Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə127/298
tarix10.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#110474
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   298
fc14ce6364e21ae42f7e44d6f4454c45 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HUQUQI K U R S I 1-TOM

NOTA BENE ! 
Jinoyat sodir qilish usuli – bu jinoyat sodir qilinayotganda aybdor 
tomonidan jinoyatni sodir qilishda ishlatiladigan aniq uslub va usullar yoki 
ularning birligidir. 
Jinoyat tarkibining umumiy ta’rifi nuqtai nazaridan jinoyat sodir qilish 
usuli ikki ma’noda keladi: 
– jinoyat tarkibi obyektiv tomonining zaruriy va alternativ belgisi 
sifatida; 
– obyektiv tomonining fakultativ belgisi sifatida. 
Birinchi guruhdagi ma’no Jinoyat kodeksi Maxsus qismi moddalarida 
aniq jinoyat turini tushunarli va aniq holda ta’riflaydi hamda uni boshqa 
jinoyatlardan ajratib, uni individuallashtiradi. 
Ikkinchi – fakultativ ma’noda esa, jinoyat sodir qilish usuli 
qo‘shimcha ravishda Jinoyat kodeksi Maxsus qismi moddalari 
dispozitsiyasida kvalifikatsiyalovchi belgi sifatida nazarda tutiladi, 
xususan, JK 97-moddasi 2-qismi «d» bandida boshqalar hayotiga xavfli 
usulda odam o‘ldirish jinoyati yoki 244-moddaning birinchi qismidagi 
jinoyat. 
Jinoyat sodir qilish quroli va vositasi – moddiy dunyo ne’matlari 
bo‘lib, ular yordamida shaxs jinoyat sodir qiladi, ya’ni jinoyatning nima 
yordamida sodir qilinishi ularning jinoyat tarkibi belgilariga qo‘shilishiga 
sabab, ular jinoyat sodir qilinishini yengillashtiradi, bu esa jinoyatning 
ijtimoiy xavfliligi darajasini oshiradi. Ularning birgalikda o‘rganilishiga 
sabab esa, ularning bir butunni tashkil etishidadir. Jinoyat sodir qilish 
quroli jinoyat sodir qilish vositalarining bir qismi deyiladi. 
Qonunchilikdagi ko‘p joylarda ular bir kategoriyadek baholangan, 
masalan, jinoyat sodir qilish quroli va vositasi (JK 31-moddasi 2-qismi). 
171 


Ammo ular o‘rtasida farq ham bor. Jinoyat sodir qilishda jinoyat 
quroli va vositasini aniqlash va bir-biridan farqlashda qilmishning jinoyat-
huquqiy ma’nosidan kelib chiqish, jinoyat sodir qilish uchun aynan qanday 
predmetning ishlatilishi, ya’ni bu qilmish jinoyat-huquqiy norma bilan 
taqiqlangan yoki yo‘qligini aniqlash lozim. 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin