Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə122/298
tarix10.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#110474
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   298
fc14ce6364e21ae42f7e44d6f4454c45 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HUQUQI K U R S I 1-TOM

NOTA BENE ! 
Jinoiy harakat – tana harakatlari, shu bilan birga tana harakatlari 
orqali tashqi dunyo predmetlaridan, tabiat kuchlari va ne’matlari, 
shuningdek, boshqa shaxslar vositasida jinoyat sodir qilinishi, jinoyat 
obyektiga faol ta’sirning yo‘naltirilganligi, ya’ni jinoyat qonuni 
muhofazasidagi ijtimoiy munosabatlarga zarar yetkazishning faol 
ko‘rinishidir. 
Harakatsizlik – biror-bir harakatdan saqlanishda ifodalanadigan 
shaxsning passiv xulq-atvoridir. 
Harakatsizlik harakatdan jismoniy jihatdan, ya’ni tana harakatlari va u 
bilan bog‘liq tashqi dunyo predmetlarini ishlatish, tabiat kuchlari va 
ne’matlaridan foydalanilmasligi bilan farq qiladi. 
NOTA BENE ! 
Jinoiy harakatsizlik – shaxsning bajarishi shart va mumkin bo‘lgan 
harakatni bajarmaslikda ifodalanadigan passiv xulq-atvoridir. 
Aniq harakat ijtimoiy jarayonning normal faoliyat yuritishini 
ta’minlovchi bo‘g‘inlar zanjiridagi zaruriy bo‘g‘indir. Mazkur bo‘g‘inning 
tushib qolishi, ya’ni harakatning sodir etilmasligi mazkur zanjirning 
162 


uzilishini va muvofiq ravishda zikr etilgan jarayonning buzilishini 
anglatadi. 
Jinoiy harakatsizlik muayyan harakatlarni sodir etishdan tiyilishdagi 
yagona harakatda yoki yuridik jihatdan zarur va obyektiv jihatdan muhim 
bo‘lgan harakatni bajarmaslikda ifodalanadigan passiv xulq-atvor tizimida 
namoyon bo‘ladi. Jinoiy harakatsizlik bo‘lishi uchun shaxs, jinoyat qonuni 
bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarni saqlash va mustahkamlash 
uchun talab qilinadigan harakatni bajarishi lozim va shunday imkoniyatga 
ega bo‘lishi kerak. 
Bundan kelib chiqib, harakatsizlikka xos bo‘lgan ikki obyektiv va 
subyekt mezonni belgilab olamiz. 
Obyektiv mezon – aniq ijtimoiy zarur harakatning uni bajarishi shart 
bo‘lgan shaxs tomonidan bajarilmasligi. Ijtimoiy zarur harakatlarni sodir 
qilish majburiyati nafaqat jinoyat-huquqiy normalarda, balki boshqa 
normalarda ham, shu jumladan, ijtimoiy normalarda ham belgilangan 
bo‘lishi mumkin. Ular quyidagilarda o‘z ifodasini topadi: 
– jinoyat qonuni, masalan JK 117-moddasida xavf ostida qoldirish 
uchun javobgarlik nazarda tutilgan; 
– boshqa qonun yoki normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan bo‘lib, 
JK Maxsus qismi blanket dispozitsiyali moddalarida nazarda tutilgan, 
masalan, JK 262-moddasida transportni ta’mirlash yoki uni foydalanishga 
chiqarish qoidalarini buzish uchun javobgarlik belgilangan; 
– shaxsning o‘z zimmasiga olgan ish yoki xizmat faoliyatiga oid 
majburiyat, xususan, uning kasb majburiyatlari, masalan, vrach kasalga 
tibbiy yordam ko‘rsatishi shart, agar u birinchi yordam ko‘rsatmasa, u JK 
116-moddasiga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortiladi; 
– shaxsning o‘zi shaxsni biron nojo‘ya holatga soluvchi va uning 
huquqlari va qonuniy manfaatlariga zarar yetkazmasligi uchun harakat 
qilishi majburiyati, bunda shaxs bu holatda o‘z ishini oxiriga yetkazishi 
shart, masalan, jarroh operatsiyani boshladimi, oxiriga yetkazishi shart, 
agar u operatsiyani oxiriga yetkazmasa, u shaxsga qarshi qaratilgan 
jinoyati uchun javobgarlikka tortiladi; 
163 


– ijtimoiy munosabatlar tizimida shaxs xulqini muvofiqlashtirib 
turuvchi umumijtimoiy normalar, masalan, ona o‘z emizikli bolasini 
parvarishlashi va boqishi shart va agar bu harakatsizligi bola o‘limiga 
sabab bo‘lsa yoki sog‘ligiga zarar yetkazsa, ona jinoiy javobgarlikka 
tortiladi. Bu holatda konkret harakat sodir qilish majburiyatining yo‘qligi 
jinoiy harakatsizlik uchun jinoiy javobgarlikka tortishga asosning 
yo‘qligidir. 
Muayyan harakatlarni bajarish majburiyati shaxsning zimmasida 
bo‘lmasa, shaxs jinoiy javobgarlikka tortilmaydi. 
Harakatsizlikning subyekt mezoni – shaxsning ma’lum holatlarda 
konkret harakatni sodir qilish uchun real imkoniyat mavjudligidir.
Biror shaxsning konkret harakat sodir qilish uchun real 
imkoniyatining yo‘qligi harakatsizlikning subyekt mezonini hamda 
harakatsizlikning o‘zini istisno qiladi. Bu imkoniyatning yo‘qligi 
shaxsning shaxsiy xususiyatlari bilan, xususan, uning tajribasi, ma’lumoti 
va shu kabilarning yo‘qligi bilan yoki obyektiv shartlar tufayli, masalan, 
tabiiy ofat tufayli izohlanishi mumkin. 
Agar bunday harakatni bajarish majburiyati boshqa bir harakatni 
bajarish majburiyati bilan chegaralansa, bunday qarama-qarshilik oxirgi 
zaruratga oid (JK 38-moddasi) qoidalar bilan tartibga solinadi. 
Biror-bir majburiyatni bajarishda imkoniyat bo‘lgani holda shaxsda 
ushbu majburiyatning vujudga kelishi harakatsizlikning boshlanishi 
hisoblanadi. Harakatsizlikning tugashi jinoiy oqibatlarning kelib chiqishi 
bilan baholanadi. 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin