(irodaviy jihat); o‘zining his-tuyg‘ularini bildirish, emotsional
reaksiyalarini yoki holatini ko‘rsatishda aniq ko‘rinishda ifodalanadi.
Aybning
intellektual elementi barcha yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan
sodir qilinayotgan qilmishning obyektiv xususiyatini: tajovuz qilinayotgan
obyekt yoki predmetning o‘ziga xos xususiyatlari, harakat yoki
harakatsizlikning xarakterini, xavfli oqibatlarning va boshqalarning
og‘irlik darajasi va xarakterini anglash yoki anglash imkoniyatini o‘z
ichiga oladi.
Aybning
irodaviy elementi ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etish
natijasida real borliqdagi o‘zgarishlarga bo‘lgan jinoyat subyekti
irodasining munosabatini ifodalaydi.
Jinoyat subyekti ruhiyatida kechadigan intellektual va irodaviy
jarayonlarning o‘zaro bog‘liqligi (birikma)dan kelib chiqqan holda,
ko‘rinishidan bir xil bo‘lgan shakl doirasida ayb shakllarga bo‘linadi.
Dostları ilə paylaş: