Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə115/298
tarix10.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#110474
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   298
fc14ce6364e21ae42f7e44d6f4454c45 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HUQUQI K U R S I 1-TOM

NOTA BENE ! 
Jinoyatning fakultativ obyekti – alohida olingan jinoyatning asosiy 
obyektiga (ba’zan qo‘shimcha) tajovuz qilishda zarar yetkazilishi mumkin 
yoki mumkin bo‘lmagan ijtimoiy munosabat turi. 
152 


Fakultativ obyekt jinoyat tarkibining zaruriy elementi emas va 
jinoyatni kvalifikatsiya qilishda ahamiyatga ega bo‘lmaydi. Ba’zi hollarda 
jinoyat sodir qilinganida unga zarar yetkaziladi, boshqa hollarda esa yo‘q, 
ya’ni biror-bir jinoyat sodir qilinganida obyektning bu turi mavjud bo‘lishi 
yo bo‘lmasligi ham mumkin. 
Fakultativ obyektga zarar yetkazish aybdorga jazo tayinlashda va 
yetkazilgan zararni qoplashda hisobga olinadi. 
3-§. Jinoyat predmeti 
Jinoyat obyekti ijtimoiy munosabat sifatida jinoyat predmetini nazarda 
tutadi. Jinoyat-huquqiy muhofaza obyektiga qaratilgan tajovuz bevosita 
jinoyat predmetiga ko‘chadi. 
NOTA BENE ! 
Jinoyat predmeti – jinoyat obyektiga nisbatan tajovuz qilishda aybdor 
shaxs to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir etadigan, u tufayli yoki uning uchun jinoyat 
sodir qilingan obyektiv olamdagi jonli yoki jonsiz moddiy narsalar. 
Har qanday jinoyat tarkibining zaruriy elementi bo‘lgan jinoyat 
obyektidan farqli ravishda jinoyat predmeti fakultativ belgi hisoblanadi. 
Masalan, tuhmat (JK 139-moddasi), haqorat qilish (JK 140-moddasi), 
dezertirlik (JK 288-moddasi) kabi jinoyatlarda jinoyat predmeti mavjud 
emas. Agar jinoyat predmeti JK Maxsus qismi tegishli moddalarida 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatilgan bo‘lsa jinoyat tarkibining zaruriy elementi 
vazifasini bajaradi va kvalifikatsiyaga ta’sir ko‘rsatadi. 
Masalan, kontrabanda (JK 246-moddasi), transport vositasini olib 
qochish (JK 267-moddasi) kabi jinoyat tarkiblarida jinoyat predmeti jinoiy 
javobgarlikka tortish bilan bevosita bog‘liq. 
Bunday holatlarda jinoyat tarkibining zaruriy elementi sifatida jinoyat 
predmeti ijtimoiy xavfli qilmishni kvalifikatsiya qilishda ahamiyatli rol 
o‘ynaydi. 
Jinoyat predmeti va jinoyat obyekti o‘rtasidagi farq shundaki, jinoyat 
predmeti har doim obyektiv olamdagi moddiy narsadir, masalan, transport 
153 


vositasi, hujjatlar, hayvonlar, o‘simliklar, jinoyat obyekti esa ijtimoiy 
kategoriya hisoblanadi. Agar jinoyat sodir etilishi natijasida jinoyat 
obyektiga zarar yetkazilsa yoki zarar yetkazish xavfi tu g‘ilsa, jinoyat 
predmeti esa jinoyat oqibatida butunlay yo‘q qilib yuborilishi (masalan, 
odam o‘ldirish, JK 173-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etishda 
o‘t qo‘yish) yoki o‘zgarishsiz qolishi (masalan, transport vositasini olib 
qochish yoki ashyoni o‘g‘irlash) va hatto o‘zining sifatini yaxshilashi 
mumkin. 
Jinoyat predmetini jinoyat obyektiv tomonining belgilari bo‘lmish 
jinoyat sodir etish quroli va vositalaridan farqlash lozim. Jinoyat predmeti 
jinoyat obyektiga tajovuz qilishda aybdor to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir 
ko‘rsatadigan narsadir. Masalan, o‘qotar qurol, o‘q-dorilar, portlovchi 
moddalar yoki portlatish qurilmalarini qonunga xilof ravishda egallash (JK 
247-moddasi) jinoyatida qurollar jinoyat predmeti hisoblanadi, uyushgan 
qurolli guruh tuzish (JK 242-moddasi 2-qismi) jinoyatida esa jinoyat sodir 
etish quroli hisoblanadi. Yoki masalan, transport vositasini olib qochish 
(JK 267-moddasi) jinoyatida avtomobil predmet bo‘lib hisoblanadi, 
o‘Qirlangan ashyoni tashishda esa jinoyat sodir etish vositasi hisoblanadi. 
Jinoyat predmetining ahamiyati katta. Bundan tashqari, jinoyat 
predmeti kvalifikatsiya qilishga ta’sir ko‘rsatishi mumkin, u yaqin bo‘lgan 
jinoyat tarkiblarini (masalan, kontrabanda va bojxona to‘g‘risidagi qonun 
hujjatlarini buzish) bir-biridan ajratish asosi sifatida xizmat qiladi va 
jinoyat oqibatida yetkazilgan zararning xususiyati va miqdorini aniqlashga 
yordam beradi. 
JK Maxsus qismi ayrim moddalarida jismoniy shaxs sifatida inson 
jinoyat predmeti sifatida nazarda tutiladi. Bunday hollarda jinoyatning 
jabrlanuvchisi haqida so‘z yuritish mumkin. Bunda subyekt tajovuz 
qaratilgan ijtimoiy munosabatga aylanadi. 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin