oqibatlarning kelib chiqishini oldindan ko‘ra bilish. Mazkur holatda
aybdor shaxsning ongida, uning harakati (harakatsizligi)da ijtimoiy xavfli
xususiyat mavjud va bu harakat (harakatsizlik)larni sodir etishlik bilan
muayyan ijtimoiy xavfli oqibatlar kelib chiqishi namoyon bo‘ladi. Barcha
aytilganlar odamning ongidan o‘tadi, shuning uchun to‘g‘ri qasdning
intellektual tomonini tashkil etadi.
O‘z qilmishining (harakat yoki harakatsizlik)
ijtimoiy xavfli
oqibatlarini oldindan ko‘ra bilish, ularning
kelib chiqishi va huquqqa
xilof xususiyatini oldindan bilish shaxsning jinoyat qonuni bilan
qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarga o‘zi
yetkazgan zararni qamrab
oladi.
To‘g‘ri qasdda oldindan ko‘ra bilishlik, ijtimoiy munosabatlarda
kelgusida bo‘ladigan o‘zgarishlarning faktik tarkibi to‘g‘risida
tasavvurni
qamrab oladi. Shuningdek, u bu o‘zgarishlarning ijtimoiy zararliligini
tushunish bilan ham bog‘liq. Va nihoyat, oldindan ko‘ra bilish sodir
etilgan qilmish va ijtimoiy xavfli oqibatlar o‘rtasidagi
sababiy
bog‘lanishdan iborat bo‘ladi.
Shu bilan birga, ijtimoiy xavfli oqibatlarni oldindan ko‘ra bilish ikki
turda namoyon bo‘ladi: to‘g‘ri va egri qasdlarda. Garchi
qonunchilikning
ta’rificha, to‘g‘ri va egri qasdlarda ko‘rsatilgan oqibatlar o‘zgarishlarsiz
qoladi. Oldindan ko‘ra bilishning ikki turi to‘g‘ri va egri qasdning irodaviy
holatiga sezilarli darajada ta’sir etadi.
Ko‘p hollarda to‘g‘ri qasdda shaxs ijtimoiy xavfni yetkazishga o‘z
maqsadlarining haqiqatda amalga oshishiga ishonib
va kelib chiqadigan
oqibatlarni ideal shaklda tasavvur etar ekan, ijtimoiy xavfni o‘z
qilmishining muqarrar natijasi sifatida oldindan ko‘ra oladi. Shuningdek,
shaxs to‘g‘ri qasdda jinoiy qilmish sodir etilishi
natijasida ijtimoiy xavfli
oqibatlar kelib chiqishining real imkoniyatini ko‘ra olishi mumkin.
To‘g‘ri qasd uchun ahamiyatli tomoni muayyan natijaga erishishdagi
niyat uning amalga oshishidagi zaruriy shart bilan bog‘langan. Qachonki
aybdor shaxs oqibat kelib chiqishi muqarrarligini oldindan ko‘rsa, harakat
bilan kelib chiqqan oqibat o‘rtasida sababiy bog‘lanish bo‘lsa, shu bilan
birga aybdor buning rivojlanishini
anglaydi, ya’ni uning harakatlari
191
muayyan oqibatlarni keltirib chiqarishi muqarrarligini anglaydi. Shuning
uchun oqibat kelib chiqishining muqarrarligi uning haqiqatan ham (faktik)
kelib chiqishi bilan kuzatilmasligi mumkin. Oqibatning kelib chiqishi
muqarrarligini anglash to‘g‘risida, aybdorning fikricha, qachonki u
oqibatning kelib chiqishi uchun hamma zaruriy ishlarni qilsa ham, unga
oldindan ko‘rinmagan holatlar to‘sqinligi sababli natija kelib chiqmagan
taqdirda gapirish mumkin.
Dostları ilə paylaş: