VII BOB. JINOYATNING SUBYEKT TOMONI
1-§. Jinoyatning subyekt tomoni tushunchasi va
ahamiyati
Subyekt tomon jinoyatning ruhiy mazmunini ta’riflab, u jinoyat
tashqi
ko‘rinishi, ya’ni obyektiv tomoni bilan chambarchas bog‘langan. Agar
jinoyatning obyektiv tomoni – bu tashqi ko‘rinishi bo‘lsa, subyekti tomoni
esa, teskarisi – ichki mazmuni bo‘ladi. Subyekti tomon o‘zida jinoyat
tarkibining muhim elementini ifodalaydi. Uning yo‘qligi esa, jinoyat
tarkibi mavjudligini rad etadi, subyekt tomonni to‘g‘ri belgilash esa,
aybdorning xatti-harakatlarini to‘g‘ri, asosli va adolatli kvalifikatsiya
qilinishini ta’minlaydi.
NOTA BENE !
Jinoyat
tarkibining subyekt tomoni aybdorning jinoyat qonunida
jinoyat sifatida nazarda tutilgan, aybdor o‘zi
sodir etgan ijtimoiy xavfli
qilmishiga nisbatan bo‘lgan ruhiy munosabati bo‘lib, uning aybi, motivi,
maqsadi va his-tuyg‘usini ifodalaydi.
Jinoyatning subyekt tomonini va uning ayrim belgilarini to‘g‘ri
aniqlash tergov va sud amaliyotida ancha qiyinchiliklarni keltirib chiqarib,
bu ko‘p hollarda sodir qilingan qilmishni kvalifikatsiya qilishda xatolarga
olib keladi.
Jinoyat tarkibining elementi sifatida subyekt
tomon intellektual,
irodaviy, his-tuyg‘u holati kabi turli vaqtlarda qilmishning o‘ziga bog‘liq
holatlar va bir vaqtning o‘zida yoki kelajakda yuz beradigan holatlarda
ifodalanadi.
Shu bilan birga jinoyat qonunchiligi, eng muhim voqea-hodisa
sifatida
subyekt tomonni ifodalovchi va jinoyatni kvalifikatsiya qilishda va jazo
tayinlashda jinoyat-huquqiy ahamiyatga egaligini ko‘rsatadi.
Jinoyat qonunchiligida aybdorning o‘z qilmishiga bo‘lgan ruhiy
munosabati xarakteriga ko‘ra, jinoyat tarkibining subyekt tomoni o‘z
ichiga ayb, motiv, maqsad va his-tuyg‘u kabi belgilarni oladi.
176
Ayb – bu barcha turdagi jinoyat tarkibi subyekt tomonining
majburiy
belgisi hisoblanadi. Ayb, shaxsning o‘zi sodir etgan ijtimoiy xavfli
qilmishi (harakat yoki harakatsizligi)ga nisbatan ruhiy munosabatida va
ushbu ijtimoiy xavfli qilmish natijasida kelib chiqqan oqibatida ko‘rinadi.
Ayb qasd yoki ehtiyotsizlik shaklida bo‘lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: