Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə128/298
tarix10.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#110474
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   298
fc14ce6364e21ae42f7e44d6f4454c45 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HUQUQI K U R S I 1-TOM

NOTA BENE ! 
Jinoyat sodir etish quroli – jinoyat sodir etishga ixtisoslashtirilgan va 
jinoyat sodir etishda bevosita ishlatiladigan moddiy dunyo predmeti. 
Jinoyat sodir etish qurollari o‘qotar va sovuq qurollar, insonning turli 
ehtiyojlari uchun ishlatiladigan turli xil predmetlar bo‘lishi mumkin (lom, 
belkurak, ketmon va sh.k.). Bir so‘z bilan aytganda, bular hammasi 
shaxsning sog‘lig‘iga, shuningdek, JK bilan qo‘riqlanadigan boshqa 
obyektlarga zarar yetkazishga qaratilgan, shunga ixtisoslashtirilgan 
predmetlar. 
NOTA BENE ! 
Jinoyat sodir qilish vositasi – jinoyat sodir etishni yengillashtirish 
uchun ishlatiladigan vosita-predmet. 
Masalan, 
yerda, suvda va havoda harakatlana oladigan 
mexanizatsiyalashtirilgan transport vositalari hayvonot olami vakillarini ov 
qilish imkoniyatini yengillashtirgani bois, qonun chiqaruvchi buni ham 
nazarda tutgan holda buning uchun ham jinoiy javobgarlikni nazarda 
tutgan (JK 202-moddasi 3-qismi «v» bandi), bu holatda 
mexanizatsiyalashtirilgan transport vositalari jinoyat sodir qilish vositasi 
sifatida ishlatilgan. 
Jinoyat sodir etish qurollaridan farqli o‘laroq jinoyat sodir etish 
vositalari o‘z mazmuniga ko‘ra jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan 
obyektlarga zarar yetkazishga ixtisoslashmagan. Lekin ular yordamida 
jinoyat sodir etishni yengillashtirish mumkin. 
172 


NOTA BENE ! 
Jinoyat sodir qilish holati – bu bir qator obyektiv shart-sharoitlar (vaqt, 
joy va boshq.) yoki ularning birligi bo‘lib, ularning borligi sharoitida 
ijtimoiy xavfli qilmish sodir qilinadi. 
Jinoyat sodir etish holati qilmishni kvalifikatsiya qilishda ta’sir 
ko‘rsatishi hamda jazoni og‘irlashtiruvchi va yengillashtiruvchi holat 
sifatida xizmat qilishi mumkin. Xususan, agar harbiy jinoyat jangovar 
sharoitda sodir qilinsa, jinoiy javobgarlik va jazo og‘irroq bo‘ladi. 
Masalan, jangovar sharoitda harbiy qurol-aslahalarni, harbiy texnikani 
yoki harbiy mulkni qasddan buzish yoki shikast yetkazish og‘irroq jinoiy 
javobgarlikka tortiladi (JK 295-moddasi 3-qismi). Yoki ommaviy 
tartibsizliklar jarayonida jinoyat sodir qilish (JK 97-moddasi 2-qismi «e» 
bandi). Shu bilan birga, masalan, ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan 
shaxsni ushlashda zarur chora-tadbirlar chegarasidan chetga chiqib o‘ldirib 
qo‘yish jinoyat ijtimoiy xavflilik darajasini kamaytiradi (JK 101-moddasi). 
Jinoyat tarkibi obyektiv tomoni belgilarini o‘rganishda asosan, jinoyat 
ijtimoiy xavfliligini har tomonlama va obyektiv hal qilish, jinoyatning 
shartlari hamda boshqa holatlarini o‘rganish, jinoiy javobgarlikka tortilishi 
lozimmi yoki ijtimoiy ta’sir choralarining o‘zi yetarli yo yetarli emasligi 
kabi masalalar hal qilinadi. Masalan, jinoyat sodir etishning aniq holati fa-
qatgina sababiy bog‘lanishni aniqlashga ta’sir qilib qolmasdan, balki 
aybdorni javobgarlikka tortish va qilmishni kvalifikatsiya qilishda muhim 
rol o‘ynaydi. Jinoyat sodir etish vaqtini aniqlashning javobgarlikka tortish 
muddati o‘tganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilishda ham 
o‘rni bor. Jinoyat sodir etish vaqti jinoyat qonunini qo‘llashda ham o‘z 
ifodasini topadi. Jinoyat sodir qilish joyi qilmishni to‘g‘ri kvalifikatsiya 
qilishda ham ahamiyatga ega, ya’ni jinoyat sodir etilgan joy bo‘yicha 
jinoyat qonuni amalda qo‘llaniladi. 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin