qilmaslik yoxud jinoyat sodir qilishga yo‘l qo‘yib berish
1
(JK 205-, 208-
moddalari va boshqalar), oldindan va’da bermagan holda xabar qilmaslik
va oldindan va’da bermagan holda yashirganlik, agar mazkur holatlar o‘ta
og‘ir va og‘ir jinoyatlar bilan bog‘liq bo‘lsa (JK 241-moddasi), kabilarni
aytish mumkin.
Jinoyatga daxldorlikning ijtimoiy xavfliligi shundan iboratki, u
huquqni muhofaza etish organlariga o‘z faoliyatini, xususan, jinoyat sodir
etishning oldini olish faoliyatini samarali amalga oshirishga to‘sqinlik
qiladi. Jinoyat haqida xabar qilmaslik, jinoyatni yashirish singari,
jinoyatchilarda yoki jinoyat sodir etish niyatida bo‘lgan shaxslarda jazosiz
qolish hissini vujudga keltiradi, ongda salbiy tasavvurni shakllantiradi,
muayyan hollarda og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyat sodir etgan aybdor
shaxslarning javobgarlikdan va jazodan qutulib qolishiga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: