NOTA BENE !
Asosiy obyekt – JK moddasini tuzishda ushbu norma bilan maxsus
himoyalangan ijtimoiy munosabat turi.
NOTA BENE !
Qo‘shimcha obyekt – JK Maxsus qismi
tegishli moddalari bilan
qo‘riqlanadigan asosiy obyektga tajovuz qilish natijasida xavf ostida
qoladigan ijtimoiy munosabat turi.
Bunday chegaralash obyektning muhimlik darajasiga ko‘ra emas,
balki maxsus obyekt bilan bog‘liqligiga qarab amalga oshiriladi. JK 164-
moddasidagi bosqinchilik jinoyatida asosiy obyekt
mulk huquqini tashkil
etib, bu modda JK Maxsus qismining «o‘zgalar mulkini talon-toroj qilish»
deb nomlangan bobida joylashganligi uchun qo‘shimcha obyekt bo‘lib,
shaxs, uning hayoti va sog‘liqi hisoblanadi.
Yoki, masalan, JK 104-moddasi 3-qismi «d» bandida nazarda tutilgan
jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast
yetkazish jinoyatida tajovuz ikkita obyektga qaratiladi:
shaxsning
sog‘liqini ta’minlovchi ijtimoiy munosabat va shaxsning hayotini
ta’minlovchi ijtimoiy munosabat. Bu obyektlarga
nisbatan tajovuzning
bo‘lmasligi moddaning aynan shu qismi va shu bandidagi jinoyat tarkibini
istisno qiladi. Jabrlanuvchining o‘limi bir tomondan qo‘shimcha obyekt,
ikkinchi tomondan aybdorning ijtimoiy xavfli qilmishi oqibati hisoblanadi.
Qo‘shimcha obyekt qilmishning kvalifikatsiyasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri
ahamiyatga ega. Masalan, bosqinchilik jinoyatining qo‘shimcha
obyekti
uni mulkka qarshi qaratilgan jinoyatning boshqa bir turi – talonchilikdan
farqlash imkoniyatini beradi.
Dostları ilə paylaş: