(iqtisodiy, axloqiy, huquqiy va boshqa) qimmatliklar salbiy o‘zgarishlarga
duchor bo‘ladi. Moddiy tarkibli jinoyatlarda jinoiy oqibat zaruriy element,
formal tarkibli jinoyatlarda esa ular talab qilinmaydi, ammo oqibat kelib
chiqishi mumkin.
NOTA BENE !
Jinoiy oqibat
jinoiy qilmish tufayli
jinoyat qonuni bilan
qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarga moddiy yoki nomoddiy
ko‘rinishda ifodalanadigan zarar, ziyon yoxud boshqacha salbiy
o‘zgarishda ifodalanadi.
Jinoiy oqibat – qilmishning ijtimoiy xavflilik darajasini belgilab
beradi. Shuningdek, jinoiy oqibat qilmishning jinoiyligi
yoki jinoiy
emasligini aniqlab beradi. Jazo tayinlashda sud tomonidan jazoni
og‘irlashtiruvchi holatlarni qo‘llashda asos bo‘lib hisoblanadi.
Jinoiy-huquqiy oqibatlarni quyidagi mezonlarga qarab guruhlarga
ajratishimiz mumkin:
– zarar tabiatiga qarab;
– yetkazilgan zararning xavflilik darajasiga qarab;
– qonunda
belgilanishiga qarab;
– jinoyatni kvalifikatsiya qilish uchun ahamiyatiga qarab.
Zarar xususiyatiga ko‘ra, oqibat ikki guruhga: moddiy va nomoddiy
oqibatga ajratiladi.
Moddiy oqibat – jismoniy va mulkiy zarar ko‘rinishidagi
oqibat
bo‘lib, aniq isbotlash va belgilashga moyil. Jismoniy zarar – shaxsga
qarshi jinoyatlarda ifodalanib, u shaxs o‘limida
yoki turli darajadagi
sog‘liqqa zarar yetkazishda ifodalansa, mulkiy zarar esa, masalan, o‘zgalar
mulkini talon-toroj qilishga qaratilgan jinoyatlar, jabrlanuvchi mulkini
kamaytirishga qaratiladi.
Nomoddiy oqibat ma’naviy, siyosiy, ijtimoiy-psixologik
va boshqa
shunga o‘xshash mazmunlarda ifodalanadi. Masalan, tuhmat va haqorat
qilishda jabrlanuvchi ongida ijtimoiy-psixologik ta’sirning mazmuni,
165
urushni targ‘ib qilishda mafkuraviy va siyosiy mazmun muhim ahamiyat
kasb etadi.
Nomoddiy oqibat esa ikki turda ifodalanadi:
– real ziyon ko‘rinishidagi nomoddiy zarar, masalan, JK 144-moddasi
1-qismida nazarda tutilgan zarar: «fuqarolar, jamiyat va
davlatning qonun
bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari»ga zarar yetkazish;
– zarar yetkazish xavfi ko‘rinishidagi oqibat. Masalan, JK 113-
moddasida nazarda tutilgan tanosil kasalligini yuqtirish xavfi ostida
qoldirish jinoyatida shaxs sog‘liqiga nisbatan xavf vujudga keladi.
Yetkazilgan zararning
xavflilik darajasiga ko‘ra oqibat 2
guruhga
bo‘linadi:
– asosiy jinoyat tarkibi belgisi sifatida nazarda tutilgan, masalan, 266-
moddadagi badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilishiga sabab
bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi
qoidalarini buzish;
– og‘irlashtiruvchi jinoyat tarkibi belgisi
sifatida nazarda tutilgan,
masalan, JK 266-moddasi 2- va 3-qismida javobgarlik odamlar o‘limi,
halokat va boshqa og‘ir oqibatlar kelib chiqqanda yuzaga keladi.
Dostları ilə paylaş: