NOTA BENE !
Umumiy obyekt deganda, jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan barcha
ijtimoiy munosabatlar majmui tushuniladi.
Bu majmua
JK 2-moddasida nazarda tutilgan bo‘lib, ular shaxs,
uning huquq va erkinliklari, jamiyat
va davlat manfaatlari, mulkchilik,
tabiiy muhit, tinchlik va insoniyat xavfsizligi va boshqalardir. Ularning
jamiyat tomonidan qimmatli va ahamiyatli ijtimoiy munosabat sifatida
baholanganligi ularni birlashtirib turadi. Shuning uchun jinoiy
javobgarlikka tortish tahdidi bilan jinoyat qonuni tomonidan qo‘riqlanadi.
Umumiy
obyekt
huquqni tatbiq
etuvchiga jinoyatni boshqa
huquqbuzarliklardan (masalan, ma’muriy, intizomiy va boshqalar) u yoki
bu ijtimoiy munosabatning muhimlilik darajasidan kelib chiqqan holda
ajratish imkoniyatini beradi.
Umumiy obyekt – alohida olingan va barcha jinoyatlar qaratilgan
ijtimoiy munosabatlardir.
Dostları ilə paylaş: