JK 21-moddasi 1-qismida qonun chiqaruvchi formal tarkibli
jinoyatning tugallangan vaqtidan, ya’ni ijtimoiy xavfli qilmishning
obyektiv sodir etilishiga qarab qasdning tarkibini ochib beradi. Keltirib
o‘tilgan normaga asosan: «Ushbu Kodeks moddasida jinoyat tamom
bo‘lgan payt ijtimoiy xavfli qilmish bajarilgan vaqt deb hisoblangan
bo‘lib, uni sodir etgan shaxs o‘z qilmishining ijtimoiy xavflilik
xususiyatini anglagan va shunday qilmishni sodir etishni istagan bo‘lsa,
bunday jinoyat qasddan sodir etilgan deb topiladi». Qandaydir oqibat kelib
chiqadimi yoki yo‘qmi, undan qat’i nazar, shaxs aybdor deb topiladi va
javobgarlikka tortiladi.
Formal tarkibli jinoyatlarda qasd turlarga bo‘linmaydi, boshqacha
aytganda, ayb faqat to‘g‘ri qasdli bo‘ladi.
Formal tarkibli jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishda shaxsning o‘z
harakati yoki harakatsizligining ijtimoiy xavflilik xususiyatini anglab
yetishi (intellektual holat) hamda shunday harakatlarni sodir etishni yoki
harakatsizlik (irodaviy holat)ni istashi kabi faktlar muhim hisoblanadi.
Bu yerda qonun chiqaruvchi tomonidan tajovuzning ijtimoiy xavfli
oqibatlari huquqiy xususiyat doirasidan tashqarida qoldiriladi va sud
tomonidan tayinlanadigan jazoning turi va miqdoriga ta’sir etsa ham
subyektning aybdorligini belgilash vaqtida ahamiyat kasb etmaydi.
Intellektual holat shaxs tomonidan o‘zi sodir etgan u yoki bu
qilmishining ijtimoiy xavflilik xususiyatini anglashi bilan bog‘liq
jarayonlarni o‘zi ichiga oladi.
Shaxs tomonidan qilmishning ijtimoiy xavflilik xususiyatini
anglash, birinchidan, qilmishning haqiqiy mohiyatini, ikkinchidan, uning
ijtimoiy ahamiyatini bilishni bildiradi. Anglash, tajovuz qaratilgan
manfaat, qadriyatlarning xususiyati to‘g‘risida tasavvur mavjudligi, ya’ni
jinoyatning obyekti, qilmishning mohiyati, uning vositasida tajovuz
amalga oshiriladigan hamda boshqa jinoyat sodir etishdagi faktik holatlar
(vaqt, usul, holat)ni namoyon etadi. Bu jarayonlar hammasining aks etishi
188
aybdorning ongida unga jinoyat qonunchiligi bilan qo‘riqlanadigan
ijtimoiy manfaatlarga qilmishning obyektiv yo‘naltirilganligini, ya’ni
ijtimoiy xavfni anglash imkonini beradi. Ijtimoiy xavf ostida qilmishning
haqiqiy belgilaridan tashqarida yotuvchi qandaydir mustaqil elementi
emas, balki barcha obyektiv belgilarini yuzaga keltiruvchi qilmishning
yaxlit tarkibi nazarda tutiladi. Shuning uchun ijtimoiy xavfni anglash,
qilmish faktik belgilarining ijtimoiy tarkibini anglashga olib boradi.
Jinoyat subyektining o‘zini ifodalovchi belgilarini anglash qasdning
tarkibiga kirmaydi. Masalan, agar 13 yoshli shaxs odam o‘ldirganlik uchun
og‘irlashtiruvchi holatlarda javobgarlikka tortiladi, hattoki u xuddi shu
jinoyat uchun javobgarlik 14 yoshdan kelib chiqadi deb o‘ylagan bo‘lsa
ham. Bundan tashqari, qasd maxsus subyektning belgilarini anglashni o‘z
ichiga olib, ular aybdorga yuklatilgan maxsus majburiyatlarni buzganlik
bilan bog‘langan bo‘lib, jinoyatning maxsus belgilari hisoblanadi
(masalan, mansabdorlik jinoyati).
Qilmishning ijtimoiy xavfliligini uning huquqqa xilofliligi bilan
tenglashtirib bo‘lmaydi, ya’ni shaxs o‘zi sodir etgan qilmishi jazo qo‘llash
tahdidi bilan qonun tomonidan taqiqlanganligidan va bu uchun
javobgarlikdan umumiy tarzda bo‘lsa ham xabardor bo‘lishi kerak. Ko‘p
hollarda jinoyatlar huquqqa xilofliligi anglangan holda sodir etiladi. Biroq
qonunchilik sodir etilayotgan qilmishning huquqqa xilofliligini anglashni
ayb shaklining tarkibiga kiritmaydi, shuning uchun sodir etilgan
qilmishning huquqqa xilofliligini aybdor anglab yetmagan hollarida,
hattoki qonunchilik ignorantia legis neminem excusat
1
tamoyilini nazarda
tutsa ham, jinoyat qasddan sodir etilgan deb topiladi.
Formal tarkibli jinoyatlarda qasdning intellektual tomonini
qilmishning ijtimoiy xavfliligi va uning ijtimoiy ahamiyati tashkil etadi.
Yuqorida keltirib o‘tilgan jinoyatlar tarkibini kvalifikatsiya qilishda, sud-
tergov xodimlarining birinchi galdagi vazifasi aybdorning ruhiy
ko‘rinishini, ya’ni sodir etilayotgan qilmishning ijtimoiy xavfli
xususiyatini belgilashdir, chunki formal tarkibli jinoyatlarda aybdorning
qasdi muayyan ijtimoiy xavfli oqibatni keltirishni istash yoki uning kelib
1
Незнание закона никого не извиняет (лат.).
189
chiqishini oldindan ko‘ra bilishni qamrab olishining zarurati bo‘lmaydi.
Formal tarkibli jinoyatlarni sodir etishda qasdning irodaviy holati
birmuncha moddiy tarkibli jinoyatlar bilan taqqoslashda chegaralangan va
faqat u ijtimoiy xavfli qilmishning o‘ziga, ya’ni uning sodir etilishiga
bo‘lgan irodaviy munosabat bilan tugallanadi.
Dostları ilə paylaş: |