Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/298
tarix10.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#110474
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   298
fc14ce6364e21ae42f7e44d6f4454c45 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HUQUQI K U R S I 1-TOM

NOTA BENE ! 
Maxsus obyekt – JK Maxsus qismining bir bo‘limiga kiritilgan 
moddalarda nazarda tutilgan, jinoyat tajovuz qiladigan, o‘z tabiatiga ko‘ra 
bir turdagi ijtimoiy munosabatlardir. 
 
Maxsus obyekt JK Maxsus qismi tuzilishini shakllantirish va 
bo‘limlarga ajratishning asosiy mezoni hisoblanadi. JK muayyan 
bo‘limlari jinoiy qilmish qaratilgan maxsus obyektlarning o‘xshash va 
farqli jihatlariga ko‘ra tuzib chiqilgan. Maxsus obyekt JK Maxsus qismi 
tuzilishiga qarab, ulardagi ijtimoiy qadriyatlarning boshqa ijtimoiy 
munosabatlarga nisbatan ustunligini ko‘rsatishga xizmat qiladi. Maxsus 
obyektlarning ketma-ketligi u yoki bu ijtimoiy munosabatlarning qadrliligi 
va muhimliligidan dalolat beradi. Bir turdagi ijtimoiy munosabatlarga 
qaratilgan jinoyatlarning ijtimoiy xavflilik darajasi JK Maxsus qismi 
bo‘limlari doirasida boblarning joylashuviga qarab aniqlanadi. 
150 


NOTA BENE ! 
Turdosh obyekt ijtimoiy munosabatlarning ijtimoiy qadriyatlar, 
qimmatlilik maxsus belgilariga qarab guruhlanishi bo‘lib, ayni paytda 
maxsus obyektning bir elementi hisoblanadi. 
 
Turdosh obyekt – jinoyatlarning xususiyati bo‘yicha bir-biriga yaqin 
bo‘lgan obyekt turi. Amaliy va nazariy jihatdan bunday tasniflash 
tajovuzning darajasi va xususiyatini aks ettiradi. Masalan, shaxsga qarshi 
jinoyatlar (maxsus obyekt) o‘z ichiga shaxsning hayotiga qarshi qaratilgan 
jinoyatlar (I bob), sog‘liqqa qarshi jinoyatlar (II bob), jinsiy erkinlikka 
qarshi qaratilgan jinoyatlar (IV bob) kabi tartibda joylashib, bular 
jinoyatning turdosh obyektini tashkil etadi. Ba’zi hollarda, Maxsus qism 
bo‘limi bitta bobdan iborat bo‘lgan taqdirda (masalan, 4-bo‘lim va XIV 
bob – ekologiya sohasidagi jinoyatlar) turdosh obyekt mavjud bo‘lmaydi, 
ya’ni u maxsus obyekt bilan birikkan bo‘ladi.

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin