Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə246/298
tarix10.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#110474
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   298
fc14ce6364e21ae42f7e44d6f4454c45 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HUQUQI K U R S I 1-TOM

Jinoyatlarning ideal majmui – bir necha jinoyatlarning konstruktiv 
tarkibiy qismi bo‘lib, bunda bir qilmish bilan bir vaqtning o‘zida ikki yoki 
undan ortiq jinoyatlar sodir etiladi, aniqroq qilib aytganda, ikki yoki undan 
ortiq jinoiy oqibatlar yuzaga keladi. Bunda shaxs bir harakat bilan ikkita 
jinoyat sodir etayotganligi haqida gapirish o‘rinlidir. Masalan, shaxs o‘ch 
olish maqsadida qo‘shnisining uyiga uning mulkini nobud qilish va 
qarindoshlarini hayotdan mahrum etish yoki ularga og‘ir tan jarohati 
yetkazish niyatida o‘t qo‘yadi. Bunday holda shaxs ikki jinoyat sodir 
etmoqda: o‘zganing mulkini yo‘q qilayapti (JK 173-moddasi) va odam 
o‘ldirmoqda (JK 97-moddasi) yoki og‘ir tan jarohati yetkazayotir (JK 104-
moddasi).
Sud-tergov amaliyotida jinoyatlar majmuining mazkur turi jinoyat 
ideal majmuiga qaraganda ko‘proq uchraydi.
Jinoyatlar ideal majmuida sodir etilgan jinoyatlarni kvalifikatsiya 
qilish jinoyatlar real majmuidagiga qaraganda murakkabroqdir.
1
Қаранг: Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг 2004 йил 24 сентябрдаги «Қасддан одам 
ўлдиришга оид ишлар бўйича суд амалиёти тўғрисида»ги 13-сонли қарори, 16-банд, 2-хатбоши // Тўплам, 2-
жилд. – 198-б. 
362 


Jinoyatlar ideal majmui qonun chiqaruvchi tomonidan maxsus 
normalarda inobatga olinmagan hollarda sodir etilgan qilmish JK maxsus 
qismining bir necha moddalari bo‘yicha kvalifikatsiya qilinadi. Yuqorida 
keltirilgan misol aynan qonun chiqaruvchi tomonidan inobatga olinmagan 
jinoyatlar ideal majmui hisoblanadi. Qonun chiqaruvchi tomonidan 
jinoyatlar ideal majmui maxsus normada inobatga olingan hollarda sodir 
etilgan qilmish JK Maxsus qismining faqat shu normasi bo‘yicha 
kvalifikatsiya qilinadi.
Qonun chiqaruvchi tomonidan maxsus normada inobatga olingan 
jinoyat ideal majmuiga JK 102-moddasi bo‘yicha ehtiyotsizlik natijasida 
odam o‘ldirish belgilari bo‘yicha qo‘shimcha kvalifikatsiya qilishni talab 
etuvchi o‘limga olib kelganlik fakti mavjud bo‘lishiga qaramay, JK 104-
moddasi 3-qismining «d» bandi bilan qamrab olingan jabrlanuvchining 
o‘limiga olib kelgan qasddan tanaga og‘ir shikast yetkazish misol bo‘la 
oladi. Jabrlanuvchiga tanosil kasalligini yuqtirish bilan birga ro‘y bergan 
va JK 118-moddasi 3-qismining «d» bandi bilan qamrab olingan holda 
nomusga tegishni (og‘ir oqibatlarga olib kelgan nomusga tegish) ham 
shunga o‘xshash misol sifatida keltirib o‘tish mumkin.
Xuddi shunday, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 
rahbariy tushuntirishlariga ko‘ra, «agar jinoyatlardan biri boshqasini sodir 
etish vositasi yoki usuli bo‘lib, har ikkala jinoyat belgilari Jinoyat kodeksi 
tegishli moddasi dispozitsiyasida ko‘rsatilgan bo‘lsa, qilmish Jinoyat 
kodeksining faqat og‘irroq jinoyat uchun javobgarlik belgilovchi bitta 
moddasi bilan kvalifikatsiya qilinishi kerak. Bunda qilmishni yengilroq 
jinoyat uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi modda bilan qo‘shimcha 
kvalifikatsiya qilish talab etilmaydi (masalan, xizmat mavqeidan 
foydalangan holda bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish faqat JK 
182-moddasi ikkinchi qismi «g» bandi bo‘yicha kvalifikatsiya qilinishi 
lozim)»
1
.
«Agar qonunning bitta normasida jinoyat natijasida kelib chiqadigan 
turli ijtimoiy-xavfli oqibatlar nazarda tutilmagan bo‘lsa, qilmish jinoyatlar 

Қаранг: Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг 2008 йил 15 майдаги «Бир неча жиноят содир 
этилганда қилмишни квалификация қилишга доир масалалар тўғрисида»ги 13-сонли қарори, 
10-
банд //Тўплам, 2008 й., 3-сон. – 14-б.
363 


majmui sifatida Jinoyat kodeksining bevosita har bir obyektga ziyon 
yetkazilishi uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi tegishli moddalari bilan 
kvalifikatsiya qilinishi kerak»
1
.
«Amaldagi qonunlarga muvofiq savdo faoliyatining ayrim turlari bilan 
shug‘ullanish uchun maxsus ruxsatnoma (litsenziya) talab qilinadi. Bunday 
ruxsatnomaning yo‘qligi Jinoyat kodeksining 190-moddasi bo‘yicha 
javobgarlikni yuzaga keltiradi. 
Agar bunda aybdorning savdo faoliyatini faqat ruxsatnoma 
(litsenziya)siz amalga oshiribgina qolmay, balki ro‘yxatdan o‘tishdan ham 
bo‘yin tovlaganligi aniqlansa, uning harakatlari Jinoyat kodeksining 188- 
va 190-moddalari majmui bilan kvalifikatsiya qilinmog‘i lozim»
2
.
Jinoyatlarning ideal majmuini jinoyat-huquqiy normalar 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin