Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə155/298
tarix10.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#110474
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   298
fc14ce6364e21ae42f7e44d6f4454c45 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HUQUQI K U R S I 1-TOM

NOTA BENE ! 
Jinoyat motivi – bu shart bo‘lgan muayyan ehtiyojlar va 
manfaatlarning anglangan yoki anglanmagan ichki xohish-niyati bo‘lib, 
shaxs unga jinoyat sodir etishda tayanadi. 
Ba’zida motiv tushunchasi bilan motivatsiya tushunchasi 
tenglashtiriladi. Biroq, ular garchi o‘zaro chambarchas bog‘langan bo‘lsa 
ham ta’rifi mohiyati jihatidan farqlanadi.
Agar motiv deb, individni jinoiy faoliyatga undovchi dastlabki 
sababni olsak, motivatsiya – bu motivlarning majmui bo‘libgina qolmay, 
balki motivni amalga oshirish jarayoni, xatti-harakatning sababiy 
bog‘lanishdagi ichki ruhiy jarayonidir. Motivatsiyani o‘rganishda 
motivning o‘zini emas, balki shaxsning barcha motivatsion sferasini – uni 
o‘rnatish, irodaviy va hissiy sifatlari, ya’ni shaxs xatti-harakatlarini aniqlab 
beruvchi ruhiy holatlarning majmui e’tiborga olinadi. 
Motiv va maqsad tushunchalari o‘rtasidagi o‘zaro munosabat bir 
xillikka olib bormaydi. Agar motiv jinoiy faoliyatning zaruriy elementi 
bo‘lsa, maqsad jinoyat sodir eta turib subyekt erishishga intilayotgan 
xayoliy natijadir. Jinoyatning maqsadi jinoiy faoliyatning yo‘nalishini 
belgilaydi. Unga faoliyat turi, uning usullari va vositalari bog‘liq bo‘ladi.
217 


Ko‘pgina psixologlarning fikricha, maqsad har doim birinchi 
navbatda, ongning harakati bo‘lgani holda, undovchi, motivlashgan kuch 
orqali emotsional (hissiy) kechinmalarni – maqsadni amalga oshirish 
istagini oladi. Mohiyatan, maqsad – bu istalgan natijani tasavvur qilingan 
ko‘rinishdagi anglangan motivdir
1

NOTA BENE ! 
Jinoyat maqsadi – bu aybdorning jinoyat sodir etish orqali o‘zi 
xohlagan natijaga erishish haqidagi tasavvuridir. 
Jinoyat motivi va u belgilaydigan maqsad ko‘proq bir-biriga to‘g‘ri 
keladi. Talon-toroj qilishda g‘arazli motiv va g‘arazli maqsad mavjud 
bo‘ladi. Biroq motivga to‘g‘ri kelmaydigan boshqa maqsadlarni ham 
qo‘yish mumkin. Masalan, qasddan odam o‘ldirishda bosqinchilikni 
yashirish maqsadida aybdor tomonidan g‘arazli motiv qo‘llanadi. 
Motiv va maqsad doim konkret bo‘ladi va qoida tariqasida JKning 
Maxsus qismidagi moddalar dispozitsiyasida asosiy, kvalifikatsiya 
qilingan yoki imtiyozga ega bo‘lgan jinoyat tarkibi belgisi sifatida 
ta’riflanadi. Masalan, shaxsning diniy taassublar natijasida qasddan odam 
o‘ldirishi (JK 97-moddasi 2-qismi «m» bandi) yoki kishi a’zolarini kesib 
olib boshqa kishiga ko‘chirish (transplantat) yoki murdaning qismlaridan 
foydalanish maqsadida qasddan odam o‘ldirish (JK 97-moddasi 2-qismi 
«n» bandi) jinoyatlarini sodir etishi. Biroq JK Maxsus qismining ayrim 
moddalarida berilgan motiv g‘arazli yoki past niyat singari umumlashgan 
xususiyatga ega (JKning 124, 125, 131, 133-moddalari va boshqalar) yoki 
boshqa shaxsiy manfaatdorlikni (JKning 209, 212, 2281- moddalari va 
boshqalar) bildiradi. 
1
Так, Леонтьев А.Н. называл осознаваемый мотив «мотивом – целью» (См.: Леонтьев А.Н. Указ. соч. – 
С.201; см. также: Давыдов В.В., Зинченко В.П., Талызин Н.Ф. Проблема деятельности в работах Леонтьева А.Н. 
// Ж. Вопросы психологии. – 1982. – №4. – С. 61-66). Ивашкин В.С. пишет: «Мотив сознательно регулируемого 
действия имеет форму цели, актуализирующей ассоциированную в ней установку в виде плана и образа 
конечного результата» (Ивашкин В.С. Личность и деятельность. – М.: 1977. – С. 44). По мнению Зелинского 
А.Ф. «Осознанный мотив преступления в виде представления о желаемом результате имеет форму цели» 
(Зелинский А.Ф. Указ. соч. – С. 68). 
218 


Jinoyat motivi va maqsadiga ko‘rsatmalar JKning Umumiy qismida 
ham mavjud. Masalan, qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holat 
sifatida, kasb yoki xo‘jalik faoliyatiga bog‘liq asosli tavakkalchilikni 
qonunchilik ijtimoiy foydali maqsadga erishish belgilari – muayyan 
maqsad deb ataydi (JK 41-moddasi). Bunday hollarda motiv va maqsadni 
ko‘rsatish alohida jinoyat-huquqiy ahamiyat kasb etadi.
Yuridik adabiyotlarda motiv va maqsadlarni kvalifikatsiya qilishning 
bir necha yo‘llari keltirib o‘tilgan. Jumladan, motiv va maqsadni ma’naviy 
va huquqiy baholash asosidagi kvalifikatsiyaga muvofiq, barcha motivlar 
va maqsadlar pastlik (g‘arazlilik, shuhratparastlik, bezorilik motivi, 
millatlararo yoki irqiy adovat, diniy taassublar, boshqa jinoyatni yashirish 
yoki sodir etishni osonlashtirish va h.k.) va pastlik (tubanlik, razillik) 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin