Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə143/298
tarix10.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#110474
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   298
fc14ce6364e21ae42f7e44d6f4454c45 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HUQUQI K U R S I 1-TOM

Egri qasdning irodaviy holati ijtimoiy xavfli oqibatlarning kelib 
chiqishiga ongli ravishda yo‘l qo‘yib berishda va xohishning mavjud 
emasligida ifodalanadi. 
Ongli yo‘l qo‘yishda oldindan ko‘ra bilish yuzaga kelishi mumkin 
bo‘lgan jinoiy oqibatga nisbatan mavhum bo‘lmay, real bo‘lishi 
muvofiqdir. Egri qasdning mohiyati shundaki, shaxs o‘z qilmishining 
ijtimoiy xavflilik xususiyatini tushunib, uning natijasida vujudga kelishi 
mumkin bo‘lgan oqibatni oldindan ko‘ra bilish real imkoniyatlariga ega 
bo‘ladi va bunday oqibatlar yuzaga kelishiga ongli ravishda yo‘l qo‘yadi. 
o‘z navbatida, egri va to‘g‘ri qasd o‘rtasida nafaqat irodaviy holatlardagi 
ruhiy mohiyatda, balki anglashda ham farqlar mavjud.
Egri qasddan sodir etilgan jinoyatlarda aybdor ijtimoiy xavfli oqibatlar 
kelib chiqishini xohlamaydi. Biroq shaxsning jinoiy oqibatlarni keltirib 
chiqarishni istamasligini faol xohlamaslik sifatida, ularning kelib 
chiqishidan qochishga intilish sifatida tushunish kerak emas. Aksincha, 
ongli ravishda yo‘l qo‘yish aybdorning o‘z qilmishi bilan keltirib 
194 


chiqaradigan muayyan voqealar zanjirini, ongli ravishda ijtimoiy xavfli 
oqibatlarni keltirib chiqarishga olib keluvchi sababiy rivojlanishini 
anglatadi. Ijtimoiy xavfli oqibatlarga nisbatan salbiy munosabatlarni 
bildiruvchi faol irodaviy jarayon – xohlamaslikdan farqli ravishda, ongli 
ravishda yo‘l qo‘yib berishda oqibatlarga nisbatan ijobiy irodaviy 
munosabatlarni anglatuvchi faol kechinma mavjud. 
Egri qasdga xos bo‘lgan oqibatlarning kelib chiqishiga ongli ravishda 
yo‘l qo‘yib berishda jinoiy oqibat aybdor qilmishining maqsadi ham, unga 
erishishdagi vosita ham, maqsad yo‘lidagi bosqich ham emas. Boshqacha 
aytganda, aybdorga jinoiy oqibat kerak emas, u oqibatning kelib chiqishini 
xohlamaydi ham. 
Shunday qilib, JK 21-moddasi 4-qismida keltirib o‘tilganlarga 
asosan, egri qasdning ilmiy-nazariy tushunchasini aniqlash mumkin.

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin