Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


Jinoiy beparvolikning irodaviy holati



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə152/298
tarix10.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#110474
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   298
fc14ce6364e21ae42f7e44d6f4454c45 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HUQUQI K U R S I 1-TOM

Jinoiy beparvolikning irodaviy holati 
aybdorning ruhiy 
imkoniyatlari va quvvati ijtimoiy xavfli oqibatning oldini olishga 
qaratilgan zarur faoliyatni amalga oshirishda faollashmaydi. 
O‘z-o‘ziga ishonish va beparvolikda irodaviy holatlar bir-biriga 
o‘xshash. U va bu holatda ham kelib chiqishi mumkin bo‘lgan oqibatga 
nisbatan ijobiy oqibat mavjud bo‘lmaydi, ya’ni aybdor zararli oqibatlar 
kelib chiqishiga ongli ravishda yo‘l qo‘ymaydi va xohlamaydi. Ular 
o‘rtasidagi farq shunda ko‘rinadiki, o‘z-o‘ziga ishonishda shaxs kelib 
chiqishi mumkin bo‘lgan oqibatning kelib chiqishini mavhum tarzda 
oldindan anglab, ongli ravishda xavfli irodaviy harakatlarni sodir qiladi, 
biroq bunda shaxs o‘z hisobidagi ayrim omillarni xavfli oqibat kelib 
chiqishining oldini olish maqsadida ishlatadi, beparvolikda irodaviy xohish 
aybdorga ijtimoiy foydali yoki ijtimoiy neytral tasavvur qilinib, uning hech 
qanday chora ko‘rmasligiga sabab bo‘ladi. 
207 


NOTA BENE ! 
Beparvolik ehtiyotsizlikning shunday turiki, unda shaxs o‘zining 
harakati yoki harakatsizligining ijtimoiy xavfli oqibatlarini anglamaydi, 
o‘z xulq-atvori ijtimoiy xavfli oqibatlar keltirib chiqarishi mumkinligiga 
ko‘zi yetmaydi, lekin ko‘zi yetishi lozim va mumkin bo‘ladi. 
Jinoiy beparvolik shaxsning o‘z qilmishiga va uning ijtimoiy xavfli 
oqibatlariga nisbatan ruhiy munosabatning shakli sifatida o‘z-o‘ziga 
ishonish va tasodifiy, aybsiz holda zarar yetkazish o‘rtasidagi oraliq 
holatni egallaydi. 
5-§. Murakkab aybli jinoyat
JK 23-moddasi murakkab ayb shaklida sodir etilgan jinoyatlar uchun 
javobgarlikni belgilab beradi. Ushbu qonunga ko‘ra, «agar shaxsning 
qasddan jinoyat sodir etishi natijasida ehtiyotsizlik orqasida boshqa 
ijtimoiy xavfli oqibatlar yuz bergan va shunday qilmishni qonun qattiqroq 
javobgarlik bilan bog‘lagan bo‘lsa, bunday jinoyat qasddan sodir etilgan 
deb topiladi». 
Bir jinoyat tarkibida ikki ayb shaklining mavjudligi ayrim jinoyat 
tarkiblariga kiritilgan: jinoyat qonuni bir tarkibga yuridik jihatdan mustaqil 
bo‘lgan ikki jinoyatni: birinchisi, qasddan sodir etilgan jinoyatlar; 
ikkinchisi, ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan ikki mustaqil jinoyatni 
birlashtiradi. Ularning har biri mustaqil tarkib hosil qilishi mumkin, lekin 
ular subyekt xususiyati bilan bir-biriga mosligi jihatdan yangi jinoyat 
tarkibini hosil qiladi. 
Ikki ayb shaklining bir jinoyat tarkibida mavjud bo‘lishi faqat 
kvalifikatsiya qilish belgisi sifatida namoyon bo‘ladi: qasd qasddan sodir 
etilgan jinoyat tarkibining asosiy tashkil etuvchi elementi sifatida qaralsa, 
ehtiyotsizlik kvalifikatsiya qilinayotgan belgiga nisbatan olinadi. Bunday 
hollarda qasd (to‘g‘ri yoki egri) asosiy jinoyat tarkibining subyekt 
belgilariga kiritilib, ehtiyotsizlik (o‘z-o‘ziga ishonish) esa, kvalifikatsiya 
qilishdagi belgi sifatida olib qaraladigan asosiy jinoyat tarkibiga 
kirmaydigan oqibatga nisbatan ruhiy munosabatni ifodalaydi. 
208 


Bir vaqtning o‘zida aybning ikki shaklini o‘zida mujassam etgan 
jinoyatlarning soni Jinoyat kodeksida unchalik ko‘p emas. JKning 23-
moddasi tahlili hamda JKning Maxsus qismi qoidalari shundan dalolat 
beradiki, qonun chiqaruvchi bunday jinoyat tarkiblarini tuzishda: 
– ikki har xil oqibatlarga; 
– birinchi tomondan, qilmishga nisbatan va ikkinchi tomondan, JK 
Maxsus qismi moddalaridagi kvalifikatsiyalovchi belgi sifatida qonunda 
nazarda tutilgan oqibatga nisbatan aybdorning bir xil bo‘lmagan (qasd va 
ehtiyotsizlik) ruhiy munosabatida o‘z aksini topgan ayb shaklining ikki 
xilligidan kelib chiqqan. 
Murakkab aybli jinoyatlarning birinchi turi shaxsning Maxsus qism 
moddalarida nazarda tutilgan sodir etayotgan jinoyatining kelib chiqishi 
mumkin bo‘lgan yaqin va og‘irroq oqibatga nisbatan bo‘lgan ruhiy 
munosabati qasd shaklida deb qaralsa, kelib chiqishi nazarda tutilmagan 
og‘ir oqibatlar ehtiyotsizlik shaklida deb olinishi bilan ta’riflanadi. Bu 
yerda ikki bir-biriga o‘xshamagan oqibatning mavjudligini ko‘rishimiz 
mumkin. o‘z navbatida, bunday ikki mustaqil ayb shakli kelib chiqishi 
vaqti va ijtimoiy xavflilik darajasi har xil bo‘lgan jinoyat tarkibining 
asosiy belgisi sifatida oqibat qaraladigan moddiy tarkibli jinoyatga 
nisbatan olib qaraladi. Boshqa so‘z bilan aytganda, buni asosiy jinoyat 
tarkibi belgilaridan hisoblangan kelib chiqishi mumkin bo‘lgan oqibatdan 
ko‘ra og‘irroq oqibatning yuzaga kelishi bilan izohlash mumkin. Masalan, 
badanga og‘ir tan jarohati yetkazish jinoyati shaxs o‘limiga sabab bo‘lsa 
(JK 104-moddasi 3-qismi «d» bandi), badanga og‘ir tan jarohati yetkazish 
jinoyati kabilarni o‘zida qamrab oluvchi shaxs sog‘lig‘i uning mustaqil 
obyekti sifatida namoyon bo‘lsa (JK 104-moddasi 1-qismi), biroq u 
ehtiyotsizlik orqasida shaxs o‘limiga sabab bo‘lganda, shaxsning hayoti 
tajovuz (JK 102-moddasi) obyekti hisoblanadi. Mazkur holatda qasddan 
aynan shaxsga og‘ir tan jarohati (nutqi, ko‘rish, eshitish qobiliyatining 
yo‘qolishiga va qandaydir organidan ajralishiga olib keluvchi) 
yetkazishga, ancha og‘ir oqibatlarga nisbatan (jabrlanuvchining o‘limi, 
aybdorning ichki ruhiy holati) ehtiyotsizlik bilan ifodalanadi. 
209 


Ish holatlari (yetkaziladigan tan jarohatining xususiyati, zarar 
yetkazishda ishlatiladigan jinoyatni sodir etish qurollari, vositalari va 
boshqa holatlar) o‘lim kelib chiqishi xavfini ko‘rsatsa-da (ehtiyotsizlikning 
intellektual holati), bunda irodaviy holat og‘ir tan jarohati yetkazishni 
xohlashida va bunga ongli ravishda yo‘l qo‘yishida ifodalanadi. Aybdor 
o‘z navbatida, o‘limning kelib chiqishini oldindan ko‘ra bilishi mumkin va 
lozim bo‘lgan holda ehtiyotsizlik (irodaviy holat)ka yo‘l qo‘yadi, lekin 
bunday oqibat kelib chiqmasligini anglamagan holda taxmin qiladi yoki 
oldindan ko‘ra bilmaydi.
Bu holatlarni aniqlash jinoyatni kvalifikatsiya qilishda muhim 
ahamiyat kasb etadi. Yuqori turuvchi sud instansiyasi ko‘rsatmasiga ko‘ra, 
sudlar qasddan odam o‘ldirish jinoyatini jabrlanuvchining o‘limiga sabab 
bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish jinoyatidan farqlashi 
lozim. «Qasddan odam o‘ldirish jinoyatini sodir etayotganda aybdor 
shaxsni hayotdan mahrum qilish niyatida harakat qiladi, badanga og‘ir 
shikast yetkazish shaxsning o‘limiga sabab bo‘lgan hollarda esa, o‘limga 
nisbatan uning aybi ehtiyotsizlik shaklida ifodalanadi»
1

Murakkab aybli jinoyatlarning ikkinchi turiga qilmish (harakat yoki 
harakatsizlik)ga nisbatan bir xil bo‘lmagan munosabatda oqibat kelib 
chiqishi talab qilinmaydigan va oqibatga nisbatan bo‘ladigan jinoyatlar 
kiradi. Bu holat formal tarkibli jinoyatlarda ko‘zga tashlanadi. Bu 
kvalifikatsiyaga ta’sir qiladigan oqibat jinoyat-huquqiy norma bilan 
qo‘riqlanadigan asosiy jinoyat tarkibidagi obyektdan tashqari qo‘shimcha 
obyektga zarar yetkazishda ifodalanadi. Bu turkumdagi jinoyatlarga asosiy 
tarkibli formal, kvalifikatsiyaga ta’sir qiluvchi belgilari ma’lum bir og‘ir 
oqibatni yuzaga keltiruvchi jinoyatlarni misol keltirish mumkin. Masalan, 
jabrlanuvchining o‘limi abort o‘tkazishda kelib chiqishi (JK 114-moddasi 
3-qismi «a» bandi). Bunday shakldagi qasddan sodir etilgan jinoyatlar 
kvalifikatsiya qilinadigan oqibatga nisbatan ehtiyotsizlik orqasida sodir 
etilgan deb baholanadi. 
1
Қаранг: Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг 2004 йил 24 сентябрдаги «Қасддан одам 
ўлдиришга оид ишлар бўйича суд амалиёти тўғрисида»ги 13-сонли қарори, 4-банд, 2-хатбоши // Тўплам, 2-
жилд. – 193-б. 
210 



Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin