Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə132/298
tarix10.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#110474
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   298
fc14ce6364e21ae42f7e44d6f4454c45 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HUQUQI K U R S I 1-TOM

subyekt tomonining mazmuni quyidagilarda o‘z ifodasini topadi: 
– birinchidan, subyekt tomon har qanday jinoyatning zaruriy belgisi 
hisoblanadi. Uning mavjud emasligi esa, qilmishning jinoiyligini istisno 
etadi; 
– ikkinchidan, jinoyat tarkibidagi barcha belgilarni o‘z ichiga olgan 
jinoyatning subyekt tomonini belgilash sodir etilgan qilmishning to‘g‘ri va 
asosli kvalifikatsiya qilinishining majburiy va zaruriy shartidir; 
– uchinchidan, subyekt tomonning to‘g‘ri belgilanishi, obyektiv 
belgilari bo‘yicha o‘zaro bir-biriga bog‘langan jinoyat tarkibini bir-biridan 
ajratishda yordam beradi; 
– to‘rtinchidan, subyekt tomonning tarkibi (mazmuni) shaxsning sodir 
etgan jinoiy qilmishining ijtimoiy xavflilik darajasini aniqlash imkonini 
beradi. Masalan, jinoyatga puxta tayyorgarlik ko‘rish, uni sodir etishning 
tafsilotlarini o‘ylab chiqish, subyektning yuqori darajadagi xavfli 
shaxsligidan dalolat beradi. Shuningdek, aksincha, to‘satdan yuzaga 
kelgan holatlar natijasida sodir etilgan jinoyatlar yoki ruhiy kechinmalar 
ta’siri ostida sodir etilgan jinoyatlar subyektning ijtimoiy xavfliligi past 
darajadagi shaxs ekanligini ifodalaydi; 
– beshinchidan, jinoyat subyekt tomonining to‘g‘ri belgilanishi, jinoiy 
javobgarlikni va ozodlikdan mahrum etish kabi jazolarni 
individuallashtirish uchun shart-sharoit hisoblanadi; 
– oltinchidan, sodir etilgan qilmishning subyekt tomonini aniq tahlil 
qilish, jinoiy javobgarlikka olib keladigan ijtimoiy xavfli qilmishni, jinoyat 
qonuni bilan qo‘riqlanadigan obyektlarga zarar yetkazgan bo‘lsa ham, 
jinoiy bo‘lmagan qilmishdan ajratib olish imkonini beradi; 
– yettinchidan, subyekt tomonni to‘g‘ri aniqlash – jinoyat huquqining 
qonuniylik, insonparvarlik, odillik, ayb uchun javobgarlik kabi 
tamoyillarini ta’minlash va mustahkamlashning zaruriy shartidir. 
2-§. Ayb tushunchasi va shakllari 
Ayb uchun javobgarlik prinsipi JK 9-moddasida keltirilganidek, 
shaxsning qonunda belgilangan tartibda aybi isbotlangan ijtimoiy xavfli 
178 


qilmishlari uchungina javobgar bo‘lishida ifodalanadi. Aybsiz zarar 
yetkazganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortishga yo‘l qo‘yilmaydi. 
«Jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda 
qonuniy tartibda, oshkora ko‘rib chiqilib, uning aybi aniqlanmaguncha u 
aybdor hisoblanmaydi»
1
. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi 
aybni sodir etilgan jinoyatning asosiy elementlaridan biri sifatida ko‘rsatib, 
uning tushuntirishiga ko‘ra, hukm shaxsning aybdorligini (aybsizligini) 
belgilaydi, huquqiy jihatdan uning harakatini (harakatsizligini), jazo turi va 
miqdorini aniqlaydi
2

Ayb jinoiy javobgarlik va jazoning subyekt zaruriy dastlabki sharti 
hisoblanadi. 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin