Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə125/298
tarix10.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#110474
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   298
fc14ce6364e21ae42f7e44d6f4454c45 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HUQUQI K U R S I 1-TOM

NOTA BENE ! 
Moddiy tarkibli jinoyat obyektiv tomonining zaruriy belgilaridan yana 
biri – sababiy bog‘lanish – sababni ifodalovchi ijtimoiy xavfli qilmish 
hamda natijani ifodalovchi ijtimoiy xavfli oqibat o‘rtasidagi aloqadir. 
Hozirgi zamon milliy jinoyat qonunchiligi va sud amaliyoti sodir 
etilgan ijtimoiy xavfli qilmish bilan ijtimoiy xavfli oqibat o‘rtasidagi 
sababiy bog‘lanishning obyektivligidan kelib chiqadi. Boshqacha 
aytganda, qilmish bilan oqibat o‘rtasida har doim obyektiv ketma-ketlik 
mavjud bo‘ladi. Bunday yondashish moddiy tarkibli jinoyatlarning zaruriy 
167 


belgisi bo‘lmish sababiy bog‘lanishning mohiyatini ochib berishga yordam 
beradi. 
Sababiy bog‘lanish uchun bir qator belgilar xosdir. 
Birinchidan, sababiylik – obyektiv kategoriya va shaxsning qilmishga 
va oqibatga bo‘lgan subyekt munosabatidan holi ravishda o‘rganilishi 
kerak. 
Ikkinchidan, jinoyat huquqidagi sababiy bog‘lanish hodisalar 
o‘rtasidagi umumiy universal sababiy aloqaning qismidir va bunda 
ijtimoiy xavfli oqibat haqiqatda qilmish natijasida yuzaga kelganligini 
aniqlash kerak hamda bu qilmishni oqibat keltirib chiqarishi mumkin 
bo‘lgan boshqa har qanday holatlardan ajratib olish kerak. 
Uchinchidan, sabab doim oqibatdan oldin kelishi kerak. Oqibatdan 
keyin sodir etilgan qilmish ushbu oqibatning sababi bo‘la olmaydi. Bunda 
sabab va oqibat o‘rtasidagi vaqt muddatining qanchaligi hisobga 
olinmaydi. Bu masala qasdning mazmuni va yo‘nalishi bilan belgilanadi. 
To‘rtinchidan, zaruriy sababiy bog‘lanishgina jinoyat-huquqiy 
ahamiyatga ega («zaruriy yetkazish» nazariyasi)
1
. Bu shuni anglatadiki, 
qilmish oqibat kelib chiqishining zaruriy sharti bo‘lgan taqdirdagina 
sababiy bog‘lanish mavjud bo‘ladi, ya’ni bu qilmishsiz oqibat vujudga 
kelishi mumkin emas. Boshqa tomondan oqibat kelib chiqishiga boshqa 
biror sabab emas, aynan shu qilmish hal qiluvchi shart bo‘lgan bo‘lishi 
kerak
2

Moddiy tarkibli jinoyatlarda qilmish va oqibat o‘rtasidagi sababiy 
bog‘lanishni tushunish uchun quyidagi holatlarni aniqlash talab etiladi: 
– qilmish va oqibatning ijtimoiy xavfli va huquqqa xilof bo‘lganligi; 
– sodir qilingan qilmish tufayli o‘sha oqibat kelib chiqqanligi; 
– tugallanmagan jinoyatda qilmish tugallangan jinoyat tarkibining 
obyektiv tomoni zaruriy belgisi – nomoddiy oqibat yoki boshqacha 
tarzdagi oqibat keltirib chiqarishi xavfini yuzaga keltirganligi; 
1
Впервые данная теория была обоснована А.А. Пионтковским. (Пионтковский А.А. Проблема причинной 
связи в праве. – М.: 1949. – С. 135; его же. Учение о преступлении. – М.: 1961. – С. 212-240). 
2
Отечественная наука уголовного права не признает принципа «condition sine qua non» - «условие без 
которого нет», согласно которому все предшествующие условия наступившего результата признаются 
равноценными, в связи с чем каждое из них рассматривается как причина наступившего последствия. 
168 


– bir necha oqibat yuzaga kelganida ushbu qilmish har bir oqibatning 
sababi bo‘lganligi yoki boshqa oqibatlarni keltirib chiqargan bir oqibatning 
sababi bo‘lganligi va boshqalar.
Bundan xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, sababiy bog‘lanish – 
ikkita holat o‘rtasidagi aloqa bo‘lib, bu holatlardan biri (sabab) ikkinchi 
holatni yuzaga keltiradi. 
Sababiy bog‘lanish jinoyat tarkibi obyektiv tomonining zaruriy belgisi 
bo‘lishi uchun quyidagi hollarda shakllangan bo‘lishi lozim: zarar kelib 
chiqishi real imkoniyati yuzaga kelganidan, to uni haqiqatga 
aylantirilgunga qadar bo‘lgan davrda mavjud bo‘lganda. Ijtimoiy zararli 
oqibat keltirib chiqaruvchi real imkoniyatni yuzaga keltirmaydigan harakat 
yoki harakatsizlik natijani keltirib chiqarmaydi va jinoiy javobgarlikni ham 
keltirib chiqarmaydi. Ammo obyektiv tasodif (ham ichki, ham tashqi) 
tufayli bunday real imkoniyatlar haqiqatga kirib ketishi mumkin. Shuning 
uchun aybdorning qilmishi va shu qilmish natijasi – oqibatning bog‘liqligi 
– sababiy bog‘lanish isbotlash jarayonining zaruriy bosqichidir. 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin