Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə144/298
tarix10.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#110474
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   298
fc14ce6364e21ae42f7e44d6f4454c45 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HUQUQI K U R S I 1-TOM

NOTA BENE ! 
Egri qasd qasdning shunday ko‘rinishiki, unda shaxs o‘z harakati 
(harakatsizligi)ning ijtimoiy xavfliligini anglaydi, ijtimoiy xavfli 
oqibatlarning kelib chiqishining real imkoniyatiga ko‘zi yetadi, ularning 
kelib chiqishini xohlamaydi, biroq bu oqibatlarning kelib chiqishiga ongli 
ravishda yo‘l qo‘yib beradi yoki ularga befarq bo‘ladi. 
Qasdning to‘g‘ri va egri qasd turlariga bo‘linishi javobgarlikni va 
jazoni individuallashtirishda, aybdorning shaxsini va u sodir etgan ijtimoiy 
xavfli qilmishning darajasini, shuningdek, uning aybi darajasini aniqlash 
imkoniyatini berishi sababli hisobga olinishi lozim. Jumladan, to‘g‘ri 
qasdda subyektning irodasi oqibatlarga nisbatan faol pozitsiyani egallagani 
uchun, boshqa teng sharoitlarda jinoyat sodir etilishida to‘g‘ri qasdning 
mavjudligi ijtimoiy xavfning ancha yuqori darajasini ifodalaydi. 
Amaldagi Jinoyat kodeksida qasdning faqatgina ikki turi mavjudligiga 
qaramasdan, jinoyat-huquqiy doktrinada to‘g‘ri va egri qasdning shunday 
nomlanuvchi turlari ajratib ko‘rsatiladi. 
Jinoiy niyatning vujudga kelish holatiga bog‘liq holda oldindan 
o‘ylangan, to‘satdan paydo bo‘lgan va affektli qasdlar farqlanadi. 
195 


Oldindan o‘ylangan qasdda jinoyat sodir etish niyatining vujudga 
kelishi jinoyat sodir etishning o‘zidan bir qancha vaqt oraliqlari bilan 
ajratilgan bo‘lib, unda shaxs jinoyatning tafsilotlarini o‘ylab qo‘yadi, 
rejasini tuzadi, usullarini belgilab oladi, jinoyat sodir etish uchun qurol, 
vosita, sherik va sh.k.larni tanlab oladi. Odatda, qasdning bunday turi 
shaxsning barqaror jamiyatga qarshi bo‘lgan moyilligini namoyon etib, 
jinoyatchi aybining ancha yuqori darajada ekanligidan dalolat beradi. 
Ba’zi hollarda shunday ham bo‘ladiki, sezilarli darajadagi vaqt oralig‘i 
ham jinoyat sodir etish niyati vujudga kelishi bilan uni sodir etish 
o‘rtasidagi, aslini olganda, subyektning motivlari ichki kurashi va h.k. lar 
bilan tushuntiriladi, shundagina oldindan o‘ylangan qasdning mavjudligi 
aybdorning yuqori darajadagi ijtimoiy xavfliligidan dalolat bermasligi 
mumkin. 
«Oldindan o‘ylangan qasdning mavjudligi kvalifikatsiyaga ta’sir 
etmaydi. U ko‘proq guruh tashkil etish va tayyorgarlik ko‘rish institutlari 
alomatlari sifatida namoyon bo‘ladi»
1


Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin