Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə134/298
tarix10.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#110474
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   298
fc14ce6364e21ae42f7e44d6f4454c45 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HUQUQI K U R S I 1-TOM

NOTA BENE ! 
Aybning shakli – bu jinoyat sodir etuvchi shaxsning, o‘z qilmishiga 
nisbatan bo‘lgan munosabatini ifodalovchi ong va iroda elementlarining 
jinoyat qonuni bilan o‘rnatilgan o‘zaro bog‘liqligi (birikmasi)dir. 
Qonunchilik tuzilish shakliga muvofiq, aybning tuzilishi qasd va 
ehtiyotsizlik shaklida bo‘ladi. JK 20-moddasiga muvofiq, «Ushbu 
Kodeksda nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli qilmishni qasddan yoki 
ehtiyotsizlik orqasida sodir etgan shaxs jinoyat sodir etilishida aybdor deb 
topilishi mumkin». 
Aybning har bir shakli bir necha turlarga bo‘linadi. Qasd to‘g‘ri va 
egri qasdga bo‘linadi (JK 21-moddasi), ehtiyotsizlik esa, o‘z-o‘ziga 
ishonish va beparvolikka bo‘linadi (JK 22-moddasi)
Jinoiy tajovuzning xususiyati va shaxsning o‘zi sodir etgan qilmishiga 
bo‘lgan munosabatining ba’zi darajalarida namoyon bo‘lganidek, har 
qanday ijtimoiy xavfli qilmish qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida sodir 
etiladi.
181 


To‘g‘ri yoki egri qasdda intellektual element harakat 
(harakatsizlik)ning ijtimoiy xavfini anglashni va ijtimoiy xavfli 
oqibatlarining kelib chiqishi mumkinligini yoki muqarrarligini yoki faqat 
ularning kelib chiqish imkoniyatini oldindan ko‘ra bilishni (egri qasdda) 
ifodalaydi, irodaviy element esa, xohish (to‘g‘ri qasdda) yoki ongli 
ravishda yo‘l qo‘yishda yoki unga beparvo munosabatda bo‘lishda (egri 
qasdda) ifodalanadi. 
Jinoiy o‘z-o‘ziga ishonishda, intellektual element o‘z-o‘ziga 
ishonishning ijtimoiy xavfli oqibatlarining kelib chiqishi ehtimolini 
oldindan ko‘ra bilishda va ularning oldini olishga yetarli asoslar 
bo‘lmaganida, irodaviy element esa, ularning kelib chiqishini istamaslikda, 
ularning oldini olishga intilishda ifodalanadi. 
Jinoiy beparvolik uchun intellektual va irodaviylikni inkor etuvchi 
elementlar xosdir, ijtimoiy xavfli oqibatlarga mumkin va zarur bo‘lgan 
muayyan intellektual munosabatning, ya’ni shaxsning bu oqibatlarni 
ko‘rishining va oldindan ko‘ra bilishligining mavjud emasligi xosdir. 
Irodaviy jarayonning mohiyati, aybning qasdli shaklida shaxsning o‘z 
xatti-harakatlarini ongli ravishda oldindan belgilangan yoki oldindan ko‘ra 
olishi mumkin bo‘lgan maqsadiga yo‘naltirishida, ehtiyotsizlikda esa, o‘z 
xatti-harakatlarining oqibatlarini o‘ylamasligida va e’tiborsizligi natijasida 
ijtimoiy xavfli oqibatlarning kelib chiqishida ko‘rinadi. Ehtiyotsizlikning 
irodaviy elementining o‘ziga xos xususiyati shundaki, unda shaxs kerakli 
ruhiy zo‘r berishni, ruhiy kuchni ishlatmaydi, ijtimoiy xavfli oqibatlarni 
keltirib chiqarish imkoniyatiga ega bo‘lsa ham, ijtimoiy xavfli oqibatlarni 
keltirib chiqarishdan qochadi.
Sud tomonidan shaxsning xususiyatini va uning sodir etgan qilmishiga 
munosabatini hisobga olgan holda, unga jazo tayinlanayotgan vaqtda ruhiy 
ko‘rinishlari ham hisobga olinadi. 
Ayb faqat yuridik jihatdan qonunchilik tomonidan belgilangan forma 
va shakllarda mavjud. Shu bilan birga qonunchilik aybning boshqa 
shaklini, ya’ni jinoyat sodir etishda qasd va ehtiyotsizlikni ajratib 
ko‘rsatadi (JK 23-moddasi – qilmishga nisbatan qasd va kelib chiqqan 
oqibatlarga nisbatan ehtiyotsizlik). 
182 



Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin