Ishtirokchilik shakllari jinoyat sodir etishdagi o‘zaro aloqadorlik,
ishtirokchilar harakatining oldindan til biriktirgan
holda amalga oshirilish
darajasi, subyekt aloqadorligi va xususiyatiga ko‘ra farq qiladi. Qayd
etilgan belgilarning har biri birgalikdagi jinoiy faoliyat tavsifi uchun katta
ahamiyatga ega, chunki ular ishtirokchilar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik, til
biriktirganlik va umumiy maqsadga erishish uchun muvofiqlashtirilganlik
darajasini ochib beradi. Shubhasiz, ishtirokchilar xatti-harakatlarining
hamjihatligi va uyushganligi darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, istalgan
natijaga erishish shunchalik oson bo‘ladi. Birgalikdagi
jinoiy faoliyatni
tahlil etish jarayonida shu narsa ayon bo‘ladiki, tergov va sud organlari
xodimlari tomonidan mazkur belgilarning to‘g‘ri
aniqlanishi ishtirok-
chilikda sodir etiladigan jinoyatlarning to‘g‘ri kvalifikatsiya qilinishining
muhim shartidir.
Ta’kidlash zarurki, jinoiy-huquqiy doktrina ishtirokchilik shakllaridan
tashqari
ishtirokchilik turlarini ham ajratadi
1
. Ishtirokchilikning
shakllarga va turlarga bo‘linishi asosida, turli xil mezonlarga tayanadigan
ikki mustaqil tasnif mavjud. Agar ishtirokchilikni shakllarga bo‘lish
umuman birgalikdagi jinoiy faoliyatning ijtimoiy xavfliligi
xarakteri va
darajasini belgilash bilan bog‘liq bo‘lsa, ishtirokchilikning turini belgilash
ishtirokchilar javobgarligini asoslash va individuallashtirish
imkonini
beradi.
Afsuski, zamonaviy jinoyat-huquqiy adabiyotlar tahlili
ishtirokchilikni turlarga (shakllarga) bo‘lishga yagona yondashuv
yo‘qligini namoyish etadi. Bu, eng avvalo, ishtirokchilikni turlarga
(shakllarga) ajratish mezonlarini belgilashdagi tafovutlar bilan izohlanadi.
Mazkur ishda taklif etilayotgan ishtirokchilikni
turlarga tasniflash esa
obyektiv va subyekt mezonlarning o‘zaro shartlanganligi va bog‘liqligiga
asoslanadi.
Dostları ilə paylaş: