Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


sodir etgan jinoyati uchun hukm qilinganligidir



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə249/298
tarix10.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#110474
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   298
fc14ce6364e21ae42f7e44d6f4454c45 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HUQUQI K U R S I 1-TOM

sodir etgan jinoyati uchun hukm qilinganligidir. Hukm qilinganlik 
retsidiv jinoyatni takroran jinoyat sodir etishdan farqlash imkonini 
beruvchi asosiy belgi bo‘lib hisoblanadigan jinoiy-huquqiy oqibatdir. 
«Takroran va retsidiv jinoyat sodir etilishi qonunda belgilangan 
asoslar va doirada og‘irroq jazo tayinlanishiga olib kelishini inobatga olib, 
har bir ish bo‘yicha JK 77–80-moddalariga muvofiq tugallangan yoki olib 
tashlangan sudlanganlik holati mavjudligi haqidagi materiallar tekshirib 
chiqilishi va shunga asoslanib, retsidiv jinoyat bor-yo‘qligi to‘g‘risidagi 
1
Қаранг: Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг 2006 йил 3 февралдаги «Судлар томонидан 
жиноят учун жазо тайинлаш амалиёти тўғрисида»ги 1-сонли қарори, 9-банд, 2-хатбоши // Тўплам, 2-жилд. – 
227-
б. 
367 


masala hal etilishi kerak»
1
. Shu bilan birga, mahkumning holatini 
og‘irlashtirishning oldini olish maqsadida, shuni esda tutish lozimki, 
JKning 65, 66, 661, 68, 69, 70, 71, 76-moddalariga binoan shaxs ilgari 
sodir etgan jinoyati uchun jinoiy javobgarlikdan va jazodan ozod etilgan 
bo‘lsa, sudlanganligi belgilangan tartibda olib tashlangan yoki o‘chgan 
bo‘lsa, shuningdek, qonunda shaxs ilgari sodir qilgan qilmish jinoiyligi 
bekor qilingan taqdirda, sudlanmagan hisoblanadi.
Sudlanganlikning mavjudligi u yoki bu darajada jazoning turi va 
hajmiga ta’sir etadi hamda turli xil jinoiy-huquqiy oqibatlarga olib keladi. 
Ilgari jinoiy javobgarlikka tortilib, keyinchalik yana qasddan jinoyat sodir 
qilgan shaxslarga nisbatan jazo tayinlash masalasini hal qilishda, sudlar 
jazo tayinlashning individuallashtirish prinsipiga asoslanib, ashaddiy 
tarzda tuzalish yo‘liga tushishni istamayotgan retsidivist shaxslarga asossiz 
ravishda yengilroq jazo berish JK maqsadlari ro‘yobga oshishiga xalaqit 
berishini inobatga olishlari shart.
Jinoyat qonunida retsidiv jinoyat haqida Jinoyat kodeksi umumiy 
qismi normalarida ham, maxsus qismi normalarida ham so‘z boradi.
Umumiy qism normalarida retsidiv jinoyat:
– jazo tayinlashda JK 56-moddasi 2-qismi «n» bandiga muvofiq 
og‘irlashtiruvchi holat sifatida hisobga olinishi mumkin;
– JK 60-moddasida nazarda tutilgan qoida bo‘yicha jazo tayinlashning 
alohida tartibi qo‘llanishini keltirib chiqaradi;
– jazoni ijro etish muddatlari o‘tishining uzilishiga asos bo‘lib 
hisoblanadi (JK 69-moddasi 2-qismi);
– JK 72-moddasi 7-qismida mustahkamlangan shartlar mavjud 
bo‘lganda shartli hukm qilish qoidalarining qo‘llanilishiga to‘sqinlik 
qiladi; 
– aybdorning chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lganligi munosabati 
bilan jazodan ozod qilinishiga (JK 71-moddasi 1-qismi) to‘sqinlik qiladi; 
1
Қаранг: Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг 2006 йил 3 февралдаги «Судлар томонидан 
жиноят учун жазо тайинлаш амалиёти тўғрисида»ги 1-сонли қарори, 9-банд, 1-хатбоши // Тўплам, 2-жилд. – 
227-
б. 
368 


– jazo o‘tash muddatidan ilgari shartli ozod qilishda yoki jazoni 
yengilrog‘i bilan almashtirishda jazoning haqiqiy o‘talgan muddatini 
ko‘paytirishga asos bo‘ladi;
– jazoni ijro etish koloniyasi turini belgilashga asos bo‘ladi;
– amnistiya aktini qo‘llash masalasini hal qilishda hisobga olinadigan 
shartlardan biri bo‘lishi mumkin. 
Jinoyat kodeksi maxsus qismi normalarida retsidiv jinoyat xavfli va 
o‘ta xavfli retsidiv jinoyat bilan bog‘liq va jinoyat tarkibining 
baholanadigan belgisi sifatida tan olinadi. 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin