Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə141/298
tarix10.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#110474
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   298
fc14ce6364e21ae42f7e44d6f4454c45 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HUQUQI K U R S I 1-TOM

To‘g‘ri qasdning irodaviy holati uning yo‘naltirilganligini ifodalaydi 
va qonunchilikda ijtimoiy xavfli oqibatlarning kelib chiqishini istashda 
aniqlanadi. 
Xohish – bu maqsadga erishishga jalb etuvchi iroda, belgilangan 
maqsadga qarab intilishdir. «Istak – bu belgilab qo‘yilgan intilishdir, u 
aniq bir predmetga qaratilgan bo‘ladi. Istakning tug‘ilishi, shuning uchun 
har doim maqsadning vujudga kelishini va qo‘yilishini bildiradi. Istak – 
aniq bir maqsadga yo‘naltirilgan intilishdir»
1

Xohish turlicha bo‘lishi mumkin. To‘g‘ri qasdning belgisi sifatida 
xohish muayyan maqsadlarga intilishda aybdor uchun quyidagilarni 
bildirishi mumkin: 
– oxirgi tugal maqsad (rashk tufayli qasddan odam o‘ldirish, qasos); 
– oxirgi maqsadga erishishning orasidagi bosqich (boshqa bir 
jinoyatni yashirish maqsadida qasddan odam o‘ldirish); 
– oxirgi maqsadga erishish vositasi (jabrlanuvchining mol-mulkini 
egallash maqsadida qasddan odam o‘ldirish); 
– qilmishning muqarrar birga keladigan elementi (zaharlangan ovqat 
orqali qasddan o‘ldirish yo‘li bilan mo‘ljallangan odamnigina emas, balki 
uning oila a’zolarini ham o‘ldirish). 
Aybdor harakatining maqsadi to‘g‘ri qasdda istakning predmeti bo‘lib, 
mazkur jinoyat tarkibining elementini o‘zida ifodalovchi ijtimoiy xavfli 
oqibat hisoblanadi. Masalan, qasddan odam o‘ldirishda – bu 
jabrlanuvchining o‘limi, o‘g‘irlikda – o‘zgalar mulkini qo‘lga kiritish, 
bezorilikda – jamoat tartibini buzishdir. Inson o‘z oldiga qo‘ygan 
faoliyatining maqsadlari motiv bilan aniqlanadi. Shuning uchun to‘g‘ri 
1
Қаранг: С.Л. Рубинштейн. Основы психологии. М., 1946, стр. 513. 
192 


qasd natijasidagi jinoiy oqibat, aybdor harakatining asosiy maqsadi 
hisoblanib, shaxs faoliyatining motividan kelib chiqadi va shu motiv bilan 
aniqlashtiriladi. 
To‘g‘ri qasdning maqsadga qaratilganligi (irodaviy holatning belgisi 
sifatida) jinoyat tarkibining faqat keltirilgan zarar bilan chegaralanib 
qolganini bildirmaydi. Alohida maqsadga qaratilgan jinoyatlarda, jinoyat 
tarkibi chegarasida bo‘lgan, shuningdek, boshqa bir holatlarda ham 
yo‘nalish maxsus natijaga qaratilgan bo‘ladi. Ammo bu natijalar jinoyat 
tarkibida ko‘zda tutib o‘tilgan umumiy qasdning yo‘naltirilgan bir bosqichi 
sifatida qaraladi. 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin