Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə135/298
tarix10.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#110474
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   298
fc14ce6364e21ae42f7e44d6f4454c45 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HUQUQI K U R S I 1-TOM

Ayb shaklining mazmuni aybning shakli va uning qonuniy 
belgilanishi aybdorning ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etish chegaralarini 
ko‘rsatib berishga olib boradi. Subyektning sodir etgan qilmishiga bo‘lgan 
turli xil ruhiy munosabati faqat shu ajratib ko‘rsatilgan chegaralar ichida 
bo‘lganida aybli deb topilishi mumkin. 
Agar qonun faqat qasddan ijtimoiy xavfli qilmish sodir etishga jinoiy 
javobgarlikni belgilasa, aybning shakli jinoiy harakatni jinoiy bo‘lmagan 
harakatdan ajratib beradi. Masalan, bolani almashtirib qo‘yish, agar 
ehtiyotsizlik orqasida sodir etilsa, jinoiy javobgarlikka olib kelmaydi. 
Shu kabi hodisalar qatorida aybning shakli jinoiy javobgarlikni 
qonuniy tabaqalashtirishning asosi bo‘lib xizmat qiladi. Qasddan odam 
o‘ldirish, qasddan badanga og‘ir yoki o‘rtacha og‘irlikda shikast yetkazish
mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish kabi qilmishlar 
ehtiyotsizlik orqasida sodir etilganlariga qaraganda, ular uchun javobgarlik 
ancha qattiqroq. 
Qasd va ehtiyotsizlikning ko‘rinishi jinoyatning kvalifikatsiyasiga 
ta’sir qilmasdan, jinoiy javobgarlik va jazoni individuallashtirishda muhim 
mezon bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Boshqacha so‘z bilan aytganda, agar 
jinoyat to‘g‘ri qasd bilan sodir etilgan bo‘lsa, egri qasd bilan sodir 
etilganga nisbatan u o‘zida ancha ko‘proq darajada xavflilikni ko‘rsatadi, 
jinoiy o‘z-o‘ziga ishonish esa, beparvolikka nisbatan ancha xavfliroq 
ekanligini ko‘rsatadi. 
Faqat aybning qasd shakli bilan jinoyat sodir etishning bir necha 
huquqiy oqibatlari bog‘langan. Chunonchi, retsidiv jinoyatlarni belgilash 
faqat ilgari qasddan sodir etilgan jinoyatlar uchun hukm qilinishi bilan 
bog‘liq (JK 34-moddasi). Jinoiy faoliyatning boshlanishi va jinoyat sodir 
etishda ishtirokchilik kabi tushunchalar aybning faqat qasd shaklini taqozo 
etadi; aybning shakli (ijtimoiy xavflilik darajasiga bog‘liq holda) 
jinoyatlarni kategoriyalar bo‘yicha kvalifikatsiya qilishning asosida yotadi. 
Va nihoyat, aybning shakli jazoni, shuningdek, uning o‘talish shart-
sharoitlarini oldindan belgilab beradi. 
Qonunchilikni loyihalashtirishda JKning Maxsus qismi moddalarida 
ko‘rsatilganidek, aybning shakli normalarning dispozitsiyasida to‘g‘ridan-
183 


to‘g‘ri ko‘rsatiladi yoki nazarda tutiladi (masalan, JK 97-moddasi – 
qasddan odam o‘ldirish). Oxirgi vaziyatda aybning qasd shakliga 
qonunchilikda ko‘rsatilgan xususiyat (o‘g‘rilik, talonchilik, nomusga 
tegish, tuhmat, pora olish yoki berish va h.k.) yoki qonunchilikda 
ko‘rsatilgan qilmishning ayni bir maqsadi yoki sodir qilinayotgan 
qilmishning o‘zboshimchaligi va noqonuniyligi yo bo‘lmasa, jinoyat 
tarkibiga qilmishning maxsus motivini kiritish ko‘rsatiladi. 
Ehtiyotsizlik, asosan, dispozitsiyada ko‘rsatilgan, o‘z vazifalarini 
bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik, harakatsizlik (agar bunday 
harakat qandaydir maqsad yoki motivni tug‘dirgan bo‘lmasa) kabilarda 
aniq ifodasini topadi. 
Shunday qilib, aybning ichki tuzilishi bilan bog‘langan aybning shakli 
va boshqa elementlari (irodaviy va intellektual elementlari), shaxsning 
o‘zini o‘rab turgan real voqelikka bo‘lgan ruhiy munosabatini belgilovchi 
aybning mohiyatini tashkil etadi. Boshqacha aytganda, aybning ijtimoiy-
huquqiy mohiyati, jinoyat qonunchiligi bilan taqiqlangan aybli ijtimoiy 
xavfli qilmishni jazo qo‘llash tahdidi bilan jinoyat sifatida aniqlashiga 
tayanadi. Bunday mohiyat, ayb o‘zida shaxs o‘zi qilgan har qanday 
qilmishlari va uning oqibatlari uchungina ruhiy munosabatini namoyon 
etmaydi, balki u faqat jazo qo‘llash tahdidi bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy 
xavfli, ya’ni Jinoyat kodeksi bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlar 
uchun xavfli qilmishlarni namoyon etadi. Aybdor shaxs jinoyat sodir eta 
turib, qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida davlat tomonidan o‘rnatilgan 
qadriyatlarga nisbatan o‘zining salbiy ichki munosabatini namoyon etadi. 
Aybning ijtimoiy mohiyati, salbiy (qasddan sodir etiladigan tajovuzlar 
uchun xarakterli) yoki e’tiborsizlik yoki kam e’tiborli (ehtiyotsizlik 
orqasida sodir etiladigan jinoyatlarga xarakterli bo‘lgan) qasd yoki 
ehtiyotsizlik orqasida ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etishda asosiy 
qadriyatlarga nisbatan ruhiy munosabatning namoyon bo‘lishida ko‘rinadi. 
Sud-tergov amaliyoti nuqtai nazaridan ayb tasdiqlanishi qiyin bo‘lgan 
konkret va aniq bo‘lmagan kategoriya hisoblanadi. Shu bilan birga ayb 
jinoiy tajovuzlarni, ularning ijtimoiy xavfliligi, zararliligi va huquqqa 
xilofliligini ifodalovchi o‘ziga xos miqdoriy o‘lchovlariga ega. Shunday 
184 


aybni ifodalovchi asosiy ko‘rsatkichlardan biri darajadir. Aybning 
mohiyati tushunchasi kabi ayb darajasi tushunchasi ham jinoyat 
qonunchiligida nazariy xarakterga ega. Bundan tashqari, sud va dastlabki 
tergov uchun ayb darajasini aniqlash amaliy ahamiyat kasb etadi. 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin