Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


-§. Jinoiy qilmish va uning turlari



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə119/298
tarix10.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#110474
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   298
fc14ce6364e21ae42f7e44d6f4454c45 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HUQUQI K U R S I 1-TOM

2-§. Jinoiy qilmish va uning turlari 
Obyektiv tomonning zaruriy belgisi – qilmish JK Maxsus qismi 
barcha moddalarida nazarda tutilgan. Shuning uchun qonun chiqaruvchi 
qilmish deganda, asosan, jinoyatni nazarda tutadi. 
Jinoiy javobgarlikka faqat jinoiy harakat (harakatsizlik) sodir qilgan 
shaxslar tortilishi mumkin. Qilmishsiz, ya’ni insonning tashqi dunyodagi 
muayyan xulq-atvorisiz jinoyat ham, jinoiy javobgarlik uchun asos ham 
yo‘q. Insonning ma’lum jinoiy xulq-atvorida namoyon bo‘lmagan jinoyat 
sodir qilish haqida fikr bildirishning o‘zi jinoyatni tashkil qilmaydi. 
Ayni paytda, jinoyat-huquqiy ma’noda qilmishni harakatlar tizimi
shaxsning faoliyati, xulq-atvori bilan tenglashtirish kerak emas. Aksariyat 
hollarda jinoyat tarkibi sifatidagi qilmish «xulq-atvor», «faoliyat»ni emas, 
158 


balki alohida bo‘g‘inlardan tashkil topgan aniq harakatni qamrab oladi 
(nomusga tegish, shikast yetkazish, qasddan odam o‘ldirish). Bundan, 
jinoyat-huquqiy ma’nodagi har qanday harakat yoki xulq-atvor ham 
jinoyat tarkibidagi qilmish bo‘la olmaydi, degan xulosa qilishimiz 
mumkin. 
NOTA BENE ! 
Jinoiy qilmish – aybdorning ongli, ixtiyoriy faol yoki passiv xulq-
atvoridir. 
Faqatgina jinoyat tarkibi obyektiv tomonining belgilarini ko‘rsatuvchi 
va to‘rtta quyidagi qismdan iborat qilmish jinoyat-huquqiy ahamiyatga 
ega: 
– huquqqa xiloflik; 
– ijtimoiy xavflilik; 
– onglilik; 
– ixtiyoriylik. 
Ijtimoiy xavflilik va undan kelib chiqadigan huquqqa xiloflik 
jinoyatning asosiy belgilaridir. Ammo ulardan qilmishning jinoyat-
huquqiy tushunchasi kelib chiqmaydi, balki ular faqat jinoyat-huquqiy 
ahamiyatga (yoki taqiqqa) ega bo‘lgan harakat yoki harakatsizliklar 
ro‘yxatini belgilash bilan chegaralanishadi. (Ushbu tushunchalar 
to‘g‘risida mazkur tom III bobining «Jinoyat belgilari» deb nomlangan 2-§ 
ga qarang.) 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin