Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə151/298
tarix10.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#110474
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   298
fc14ce6364e21ae42f7e44d6f4454c45 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HUQUQI K U R S I 1-TOM

NOTA BENE ! 
O‘z-o‘ziga ishonish ehtiyotsizlikning shunday turiki, unda shaxs 
o‘zining harakati yoki harakatsizligining ijtimoiy xavfli oqibatlarini 
anglamaydi, o‘z qilmishining ijtimoiy xavfli oqibatlari keltirib chiqarishi 
mumkin bo‘lgan mavhumlikni oldindan ko‘radi, ehtiyotkorlik chora-
tadbirlariga ongli ravishda rioya etmagan holda bunday oqibatlar kelib 
chiqmasligiga asossiz ravishda umid qiladi. 
JK 22-moddasi 3-qismi beparvolikning mohiyatini ochib beradi. 
«Agar jinoyat sodir etgan shaxs o‘z xulq-atvori qonunda nazarda tutilgan 
ijtimoiy xavfli oqibatlar keltirib chiqarishi mumkinligiga ko‘zi yetmasa-da, 
lekin ko‘zi yetishi lozim va mumkin bo‘lsa, bunday jinoyat beparvolik 
orqasida sodir etilgan deb topiladi». 
Qonunchilik jinoiy beparvolikni shaxsning qilmishi natijasida kelib 
chiqishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy xavfli oqibatni oldindan anglash real 
imkoniyatiga ega bo‘ladi, lekin bu oqibatni kelib chiqishini anglash uchun 
qilinishi kerak bo‘lgan zarur irodaviy harakatlarni amalga oshirmaydi, 
diqqat-e’tiborini va ehtiyotkorlikni namoyon qilmaydi, deb hisoblaydi. 
Beparvolikda ijtimoiy xavfli oqibatni oldindan ko‘ra bilmaslik 
oqibatga nisbatan har qanday munosabat mavjud bo‘lmaydi degan 
tasavvurga olib kelmaydi, balki bunday munosabat maxsus shaxsning 
qonun talablariga, ijtimoiy xulq-atvor qoidalariga, boshqa shaxs 
manfaatlariga beparvo munosabatda bo‘lishida ifodalanadi. Shuning uchun 
beparvolikda intellektual holat ijtimoiy xavfli oqibatni oldindan ko‘ra 
205 


bilmaslikdan tashqari, shaxs o‘z qilmishining ijtimoiy xavfli oqibatini 
anglamasligi bilan ifodalanadi. 
Jinoiy beparvolikning intellektual holati ijobiy va nisbiy mezonlarga 
bo‘linadi. 
Jinoiy beparvolikning nisbiy mezoni shaxsning kelib chiqishi 
mumkin bo‘lgan ijtimoiy xavfli oqibatni oldindan anglamasligida 
namoyon bo‘ladi. Beparvolik shaklidagi ayb formasida shaxs oqibat kelib 
chiqishi mumkinligini ham, realligini ham yoki mavhumligini ham 
oldindan anglab yetmaydi. 
Oqibatni oldindan ko‘ra bilish mumkinligi qilmish sodir etilayotgan 
vaziyatning o‘ziga xosligi va aybdorning individual xususiyatlari bilan 
izohlanadi. Aybdorning individual xususiyatlariga uning (jismoniy holati, 
rivojlanganlik darajasi, ma’lumoti, kasbiy mahorati, sog‘lig‘i holati, qabul 
qilish darajasi) qilmish sodir etilayotgan vaziyatdan kelib chiqib, asosli 
xulosalar qilishi va atrof muhitni to‘g‘ri qabul qilishi hamda ularga baho 
berishga imkon yaratishi kiradi. Bu ikki tayanchning mavjudligi aybdor 
sodir etayotgan qilmishning ijtimoiy xavfli oqibatlarini oldindan ko‘ra 
bilishga real imkoniyat yaratadi. 
Jinoiy beparvolikning ijobiy mezoni normativ ahamiyat kasb etib, u 
aybdorning kelib chiqishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy xavfli oqibatni 
oldindan bilishi lozim va mumkin bo‘lganligini anglatadi. Aynan mana shu 
belgi beparvolikni mustaqil ayb turi sifatida jinoyat-huquqiy ahamiyatini 
oshiradi. Bu insonning anglashi va irodaviy xususiyatlari bilan belgilanadi: 
bilish lozimligi normativ ahamiyatga ega bo‘lgan obyektiv belgi 
hisoblansa, oldindan ko‘ra olishi mumkinligi katta darajada ijtimoiy 
ahamiyat kasb etadigan subyekt belgi. Obyektiv belgining o‘zi bilangina 
shaxsda ijtimoiy xavfli oqibatlarni kelib chiqishining oldini olish uchun 
imkoniyatlar mavjud degan xulosaga kelib bo‘lmaydi. Ijtimoiy xavfli 
oqibat kelib chiqishi mumkinligini oldindan ko‘ra bilish lozimligi va 
mumkinligi shaxsning majburiyatidan kelib chiqib belgilanadi. Bu qoida 
aybdorning mansab maqomini belgilovchi, uning kasbiy vazifalari va 
umummajburiy ijtimoiy xulq-atvor qoidalarida, qonun, shartnoma va 
206 


boshqalarda aks ettirilgan bo‘lishi mumkin. Biroq bu tarzdagi normativ va 
ijtimoiy majburiyatlarning mavjudligi shaxsning u yetkazishi mumkin 
bo‘lgan ijtimoiy zararli va xavfli oqibatni to‘la anglashi uchun yetarli 
hisoblanmaydi. Buning uchun nisbiy mezonlar mavjudligini aniqlash 
lozim. 
E’tiborlilik va ehtiyotkorlik jinoyat huquqida xulq-atvorning lozimligi 
va mumkinligini yorituvchi atamalar hisoblanadi. Ular ijtimoiy normalar, 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri qonundan kelib chiquvchi normalar, boshqa hujjatlardagi 
qoidalardan kelib chiqqan holda mohiyatni ochib beradi.
O‘z qilmishining ijtimoiy xavfli oqibatlarini oldindan ko‘ra bilish yoki 
ko‘ra bilmaslik tasodif hisoblanmay, bu shaxsning mazkur harakatlari 
bilan buzilishi mumkin bo‘lgan boshqa shaxs, jamiyat va davlat 
manfaatlariga bo‘lgan munosabatdan kelib chiqadi. 
O‘z-o‘ziga ishonish va beparvolik irodaviy holatlarining farqi 
shundaki, o‘z-o‘ziga ishonishda shaxs kelib chiqishi mumkin bo‘lgan 
oqibatning kelib chiqishini mavhum tarzda oldindan ko‘ra oladi, 
beparvolikda esa, shaxs kelib chiqishi mumkin bo‘lgan oqibatning hech 
qanday shaklini oldindan ko‘ra olmaydi. 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin