to‘g‘ri ko‘rsatiladi yoki nazarda tutiladi (masalan, JK 97-moddasi –
qasddan odam o‘ldirish). Oxirgi vaziyatda aybning qasd shakliga
qonunchilikda ko‘rsatilgan xususiyat (o‘g‘rilik, talonchilik, nomusga
tegish, tuhmat, pora olish yoki berish va h.k.) yoki qonunchilikda
ko‘rsatilgan qilmishning ayni bir maqsadi yoki sodir qilinayotgan
qilmishning o‘zboshimchaligi va noqonuniyligi yo bo‘lmasa, jinoyat
tarkibiga qilmishning maxsus motivini kiritish ko‘rsatiladi.
Ehtiyotsizlik, asosan, dispozitsiyada ko‘rsatilgan, o‘z vazifalarini
bajarmaslik yoki
lozim darajada bajarmaslik, harakatsizlik (agar bunday
harakat qandaydir maqsad yoki motivni tug‘dirgan bo‘lmasa) kabilarda
aniq ifodasini topadi.
Shunday qilib, aybning ichki tuzilishi bilan bog‘langan aybning shakli
va boshqa elementlari (irodaviy va intellektual elementlari), shaxsning
o‘zini o‘rab turgan real voqelikka bo‘lgan ruhiy munosabatini belgilovchi
aybning mohiyatini tashkil etadi. Boshqacha
aytganda, aybning ijtimoiy-
huquqiy mohiyati, jinoyat qonunchiligi bilan taqiqlangan aybli ijtimoiy
xavfli qilmishni jazo qo‘llash tahdidi bilan jinoyat sifatida aniqlashiga
tayanadi. Bunday mohiyat, ayb o‘zida shaxs o‘zi qilgan har qanday
qilmishlari va uning oqibatlari uchungina ruhiy munosabatini namoyon
etmaydi, balki u faqat jazo qo‘llash tahdidi bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy
xavfli, ya’ni Jinoyat kodeksi bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlar
uchun xavfli qilmishlarni namoyon etadi. Aybdor shaxs jinoyat sodir eta
turib, qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida davlat tomonidan o‘rnatilgan
qadriyatlarga nisbatan o‘zining salbiy ichki munosabatini namoyon etadi.
Aybning ijtimoiy mohiyati, salbiy (qasddan sodir etiladigan tajovuzlar
uchun xarakterli) yoki e’tiborsizlik yoki kam e’tiborli (ehtiyotsizlik
orqasida sodir etiladigan jinoyatlarga xarakterli bo‘lgan) qasd yoki
ehtiyotsizlik orqasida ijtimoiy xavfli qilmishni
sodir etishda asosiy
qadriyatlarga nisbatan ruhiy munosabatning namoyon bo‘lishida ko‘rinadi.
Sud-tergov amaliyoti nuqtai nazaridan ayb tasdiqlanishi qiyin bo‘lgan
konkret va aniq bo‘lmagan kategoriya hisoblanadi. Shu bilan birga ayb
jinoiy tajovuzlarni, ularning ijtimoiy xavfliligi, zararliligi va huquqqa
xilofliligini ifodalovchi o‘ziga xos miqdoriy o‘lchovlariga ega. Shunday
184
aybni ifodalovchi asosiy ko‘rsatkichlardan biri darajadir. Aybning
mohiyati tushunchasi kabi ayb darajasi tushunchasi ham jinoyat
qonunchiligida nazariy xarakterga ega. Bundan tashqari, sud va dastlabki
tergov uchun ayb darajasini aniqlash amaliy ahamiyat kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: