 
bila turib, g‘ayriqonuniy ravishda ishdan bo‘shatish yoki ishga tiklash 
to‘g‘risidagi sud qarorini bajarmaslik, shunday qilmishlar uchun ma’muriy 
jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etganlik uchun javobgarlik belgilangan, 
ushbu moddaning 2-qismida esa ayolni homiladorligi yoki yosh bolani 
parvarish qilayotganligini bila turib, uni ishga olishdan g‘ayriqonuniy 
ravishda bosh tortish yoki ishdan bo‘shatish uchun; JK 234-moddasi 1-
qismida bila turib, qonunga xilof ravishda ushlab turish, ya’ni 
surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror tomonidan qonuniy asosga ega 
bo‘lmagan holda shaxs erkinligining qisqa muddatga cheklanishi, shu 
moddaning 2-qismida esa, bila turib qonunga xilof ravishda hibsga olish 
yoki hibsda saqlash uchun javobgarlik belgilangan. Shuning uchun agar 
aybdor avvaliga shaxsni ishga tiklash haqidagi sud qarorini bajarmagan 
bo‘lsa, keyin ayolni homiladorligi motiviga asoslanib ishga qabul 
qilmagan bo‘lsa uning harakatlari mehnat qilish huquqini buzish sifatida 
JK 148-moddasi 1- va 2-qismlari bo‘yicha kvalifikatsiya qilinishi lozim. 
Jinoyatlar majmui faqat har xil yoki turdosh jinoyatlar bo‘yicha hosil 
bo‘ladi, lekin aynan bir xil jinoyatlar bo‘yicha hosil bo‘lmaydi. Jinoyatlar 
majmuining jinoyatlar takroranligidan farqi ham mana shunda. Jinoyatlar 
majmuida sodir etilgan qilmish har doim shaxs tomonidan ikki yoki undan 
ortiq turdosh yoxud mustaqil kvalifikatsiya qilinadigan har xil jinoyatlar 
sodir etilishini nazarda tutadi, jinoyatlar takroranligida esa sodir 
etilayotgan ijtimoiy xavfli qilmish bir xil bo‘ladi va faqat alohida hollarda 
turdosh yoki har xil bo‘lishi mumkin. 
Masalan, o‘g‘rilik (JK 169 - moddasi) va odam o‘ldirish (JK 
97-moddasi)da jinoyatlar majmui mavjud. Bu qonunga zid qilmishlar 
jinoiy-huquqiy himoyaning turli obyektlariga qaratilgan: birinchisi – 
o‘zganing mulkini yashirincha talon-toroj qilish, ikkinchisi – boshqa 
odamni zo‘rlik ishlatib hayotdan mahrum qilish. Bu holatda har xil jinoiy 
tajovuzlar yaqqol mavjud. Masalan, o‘g‘rilik (JK 169-moddasi) va 
360 


firibgarlik (JK 168-moddasi) sodir etishda jinoyatlar majmuida 
tajovuzlarning turdoshligi haqida gapirish mumkin bo‘lib, bularda aynan 
bir obyektga tajovuz haqida gap bormoqda va ular JK maxsus qismining 
bir bobiga biriktirilgan. 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin