Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə121/298
tarix10.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#110474
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   298
fc14ce6364e21ae42f7e44d6f4454c45 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HUQUQI K U R S I 1-TOM

Jinoiy harakatni tahlil qilish uchun uning tashqi ifodasi, shakllariga 
e’tibor qaratish lozim.
Har qanday qilmish – harakatlanish ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. 
Ya’ni, bu harakatlar insonning ichki yo‘nalishlarini, fikrining harakatini 
ifodalaydi (imo-ishora, so‘zlar). Ammo tashqaridan ayrim tana 
harakatlarida ifodalanadigan jinoiy harakat ular bilan cheklanib qolmaydi. 
Jinoiy harakat harakatlar jamini qamrab oladi, shu bilan birga ahamiyatiga 
ko‘ra, bir xil harakat har xil harakatlanishlar bilan sodir qilinishi mumkin. 
Masalan, hujjatlarni qalbakilashtirishni aybdor uni o‘chirish, tuzatish 
kiritish, boshqa matn yozish va sh.k. usullarda sodir qilishi mumkin, bunda 
jinoyat sodir qilish aybdorning individual imkoniyatlari, ishlatilishi 
mumkin bo‘lgan qurol va usulga bog‘liq. 
Jinoiy harakat tashqi jihatdan imo-ishora shaklida (masalan, haqorat 
qilishda), biron so‘z aytish orqali (masalan, qo‘rqitishda) yoki ko‘plab 
hollarda boshqa shaxs yoki atrofdagi turli predmetlarga jismoniy ta’sir 
qilishda (masalan, davlat mulkini o‘zlashtirishda yoki odam o‘ldirishda 
miltiq tepkisini bosishda) ifodalanadi. 
Imo-ishora va so‘z shaklidagi harakat – jabrlanuvchi ongiga ta’sir 
qilsa, tashqi muhit predmetlariga ta’sir qilish shaklidagi harakat ularning 
sifat va xususiyatlariga, ularning joylashuviga hamda boshqa predmet va 
tashqi borliq bilan o‘zaro aloqasiga ta’sir qiladi va shunday yo‘sinda 
boshqa odamlarga ham, ularning xulqiga ham ta’sir qiladi. 
Ijtimoiy xavfli harakat murakkab xususiyatga ega va JKda jinoiy 
faoliyat, soxta tadbirkorlik va soxta bankrotlik ko‘rinishida ifodalanadi. 
Qasddan sodir qilinadigan jinoyatlarda ijtimoiy xavfli qilmishning 
boshlang‘ich holati jinoyat sodir etishga shart-sharoit yaratishga qaratilgan 
tana harakatlarining tashqi ko‘rinishida ifodalanadi. Ehtiyotsizlikdan sodir 
qilinadigan jinoyatlarning boshlang‘ich vaqti obyektga nisbatan zarar 
yetkazilganda yoki shunday zarar yetkazish xavfi vujudga kelganida 
namoyon bo‘ladi. Bu shunda ifodalanadiki, JKda belgilanishicha, 
ehtiyotsizlikdan sodir etiladigan jinoyatlar zarar yetkazish bilan bog‘liq. 
161 


Shunday qilib, alohida olingan tana harakatlarining birligi jinoyat 
tarkibini tashkil qilishi mumkin, lekin bu alohida olingan tana harakatining 
jinoyat-huquqiy ahamiyatini istisno etmaydi. 
Har qanday qilmishning jismoniy belgilari shulardan iboratdir. 
(Ijtimoiy belgilar mazkur tom III bobining «Jinoyat belgilari» deb 
nomlangan 2-§ da ko‘rib chiqilgan.) 
Jinoyat huquqida qilmish deganda, faqatgina tana harakatlari 
tushunilmasdan, balki jinoyat vositasi sifatida boshqa shaxslardan 
foydalanish ham tushuniladi. Shu bilan birga tana harakatlari orqali tashqi 
dunyo predmetlaridan, tabiat kuchlari va ne’matlaridan ham foydalanish 
mumkin. 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin