Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


-§. Jinoyatning obyektiv tomoni fakultativ belgilari va ularning



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə126/298
tarix10.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#110474
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   298
fc14ce6364e21ae42f7e44d6f4454c45 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HUQUQI K U R S I 1-TOM

5-§. Jinoyatning obyektiv tomoni fakultativ belgilari va ularning 
ahamiyati 
Jinoyat tarkibi obyektiv tomonining fakultativ belgilari quyidagilar: 
jinoyat sodir qilish joyi, vaqti, holati, usuli, quroli va vositasi kabilardir. 
Ular nazariy jihatdan fakultativdir. Ammo amaliyotda ular jinoyatni 
ochish, kvalifikatsiya qilish uchun muhim ahamiyatga ega. Bu belgilar 
qonunda bevosita ko‘rsatilgan bo‘lsa, ular zaruriy belgi bo‘lib hisoblanadi. 
NOTA BENE ! 
Jinoyat sodir qilish joyi – bu jinoyat sodir qilingan chegaralangan 
hudud, joy, geografik nuqta bo‘lib, unga masalan, uy-joy, o‘rmon, ombor 
va shu kabilar kirishi mumkin. 
Jinoyat sodir qilish joyi jinoyat qonuni amal qiladigan butun Jinoyat 
kodeksi 11–12-moddalaridagi prinsipga ko‘ra belgilangan hududda jinoiy 
javobgarlikni yuzaga keltiradi. Bu holatda jinoyat sodir qilish joyi hudud 
169 


va fuqarolik prinsiplariga asosan belgilanadi. Bu prinsiplar asosida 
O‘zbekiston Respublikasi hududida va undan tashqarida sodir qilingan 
jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlik masalasi hal qilinadi. Jinoyat kodeksi 
Maxsus qismi moddasi dispozitsiyasida nazarda tutilgan hollarda jinoyat 
sodir qilish joyi jinoyatning zaruriy belgisi bo‘ladi, masalan, Jinoyat 
kodeksi 202, 220, 222-moddalari. 
Agar moddaning dispozitsiyasida jinoyat sodir qilish joyi zaruriy belgi 
bo‘lsa, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari jinoyatning aynan 
o‘sha joyda sodir bo‘lganligini aniqlashlari lozim. 
NOTA BENE ! 
Jinoyat sodir etish vaqti sekund, minut, soat, sutka, oy kabi vaqt 
birliklari bilan o‘lchanadigan ma’lum davr bo‘lib, aynan shu davrda 
jinoyat sodir qilinadi. 
Jinoyat sodir qilish vaqti jinoyat sodir qilish joyi kabi jinoiy 
javobgarlikning umumiy shartlari va fakultativ belgisi sifatida chiqadi. 
Umumiy shart sifatida jinoyat sodir qilish vaqti Jinoyat kodeksi 13-
moddasida belgilangan va umuman Jinoyat kodeksini qo‘llashda muhim 
ahamiyatga ega. Jinoyat sodir qilish vaqti Jinoyat kodeksi Maxsus qismi 
dispozitsiyasida maxsus tarzda belgilangan hollarda ahamiyatga ega, 
masalan, Jinoyat kodeksi 99-moddasi onaning o‘z chaqalog‘ini tug‘ish 
vaqtida yoki tug‘ilishi hamon qasddan o‘ldirishini nazarda tutadi. Yoki 
bo‘lmasa, qorovul xizmatini o‘tash qoidalarini buzish jinoyati (JK 291-
moddasi) faqatgina mana shu xizmatni o‘tayotgan vaqtda sodir etilishi 
mumkin.
Kamdan-kam hollarda jinoyat sodir qilish vaqti Jinoyat kodeksi 
moddalari dispozitsiyalarida nazarda tutiladi. Ammo nazarda tutilgan 
hollarda uni aniq belgilab olish zarur. Vaqt aniq ko‘rsatilmagan bo‘lishi 
mumkin, lekin u aynan nazarda tutiladi. Masalan, saylov natijalarida 
ovozlarni noto‘g‘ri hisoblash jinoyati uchun javobgarlik faqat saylov 
vaqtida yuzaga keladi (JK 146-moddasi). 
170 


Jinoyat kodeksida jinoyat sodir qilish usuli to‘g‘risida ko‘p gap 
boradi, chunki aynan jinoyat sodir qilish usuli bir-biriga yaqin jinoyatlarni 
bir-biridan farqlash mezonidir. Shu bilan birga, jinoyat sodir qilish usuli 
yakka holda ham, bir guruh holatida ham ifodalanishi mumkin. 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin