3-§. Qasd va uning turlari Aybning qasd ko‘rinishi aybning ehtiyotsizlik shakliga qaraganda
ancha ko‘proq tarqalgan turi bo‘lgani uchun qonun chiqaruvchilar
tomonidan ko‘proq ko‘rib chiqiladi. Qasd ehtiyotsizlikka qaraganda ancha
xavfliroq, xususan, qonun chiqaruvchilar tomonidan og‘ir va o‘ta og‘ir
jinoyatlarga faqat qasddan sodir etilgan jinoyatlar kiritilganligi shu bilan
tasdiqlanadi (JK 15-moddasi 5- va 4-qismlari).
Qonunchilik JK 21-moddasida qasdning holatini moddiy va formal
tarkibli jinoyatlarda ko‘radi. Xususan, formal tarkibli jinoyatni
kvalifikatsiya qilishda aybdorning qasdi ijtimoiy xavfli qilmishni qamrab
oladi. Moddiy tarkibli jinoyatlarda esa, aybdor muayyan jinoiy oqibatning
kelib chiqishini tushunib yetishi va unga yo‘l qo‘yib berishi zarur.
Qasdning tarkibi aniqligi va maqsadga qaratilganligi jinoyatni to‘g‘ri
kvalifikatsiya qilishning dastlabki zaruriy sharti hisoblanadi.
Qasdning tarkibini intellektual tomon, maqsadga qaratilganlikni esa, irodaviy tomon ifodalaydi. Agar tarkib shaxsning o‘z harakatini
(harakatsizligini) ijtimoiy xavflilik darajasini anglab yetishi qobiliyatida
ifodalansa, moddiy tarkibli va oqibatlarni oldindan ko‘ra bilganida esa,
aybdorni maqsadga yo‘naltirilganlik, muayyan obyektga tahdid soluvchi
va ma’lum zarar yetkazuvchi (moddiy tarkibli), yengillashtiruvchi va
og‘irlashtiruvchi holatlarni borligini ifodalovchi qilmishni sodir etishga
yo‘naltiradi (formal tarkibda). Masalan, mushtlashuv jarayonida pichoq
bilan tan jarohati yetkazishda ko‘p hollarda qilmish qasddan sodir etiladi.
Biroq bu qilmishni kvalifikatsiya qilishda birgina faktning o‘zi yetarli
emas: jinoyatning tarkibi va maqsadga yo‘naltirilganligini hisobga olgan
1
См.: Постановление Пленума Верховного суда Республики Узбекистан от 20 декабря 1996 г. № 39 «О
применении судами законодательства, обеспечивающего право на необходимую оборону от общественно
опасных посягательств» (с изменениями и дополнениями, внесенными постановлением Пленума Верховного
суда Республики Узбекистан от 14 июня 2002 г. № 10) // Сборник. Т. I. – С. 326.
187
holda buni bezorilik yoki tan jarohati yetkazish yoki odam o‘ldirishga
suiqasd qilish yo bo‘lmasa zaruriy mudofaa holatida sodir etilgan deb
baholash mumkin.