Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə116/298
tarix10.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#110474
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   298
fc14ce6364e21ae42f7e44d6f4454c45 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HUQUQI K U R S I 1-TOM

NOTA BENE ! 
Jabrlanuvchijinoyat bevosita qaratilgan, jinoyat natijasida zarar 
yetgan va zarar (jismoniy, mulkiy, ma’naviy) yetkazilish xavfi ostida 
qolgan shaxs. 
154 


Jabrlanuvchi ko‘p hollarda shaxsga qarshi jinoyatlarda namoyon 
bo‘ladi (odam o‘ldirishda, tan jarohati yetkazishda, nomusga tegishda va 
boshqalarda). Jonsiz predmetlar singari jabrlanuvchi, aniqro g‘i uning 
shaxsiy xususiyatlari, xulqi zaruriy va og‘irlashtiruvchi belgi rolini 
bajargan holda qilmishni kvalifikatsiya qilishga, shuningdek, 
og‘irlashtiruvchi va yengillashtiruvchi holat sifatida jazo miqdorini 
belgilashga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Masalan, onaning o‘z chaqalog‘ini 
qasddan o‘ldirishi jinoyatida jabrlanuvchi faqatgina yangi tug‘ilgan 
chaqaloq bo‘lishi mumkin. Shuningdek, ojiz ahvoldagi shaxsni o‘ldirishda 
jabrlanuvchi faqatgina jinoyatchiga qarshilik ko‘rsata olmaydigan yoki 
unga nisbatan sodir qilinayotgan qilmishning xususiyatini tushunishga 
layoqatsiz bo‘lgan shaxs bo‘lishi mumkin. Yoki masalan, kuchli ruhiy 
hayajonlanish holatida qasddan odam o‘ldirish jinoyatida o‘lim 
jabrlanuvchining G‘ayriqonuniy zo‘rligi yoki og‘ir haqorati, shuningdek, 
boshqa G‘ayriqonuniy harakatlari tufayli yuz bergan bo‘lishi lozim. 
«Jinoyat obyekti»
mavzusi yuzasidan yakuniy savollar 
1. Jinoyat obyekti nima? Uning ahamiyati nimadan iborat? 
2. Jinoyat obyektlarini tasniflash asosiga qanday mezonlar qo‘yilgan? 
3. Jinoyat obyektlarini vertikalligiga ko‘ra va gorizontalligiga ko‘ra 
tasniflash qanday obyektlarni o‘z ichiga qamrab oladi? 
4. JK Maxsus qismi bo‘limlari va boblarining tuzilishi asosiga jinoyat 
obyektlarining qanday turlari qo‘yilgan? 
5. JK Maxsus qismining muayyan moddasi misolida asosiy va 
qo‘shimcha obyektlarni aniqlang. 
6. Fakultativ obyekt deganda nima tushuniladi? Fakultativ obyektning 
mavjudligini nazarda tutuvchi jinoyat tarkiblarining misollarini keltiring. 
7. Jinoyat predmeti deganda nima tushuniladi? 
8. Jinoyat obyekti va predmetining o‘zaro nisbati nimadan iborat? 
9. Jinoyat predmeti va jinoyatni sodir etishning qurollari va vositalari 
o‘rtasidagi farq nimadan iborat? 
155 


10. «Jabrlanuvchi» tushunchasi nimani anglatadi? Shaxsning yoki 
jabrlanuvchi xulqining xususiyatlari sodir etilgan qilmishning 
kvalifikatsiyasiga qanday ta’sir ko‘rsatishi mumkin?

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin