Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə150/298
tarix10.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#110474
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   298
fc14ce6364e21ae42f7e44d6f4454c45 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HUQUQI K U R S I 1-TOM

irodaviy holatning xususiyati bilan ham bog‘liq. Bunda aybdor ehtiyot 
choralariga rioya qilmayotganini anglaganligi muhim ahamiyatga ega. 
Mazkur holat shundan dalolat beradiki, aybdor qandaydir obyektiv va 
202 


subyekt holatlarni anglaydi va ularga muvofiq ravishda o‘z xulq-atvorini 
shakllantiradi. 
O‘z-o‘ziga ishonishning irodaviy holati ijtimoiy xavfli oqibatlarning 
oldini olishga qaratilgan asossiz (yetarli asoslar mavjud bo‘lmagan, 
yengiltaklik bilan) tavakkalchilikdan iborat. Bu bilan o‘z-o‘ziga 
ishonishlik to‘g‘risidagi hisob-kitobdan shunday fakt dalolat beradiki, 
unda jinoiy oqibat baribir kelib chiqadi. Aynan bu belgi o‘z-o‘ziga 
ishonishni egri qasddan ajratuvchi muhim belgi hisoblanadi. 
Agar shaxs egri qasdda ijtimoiy xavfli oqibat kelib chiqishiga ongli 
ravishda yo‘l qo‘ysa yoki ularning kelib chiqishiga befarq bo‘lsa, ya’ni 
kelib chiqqan oqibatni yoqlasa yoki ularga ijobiy yondashsa, o‘z-o‘ziga 
ishonish esa, shaxs nafaqat xohishining mavjud emasligi, oqibatlarga ongli 
ravishda yo‘l qo‘yishni istamasligi, ularni keltirib chiqarmaslikka harakat 
qilishi va ularga nisbatan nisbiy munosabatda bo‘lishi bilan farqlanadi. 
Qonun o‘z-o‘ziga ishonishning irodaviy holatini (mazmun-mohiyatini) 
umid sifatida emas, balki ijtimoiy xavfli oqibatning oldini olishga 
qaratilgan to‘la voqelik sifatida qaraydi. Subyekt tavakkalchilikka, 
holatlarning bir-biriga to‘g‘ri kelib qolishiga asoslanmaydi, balki uning 
fikri bo‘yicha jinoiy oqibatlarni keltirib chiqaradigan konkret shart-
sharoitlar va holatlarga taxmin qiladi. Bunday shart-sharoit va holatlar 
(kuch, uddaburonlik, tajriba, ko‘nikma, bilim va h.k.lar) qoida bo‘yicha 
aybdorning shaxsi va qilmishiga nisbatan (tegishli) bo‘ladi, shuningdek, 
jinoyat sodir etiladigan vaziyatlar (tungi vaqtda, odam yo‘qligida va 
h.k.lar), boshqa shaxslarning harakatlari (piyodaning yo‘ldan kesib 
o‘tishga ulgurishiga ishonish, o‘rmonda gulxanni kimdir o‘chirishiga 
ishonish va h.k.), mexanizmlarning harakati va boshqa tabiat kuchlari ham. 
Bunda taxmin o‘z-o‘ziga ishonishda yengiltaklik va ijtimoiy xavfli 
oqibatlarning oldini olishga qaratilgan holatlarga, ehtiyotkorlik chora-
tadbirlariga rioya qilmaslikda ko‘rinuvchi noto‘g‘ri baho berish natijasida 
yuzaga keladi. 
Qonunchilikda o‘z-o‘ziga ishonishni asossiz ravishda umid qilish 
konstruksiyasi ikki xil ifodalanadi. Uning ikki xilligi shundaki, asossiz 
ravishda umid qilish belgisi birinchi navbatda, o‘z-o‘ziga ishonishning 
203 


irodaviy holati va o‘z navbatida, uning intellektual holati ham hisoblanadi. 
Shaxs o‘zi taxmin qilayotgan holatlarni (to‘g‘rimi-noto‘g‘rimi) anglaydi 
va uning qilmishi bilan kelib chiqishi mumkin bo‘lgan oqibat o‘rtasida 
sababiy bog‘liqlikdagi rivojlanishning to‘xtatilishi yoki izdan chiqishiga 
taxmin qiladi. Shaxs kelib chiqishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy xavfli 
oqibatni oldindan anglashi bilan birga uni o‘zining ishongan harakatlari 
ta’sirida oldindan anglamasligi ham mumkin. o‘z navbatida, o‘z-o‘ziga 
ishongan holda harakat qilib, shaxs natijaning oldini olish imkoniyatlarini 
oldindan anglamaydi (aks holda, bu zararlarning oldini olishga bo‘lgan 
harakatlarga umid qilmasdi), biroq shaxs bu oqibatlarni oldindan ko‘ra 
bilishi lozim va mumkin edi.
Shu bilan birga shuni e’tiborga olish kerakki, agar shaxs jinoyatning 
oldini olishga qaratilgan barcha choralarni ko‘rgan bo‘lsa hamda unda turli 
xil sabablar bo‘lib, natijaning oldini olish uchun yetarli bo‘lmagan va 
shaxs bilishi mumkin bo‘lmagan bo‘lsa, u holda tasodif – aybsiz holda 
zarar yetkazish deb topiladi. Boshqacha aytganda, shaxs agar ijtimoiy 
xavfli oqibat kelib chiqishini oldindan ko‘ra bilganda va uning oldini olish 
uchun zarur chora-tadbirlarni ko‘rganda ham baribir oqibat kelib chiqsa, 
jinoiy javobgarlik bo‘lmaydi. Bunday holat quyidagi hollarda yuzaga 
keladi: 
– aynan hisobga olingan qoidalarning yuzaga kelgan vaziyati va 
ehtiyot choralarining to‘liqsizligi (ilmiy va texnik ilmlarning yetarli 
emasligi); 
– bu qoidalar mo‘ljallangan (taxmin qilingan) vaziyatlarga to‘g‘ri 
kelmasligi; 
– oqibatlar kelib chiqishining oldini olishga yengib bo‘lmas va 
oldindan ko‘rinmagan kuch ta’siri;
– ma’lum bir harakatlarni amalga oshirishi lozim bo‘lgan shaxsning 
harakatlariga umid qilib, keltirib chiqarish ehtimoli bo‘lgan xavfli oqibat 
haqida uni ogohlantirish mumkin bo‘lgan holatlar bo‘lishi mumkin. Mana 
shu harakatlarni sodir etmaslik va faktik oqibatlarning yuzaga kelishi 
tavakkalchilikni ongsiz ravishdagi tavakkalchilikka, shu bilan birga o‘z-
o‘ziga ishonish darajasiga o‘sib chiqishiga olib kelmaydi. 
204 


O‘z-o‘ziga ishonishda shaxs jinoyat sodir etilish vaqtida asossiz o‘ziga 
ishonuvchanlik xususiyatiga ega bo‘lgani uchun aynan mana shu oqibat 
vujudga keladi. 
Shunday qilib, o‘z-o‘ziga ishonish, subyektning jinoyat sodir etish 
paytida o‘z-o‘ziga ishonib, oqibat kelib chiqmasligiga asossiz umid qilishi 
xuddi shu ijtimoiy xavfli oqibatlarning haqiqatan kelib chiqishiga olib 
keladi. Jinoyat subyekti taxminining intellektual holati shundan iborat 
bo‘ladi. 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin