NOTA BENE !
Turdosh obyekt ijtimoiy munosabatlarning ijtimoiy qadriyatlar,
qimmatlilik maxsus belgilariga qarab guruhlanishi bo‘lib, ayni paytda
maxsus obyektning bir elementi hisoblanadi.
Turdosh obyekt – jinoyatlarning xususiyati bo‘yicha bir-biriga
yaqin
bo‘lgan obyekt turi. Amaliy va nazariy jihatdan bunday tasniflash
tajovuzning darajasi va xususiyatini aks ettiradi. Masalan, shaxsga qarshi
jinoyatlar (maxsus obyekt) o‘z ichiga shaxsning hayotiga
qarshi qaratilgan
jinoyatlar (I bob), sog‘liqqa qarshi jinoyatlar (II bob), jinsiy erkinlikka
qarshi qaratilgan jinoyatlar (IV bob) kabi tartibda joylashib, bular
jinoyatning turdosh obyektini tashkil etadi. Ba’zi hollarda, Maxsus qism
bo‘limi bitta bobdan iborat bo‘lgan taqdirda (masalan, 4-bo‘lim va XIV
bob – ekologiya sohasidagi jinoyatlar) turdosh obyekt mavjud bo‘lmaydi,
ya’ni u maxsus obyekt bilan birikkan bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: