Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə120/298
tarix10.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#110474
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   298
fc14ce6364e21ae42f7e44d6f4454c45 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HUQUQI K U R S I 1-TOM

Onglilik – qilmishni obyektiv tomondan tavsiflovchi belgisi sifatida 
shaxsning qilmishni sodir qilishni ongli nazorat qilishini, ya’ni shaxsda 
fiziologik va jismoniy jihatdan bunday nazoratni amalga oshirish 
imkoniyatining mavjudligini anglatadi. 
Qilmishni ongsiz ravishda sodir qilish, masalan, uyquda yoki refleks 
tana harakatlari orqali sodir qilish qilmishning jinoyat-huquqiy 
ahamiyatini, jinoiyligini istisno qiladi. 
Shu bilan birga, qilmishni ongsiz ravishda – mastlik holatida sodir 
etish – ongli ravishda qilmish sodir etish deb baholanadi, chunki u o‘z 
159 


ixtiyori va ongi bilan mastlik holatiga tushgan. Bu holat JK 56-moddasiga 
muvofiq, og‘irlashtiruvchi holat deb baholanadi va shaxs umumiy 
asoslarda jinoiy javobgarlikka tortiladi. 
Ixtiyoriylik – (qilmishni obyektiv tomonidan tavsiflovchi belgi) 
qilmishning ong nazorati ostida sodir qilinishida shaxsning qilmishni sodir 
qilmasdan boshqa xulqni tanlay olishi real imkoniyatining mavjudligidir. 
Ixtiyoriylik obyektiv belgi bo‘lib, u shaxsning u yoki bu xulqni tanlashida 
tashqi ta’sirlar ostida yuzaga kelgan yengilmas kuchlarning to‘siq 
bo‘lmasligida ifodalanadi. Bu holatda ixtiyoriylik subyekt belgilardan farq 
qiladi, zero ular ijtimoiy xavfli qilmish sodir qilishga qaratilgan ongning 
ayb shaklini ifodalaydilar. Noixtiyoriylik ham jinoyat sodir qilinishining 
salbiy belgisi, ya’ni u qilmishning o‘zini va uning jinoyat-huquqiy 
ahamiyatini inkor qiladi. 
Ehtiyotsizlik orqasida sodir qilingan jinoyatlarga ham irodalilik xos. 
Ehtiyotsizlik ortida sodir qilinadigan jinoiy harakatsizlikda kerakli ongli 
harakatning sodir qilinmasligi to‘g‘risida so‘z boradi. Bu holatda biror 
obyektga nisbatan shaxsning ruhiy xususiyatlari (e’tibori yoki ongi) 
qaratilishi imkoniyati va zarurati bor edi. Shu sababli, bu belgi 
harakatsizlikka ham xos. 
Bu belgining muhimligini ta’kidlar ekanmiz, qonun chiqaruvchi 
jismoniy yoki ruhiy zarurat (yoki majburiyat) ortida qonun bilan 
qo‘riqlanadigan huquq va manfaatlarga zarar yetkazish oxirgi zarurat 
ekanligi to‘g‘risidagi qoidalarni hisobga olgan holda hal qiladi. Buyruq 
yoki boshqa vazifani ijro etishda ixtiyoriylik belgisi haqidagi masala ham 
xuddi shunday hal etiladi. 
Bu to‘rt belgining birligi obyektiv tomonning elementi – qilmishning 
har ikki shakliga – harakat va harakatsizlikka ham xos. 
Harakat inson xulq-atvorining faol shaklini ifodalaydi. Umumiy 
tushunishga ko‘ra, bu obyektiv olamdagi o‘zgarishlarni keltirib 
chiqaradigan tana a’zolarining harakati, tashqi ko‘rinishidir. Jinoyat sodir 
qilinayotganda subyekt voqealar rivojini kutib o‘tirmaydi, balki kutilgan 
natijaga erishish uchun bevosita voqealar rivojiga ta’sir ko‘rsatadi. 
160 


Shunday qilib, qilmish xulqning ayrim ko‘rinishlaridan biri bo‘lib, ma’lum 
motivlardan kelib chiqadi va ma’lum maqsadlarga qaratilgan bo‘ladi. 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin