Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə124/298
tarix10.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#110474
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   298
fc14ce6364e21ae42f7e44d6f4454c45 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HUQUQI K U R S I 1-TOM

Qonunda belgilanishiga qarab: 
– JK Maxsus qismi moddasi dispozitsiyasida aniq belgilangan oqibat, 
masalan, JK 102-moddasi 1-qismi – ehtiyotsizlik orqasida odam o‘ldirish 
yoki JK 173-moddasi 1-qismi – mulkni qasddan nobud qilish yoki unga 
zarar yetkazish; 
baholanuvchi oqibat, ya’ni qonun yoki boshqa normativ-huquqiy 
hujjatlarda bunday zararning aniq soni ko‘rsatilmagan bo‘lib, ular huquqni 
tatbiq qiluvchi organlar tomonidan qilmish sodir bo‘lgan faktik holatlardan 
kelib chiqib belgilanadi, bunga misol qilib, jinoyat-huquqiy normalarda 
belgilangan «ancha miqdordagi zarar» yoki «boshqacha og‘ir oqibatlar» 
degan iboralarni ko‘rsatishimiz mumkin. 
Kvalifikatsiya uchun ahamiyatliligiga qarab: 
majburiy, ya’ni bunday oqibatlarning bo‘lishi shart, masalan, 
ayolni o‘z homilasini sun’iy ravishda tushirishga majburlash (JK 115-
moddasi); 
166 


– qo‘shimcha oqibatlar, masalan, JK 104-moddasida nazarda tutilgan 
qasddan badanga og‘ir shikast yetkazishning oqibatlari JK 164-moddasi 3-
qismi «g» bandi bilan qamrab olinadi va bu holatda 104-modda bilan 
qo‘shimcha kvalifikatsiya talab qilinmaydi. 
Moddiy tarkibli jinoyat JK Maxsus qismi moddasi dispozitsiyasida 
nazarda tutilgan oqibat kelib chiqishi bilan tugagan hisoblanadi. Bungacha 
jinoyat jinoyatga tayyorgarlik yoki jinoyatga suiqasd qilish bosqichida deb 
kvalifikatsiya qilinadi. 
Moddiy tarkibli jinoyatlardan farqli ravishda, formal tarkibli jinoyatlar 
qilmish sodir qilingan daqiqadan tugagan hisoblanadi, chunki JK Maxsus 
qismi formal tarkibli jinoyat dispozitsiyalarida oqibat ko‘rsatilmagan, shu 
sababli bu jinoyatlar uchun oqibat kelib chiqishi talab etilmaydi. 
4-§. Qilmish va oqibat o‘rtasidagi sababiy bog‘lanish 
Moddiy tarkibli jinoyatning yana bir zaruriy sharti qilmish va oqibat 
o‘rtasidagi sababiy bog‘lanishdir. 
Ta’kidlash joizki, jinoyat qonuni bilan sababiy bog‘lanish 
aniqlanmagan. JKda sababiy bog‘lanishni ifodalovchi oddiy atama 
«yetkazish» hisoblanadi (masalan, JK 104-moddasida). Lekin JK 
moddalarining ayrim dispozitsiyalarida «yuqtirish» (JK 113-moddasi 2-, 3- 
va 4-qismlari), «nobud qilish yoki zarar yetkazish» (JK 173-moddasi) kabi 
atamalar ham uchrab turadi. 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin