Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə233/298
tarix10.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#110474
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   298
fc14ce6364e21ae42f7e44d6f4454c45 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HUQUQI K U R S I 1-TOM

Subyekt tomondan aybdor tayyorgarlik ko‘rilayotgan, sodir 
etilayotgan yoki sodir etilgan jinoyatni aniq bila turib xabar 
bermayotganligini biladi, o‘z harakatlari xarakterini anglaydi, bu 
harakatlar oqibatini oldindan ko‘ra biladi hamda istaydi yoxud shunga 
ongli ravishda yo‘l qo‘yadi. Bunda motiv va maqsad jinoiy-huquqiy 
ahamiyatga ega emas. 
JK 31-moddasi 2-qismi daxldorlikning oldindan va’da bermagan 
holda yashirganlik shaklini belgilaydi. Uning ijtimoiy xavfliligi jinoyatni 
fosh etishda qiyinchiliklar tug‘dirishidadir. 
Oldindan va’da bermagan holda jinoyatni yashirganlik – jinoyat 
tugallanishigacha bajaruvchiga va’da berilmagan yashirishdir. U jinoyat 
bilan sababiy bog‘lanishda bo‘lmaydi, shu holat bilan oldindan va’da 
bergan holda yashirish shaklidagi yordamchilikdan farq qiladi. 
Oldindan va’da bermasdan jinoyatni yashirish obyektiv tomondan 
aynan harakatlarda, ya’ni jinoyatchiga jismoniy ko‘mak berish, u 
yashirinishi mumkin bo‘lgan turar joyni taqdim etish orqali uni odil sudlov 
organlaridan yashirish, uni qalbaki yoki o‘zga shaxslarga tegishli hujjatlar 
bilan ta’minlashda ifodalanadi. 
(Jinoyatchini, jinoyat vositalari va qurollari, jinoyat izlari, jinoiy yo‘l 
bilan topilgan narsalarni yashirish tushunchasi haqida batafsilroq mazkur 
bobning «Jinoyat ishtirokchilarining turlari» deb nomlanuvchi 2-§ ga 
qarang.) 
Jinoyatda yordamchilikdan farqliroq, uni yashirganlik jinoyatga 
daxldorlikning shakli sifatida shundan kelib chiqadiki, yashirishga rozilik 
jinoyat tugallanganidan keyin beriladi va shuning uchun u jinoyat bilan 
sababiy-oqibat bog‘liqlikda bo‘lmaydi. Oldindan va’da bermagan holda 
339 


yashirishni uning obyektiv tomoniga kiradigan harakatlardan biri 
bajarilgan paytdan boshlab tugallangan deb hisoblash lozim. 
Oldindan va’da qilmagan holda jinoiy yo‘l bilan topilganligi aniq 
ayon bo‘lgan mulkni olish oldindan va’da bermagan holda yashirish deb 
qaralishi mumkin emas, chunki bu qilmish JK 171-moddasida javobgarlik 
belgilangan jinoyatning mustaqil tarkibini tashkil qiladi. 
Yashirish subyekt tomondan faqat to‘g‘ri qasd bilan amalga 
oshiriladi. Yashiruvchi, birinchidan, o‘ta og‘ir yoki og‘ir jinoyatni 
yashirayotganligini, ikkinchidan, o‘z harakatlarining ijtimoiy xavfliligini 
anglaydi. Shaxs jinoyatni yashirganlik uchun faqat o‘zi bilgan jinoyat 
uchungina javobgarlikka tortilishi mumkin. Jinoyatni yashirish 
jinoyatining tarkibi formal bo‘lganligi sababli aybdor o‘zi amalga 
oshirayotgan harakatlarning sodir etilishini xohlaydi. 
Faqat 16 yoshga yetgan shaxslar oldindan va’da bermagan holda 
jinoyat haqida xabar bermaganlik yoki jinoyatni yashirganlik uchun 
javobgarlikka tortiladilar. Bunda JK 31-moddasi 3-qismiga ko‘ra, 
oldindan va’da bermagan holda jinoyat haqida xabar bermaganlik yoki 
jinoyatni yashirganlik uchun gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki 
sudlanuvchining yaqin qarindoshlari javobgarlikka tortilmaydi. JK Maxsus 
qismining sakkizinchi bo‘limida izohlanishicha, yaqin qarindoshlarga 
qarindosh yoki quda tomondan qarindosh bo‘lgan shaxslar, ya’ni ota-ona, 
aka-uka va opa-singillar, er-xotin, farzand, shu jumladan, farzandlikka 
olinganlar, nevaralar, shuningdek, er-xotinning ota-onasi, aka-uka va opa-
singillari kiradi. 
Jinoyat huquqi nazariyasida jinoyat haqida xabar bermaganlik va uni 
yashirganlik bilan birga, jinoyatga daxldorlikning JK Umumiy qismida 
nazarda tutilmagan uchinchi shakli – jinoyatga yo‘l qo‘yib berish ham 
ajratib ko‘rsatiladi.

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin