Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə136/298
tarix10.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#110474
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   298
fc14ce6364e21ae42f7e44d6f4454c45 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HUQUQI K U R S I 1-TOM

NOTA BENE ! 
Aybning darajasi jinoyat subyektining jinoyat holatlariga bo‘lgan 
munosabatining shakli va tarkibi majmui bilan aniqlanadi hamda ijtimoiy 
qilmish darajasi bilan belgilanadi. Bular quyidagilardan iborat: ruhiy 
munosabat xususiyatlari, jinoyatning motiv va maqsadi, shaxsni 
xarakterlaydigan holatlariga oid jinoiy qasd va ehtiyotsizlikning kelib 
chiqishiga turtki bo‘lgan sabab va shart-sharoitlar. 
Masalan, qasddan sodir etilayotgan jinoyatda, aybdor obyektga 
tajovuz qilishida o‘zining munosabatini ongli ravishda aniq ko‘rinishlarda 
namoyon qiladi, ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilgan jinoyatda esa bunday 
ko‘rinish bo‘lmaydi. Binobarin, aybning darajasi qasddan sodir etiladigan 
jinoyatlarda ehtiyotsizlik oqibatida sodir etiladigan jinoyatlarga qaraganda 
ancha yuqori bo‘ladi. 
Qasdning va ehtiyotsizlikning ko‘rinishlarini qiyoslash birmuncha 
qiyinroq. Agar to‘g‘ri qasd bilan egri qasdni bir xil sharoitlarda 
baholaydigan bo‘lsak, har doim to‘g‘ri qasdning egri qasdga nisbatan 
xavfliroqligini ko‘ramiz. Shuningdek, bir kishining o‘lishini istagan 
odamga qaraganda, bir necha kishining o‘lishini istagan odam xavfliroq, 
yong‘in bo‘layotgan uyda kasal odamni ongli ravishda qoldirish, kasal 
odamni yoqib yuborish yo‘li bilan o‘ldirishga qaraganda xavfliligi kamroq. 
Qasdning ko‘rinishi jinoyat xavfliligiga ta’sir etuvchi faktor sifatida 
qasddan odam o‘ldirish jinoyatining subyekt belgilari qatoriga qo‘yilishi 
tasodif emas. Bu, umuman olganda, hamma qasddan sodir etiladigan 
jinoyatlarga tegishli. Shuningdek, beparvolik orqasida sodir etilgan 
jinoyatga qaraganda, o‘z-o‘ziga ishonish orqasida sodir etilgan jinoyat har 
doim xavfliroq bo‘lgani kabi jinoyatlarning ehtiyotsizlik orqasida sodir 
etilishining ko‘rinishlarini ham belgilash joiz bo‘ladi. 
185 


o‘z-o‘ziga ishonishda aybdor o‘zining o‘ylamasdan qilinadigan 
harakatidan to‘xtatib qoluvchi kontrmotivni yengib chiqishi talab etiladi, 
aybdor nafaqat qilmishining yomon oqibatlaridan o‘zini tiyishni, balki yuz 
bergan holatni va uning oqibatlarining hamma detallarini diqqat bilan 
baholashni ham o‘z zimmasiga olmaydi. Aybdorning qilmishiga nisbatan 
bunday munosabati, ya’ni uning kelib chiqishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy 
xavfli oqibatlarni ko‘ra olmasligi beparvolikka qaraganda ancha 
xavfliroqligi turgan gap. 
Shakli va ko‘rinishiga qaramay aybning darajasiga aybdorning 
psixikasidagi intellektual va ruhiy jarayonlarning tarkibiy xususiyatlari 
ta’sir etadi. Ongning hajmi va aniqligi, oldindan ko‘ra bilish xususiyati, 
oldindan o‘ylab qo‘yishlik, maqsadga erishishda qat’iylik qasddan sodir 
etilgan aybning darajasiga jiddiy ta’sir qilishi mumkin. Xolatni 
baholashdagi o‘z-o‘ziga ishonishning darajasi, oqibatlarni oldindan ko‘ra 
bilishning va ko‘ra olmaslikning xususiyati hamda sababi ehtiyotsizlik 
natijasidagi aybning darajasi oshishiga yoki pasayishiga ta’sir etishi 
mumkin. 
Muayyan shaxs tomonidan jinoyat sodir etilishida aybning darajasi 
uning aybdorning mo‘ljali chegarasini xato ko‘rishidagi bevosita ko‘rinishi 
hisoblanadi. Shuning uchun undan aybdorga tayinlanayotgan jazoning 
xususiyati va miqdori, huquqbuzarning mo‘ljalidagi ijtimoiy defektlarni 
bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan, jinoiy-huquqiy majburlashning o‘lchovi 
to‘g‘ri bog‘langan holda bo‘ladi. 
Sud-tergov amaliyotida ayb va jinoiy javobgarlik masalasining hal 
etilishida shaxsning holati va ruhiy xususiyati, uning o‘ziga xosligi va 
jihatlari, unda kechayotgan psixologik jarayonlar shaxsning ongida qilmish 
mohiyatining to‘g‘ri ko‘rinishiga ta’sir etishi mumkin. Xususan, zaruriy 
mudofaaning chegarasidan chetga chiqish masalasini hal etishda 
javobgarlik faqat tajovuzning xavfliligi va mudofaaning xususiyatiga 
mutlaqo mos kelmasligidan boshlanadi. Bu holat shuni ko‘rsatadiki, 
zaruriy mudofaada, qoida bo‘yicha, shaxs to‘satdan jinoiy tajovuz bilan 
to‘qnashadi, uning nerv sistemasida birdan keskin qo‘zg‘alish, emotsional 
chayqalish paydo bo‘ladi. Bunday holatda shaxs har doim ham zaruriy 
186 


mudofaa qilishda tajovuzning xususiyati va xavflilik darajasini o‘zining 
zaruriy mudofaa qilish uchun harakatlari (ularning kuchlari, intensivligi, 
foydalanilgan vositalar) bilan taqqoslay olmaydi hamda unga to‘g‘ri baho 
bera olmaydi
1


Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin