O‘z-o‘ziga ishonishda oldindan ko‘ra
bilish shu bilan izohlanadiki,
shaxs irodaviy jihatlar, ruhiy bosim va ta’sir bilan mazkur holatlarning
haqiqiy sababiy bog‘lanish rivojlanishini anglashi mumkin bo‘lsa-da,
ularni anglamaydi. Aybdor holatga jiddiy yondashmay, lekin amalda
oqibat kelib chiqishining oldini olishga umid qiladi, lekin amalda
oqibat
kelib chiqishiga monelik qila olmaydi.
Ta’kidlash joizki, o‘z-o‘ziga ishonishda jinoiy oqibatlarning kelib
chiqishi mumkinligini oldindan ko‘ra bilishi ongli ravishda ehtiyotkorlik
chora-tadbirlariga rioya qilmaslik bilan ifodalanadi.
Ehtiyotkorlik choralariga amal qilmaslikda shaxs kelib chiqishi
mumkin bo‘lgan ijtimoiy xavfli oqibatni oldindan anglash imkoniyatiga
ega bo‘lib, uning kelib chiqishining oldini olishda yetarli va zarur
choralarni ko‘rmaydi. Mazkur holatlarda shaxs bunday oqibat ma’lum bir
holat va sharoitlar o‘tishi
bilan kelib chiqmaydi, deb hisoblaydi, biroq
oqibatning oldini olishga qaratilgan hech qanday mustaqil harakatni
amalga oshirmaydi.
Shuning uchun aybdor shaxs sababiy bog‘lanishning bir-biriga to‘g‘ri
kelib qolishini kuzatish holatida bo‘lmaydi yoki oddiygina jinoiy
natijaning kelib chiqishi uchun qarshilik qiluvchi holatni noto‘g‘ri
baholaganligi sababli o‘zi taxmin qilgan sababiy bog‘lanishining
rivojlanishida adashishi mumkin. O‘z-o‘ziga ishonish bilan qasdning
sababiy bog‘lanishdagi xato o‘rtasidagi
asosiy farq, bu kelib chiqqan
oqibatga nisbatan qasddan aybni rad etadi.
Ehtiyotkorlik choralari zaruriy va majburiy xususiyatga ega bo‘lgan
ish, kasb va mansabdagi shaxs majburiyatlariga to‘laligicha kiradi. Bundan
tashqari, ehtiyotkorlik choralari muayyan holatdan kelib chiqqan holda
ham belgilanishi mumkin. Shuning uchun amal qilinishi lozim bo‘lgan
chora-tadbirlarni ko‘rsatib bo‘lmaydi.
Ehtiyot choralarining mavjudligi o‘z-o‘ziga ishonish ijtimoiy xavfli
oqibatining oldini olishga qaratilgan asossiz tavakkalchilikni ifodalovchi
Dostları ilə paylaş: