VI BOB. JINOYATNING OBYEKTIV TOMONI
1-§. Jinoyatning obyektiv tomoni tushunchasi
va ahamiyati
Har qanday jinoyat – inson xulq-atvorining tashqi ko‘rinishi, ya’ni
ong va iroda nazorati ostida sodir qilinadigan harakat yoki harakatsizlik
ko‘rinishidagi qilmishdir.
JK Maxsus qismi norma va qoidalari o‘rganilganda, jinoyat
tarkibining ko‘rib chiqilayotgan elementiga xos tomonlarni ko‘rish
mumkin:
–
birinchidan, obyektiv tomon jinoyat-protsessual tartibda isbot
qilinadigan va o‘rnatiladigan, jinoyat obyektiga
qarshi qaratilgan tajovuzni
ta’riflaydigan jinoyatning belgilari majmuini ifodalovchi shaxs
qilmishining tashqi ko‘rinishi;
–
ikkinchidan, obyektiv tomonni ifodalaydigan belgilar (holatlar)
ijtimoiy ahamiyatli hisoblanadi va qilmishning ijtimoiy xavfliligi hamda
darajasini bildirib turadi;
–
uchinchidan, bu belgilar umumiy ifodaga ega, ya’ni real voqelikda
sodir qilinadigan jinoyatlardan kelib chiqadi;
– to‘rtinchidan, jinoyat tarkibining obyektiv tomoni yuridik
ahamiyatga ega, chunki u jinoyat qonunida va boshqa normativ-huquqiy
hujjatlarda blanket dispozitsiya sifatida nazarda tutiladi.
Dostları ilə paylaş: