Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə239/298
tarix10.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#110474
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   298
fc14ce6364e21ae42f7e44d6f4454c45 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HUQUQI K U R S I 1-TOM

NOTA BENE ! 
Uzoqqa cho‘zilgan jinoyat deganda, qonun bilan jinoiy jazo qo‘llash 
tahdidi bilan aybdorga yuklatilgan vazifalarning uzoq vaqt mobaynida 
bajarilmasligidan iborat qilmish tushuniladi va bir jinoyatning uzoqqa 
cho‘zilgan uzluksiz tarkibini tashkil qiladi (JK 32-moddasi 4-qismi)
Uzoqqa cho‘zilgan jinoyatning o‘ziga xos belgisi uning vaqtdagi 
tanaffuslar bilan sodir etiladigan davomli jinoyatlardan farqli ravishda 
muntazam davom etishidadir. Uzoqqa cho‘zilgan jinoyat tarkibini boshqa 
barcha jinoyat tarkiblari turlaridan ajratuvchi ikkinchi xususiyat – bu 
muayyan harakatni amalga oshirish majburiyatining mavjudligidir. Ushbu 
murakkab bir martalik jinoyatning bu turi vazifalarni bajarmaslikning 
nihoyasiga yetishi paytidan tugallangan deb hisoblanadi, chunki uzoqqa 
cho‘zilgan tarkibli jinoyatlarning obyektiv tomoni qasdning yagonaligi va 
jinoiy qilmishning boshlang‘ich bosqichi va aybdorning keyingi 
harakatlari o‘rtasidagi ichki bog‘liqlik bilan qamrab olinadigan butun davr 
mobaynida amalga oshiriladi. Muayyan vaqtda davom etuvchi yagona 
jinoyatni tashkil qiladigan vazifalarni uzoq vaqt bajarmaslik ham bitta 
umumiy qasdga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Qancha vaqt mobaynida amalga 
oshirilishidan qat’i nazar, bitta jinoyat sifatida, takroran sodir etilgan 
harakat yoki harakatsizlik aktlarini esa uzoqqa cho‘zilgan jinoyatni sodir 
etish bo‘yicha bitta qilmishning qatori sifatida ko‘rilishi kerak. Uzoqqa 
cho‘zilgan jinoyatlarga qurol, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar yoki 
portlatish qurilmalariga qonunga xilof ravishda egalik qilish (JK 248-
moddasi), o‘zining biron-bir a’zosini mayib qilish yo‘li bilan yoki boshqa 
usulda harbiy xizmatdan bo‘yin tovlash (JK 290-moddasi), zo‘rlik ishlatib 
g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish (JK 138-moddasi) va 
boshqalar misol bo‘ladi. 
1
Қаранг: Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг 1999 йил 24 сентябрдаги «Порахўрлик ишлари 
бўйича суд амалиёти тўғрисида»ги 19-сонли қарори, 8-банд, 1 ва 2-хатбошилари // Тўплам, 1-жилд. – 238-б. 
351 


Muayyan harakatni bajarish va ish orqali jinoiy xulqni tuzatish 
majburiyati turli xil normativ-huquqiy aktlardan kelib chiqishi mumkin. 
Masalan, JK 122-moddasi – voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz 
shaxslarni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash, JK 123-moddasi – ota-
onani moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasining 64-, 66-moddalari qoidalaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kelib 
chiqadi
1


Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin