NOTA BENE !
Aybsiz holda zarar yetkazish (kazus), qachonki shaxs o‘z qilmishi
(harakat yoki harakatsizligi)ning ijtimoiy xavfliligini anglamaganda yoki
ijtimoiy xavfli oqibatlarning kelib chiqishi mumkinligiga ko‘zi yetmagan
va ish holati bo‘yicha anglashi va oldindan ko‘ra bilishi mumkin va lozim
bo‘lmaganda yuz beradi.
Kazus qasddan intellektual va irodaviy holatlarga ko‘ra farq qiladi.
Qasdda (to‘g‘ri yoki egri) shaxs o‘z qilmishi (harakat yoki
harakatsizligi)ning ijtimoiy xavfli xususiyatini anglaydi. Kazusda esa, o‘z
harakatlarining ijtimoiy xavfli xususiyatini anglamagan, anglashi lozim va
mumkin bo‘lmagan bo‘ladi. Bunda (qasd uchun xos bo‘lgan) kelib chiqishi
lozim va mumkin bo‘lgan ijtimoiy xavfli oqibatni oldindan ko‘ra bilish
mavjud emas. Kazusdagi qasdda bo‘lganidek, ijtimoiy xavfli oqibatning
212
kelib chiqishini xohlash va uning kelib chiqishiga yo‘l qo‘yish kabi
irodaviy holatlarning yo‘qligi bilan farqlanadi.
Ehtiyotsizlikdan kazus irodaviy holatiga ko‘ra farqlanadi. Kazusda
shaxs yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy xavfli oqibatni oldindan
ko‘ra bilmaydi, oldindan anglashi mumkin va lozim ham bo‘lmaydi,
ehtiyotsizlikda esa, aksincha, bu oqibatlarni oldindan ko‘ra bilishi mumkin
va lozim bo‘ladi.
Subyekt holatda aybdan farqli ravishda ruhiy munosabat emas (u
mavjud bo‘lmaydi), balki alohida u yoki bu ijtimoiy xavflilik, shu bilan
birga, jinoyat va jazoni inkor etadigan vaziyatda harakat qiladigan (yoki
qilmaydigan) shaxs ruhiy holatini tushunish kerak. Bu shaxsning ijtimoiy
xavfli oqibat yetkazgan qilmishi tarkibida ayb mavjud bo‘lmaganligi
uchun jinoiy javobgarlik yuzaga kelmaydi.
7-§. Jinoyatning motivi va maqsadi, emotsional holat
Jinoyat tarkibi subyekt tomonining qasd kabi zaruriy belgilaridan
tashqari, ba’zi jinoyat tarkibi tuzilishining o‘ziga xos xususiyatlari tufayli
boshqa elementlari ham ajralib chiqadi. Ular jinoyat sodir etishdagi motiv
va maqsadlar hisoblanadi. Ular ayb qatori shaxsning sodir etgan qilmishiga
va uning oqibatlariga nisbatan bo‘lgan ruhiy munosabatning bildirish
shaklini, mohiyati, darajasini ifodalaydi. Motiv va maqsad real
harakatlarning aniq vazifalarini, vositalar tanlash va ularni hal etish
usullarini qo‘yishni belgilaydi. Ularning asosida jinoiy qilmishning ideal
xayoliy modeli vujudga keladi hamda shuning bilan, shaxsning ijtimoiy
xavfli qilmishiga, ya’ni aybiga nisbatan real ruhiy munosabatini
tug‘diruvchi fundamentni ko‘rsatadi.
Har qanday qasddan sodir etilgan jinoyat qandaydir motiv va u yoki
bu maqsadda sodir etiladi. Motiv va maqsadning ijtimoiy va kriminologik
ahamiyati shundan iborat bo‘ladi. Shunday bo‘lsa-da, ba’zi tadqiqotchilar
ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan jinoyatlarning motiv va maqsadlari
mavjudligini turli xil shartlar bilan isbotlashga urinmoqdalar
1
. Bu esa
1
См.: Российское уголовное право. Курс лекций. В 2-х т. – Владивосток: 1999, Т.1 – С. 437 (автор главы –
Р.М. Михеев); Квашис В.Е. Преступная неосторожность. Социально-правовые и криминологические проблемы.
–
Владивосток: 1986. – С. 51.
213
noto‘g‘ri, bunday yo‘sinda jinoyat-huquqiy va kriminologik
yondashishlarning bu ko‘rinish bilan aralashib ketishiga yo‘l qo‘yiladi.
«Odam xulq-atvorining motivi shundagina jinoyat motivi bo‘ladiki,
qachonki motiv jinoiy qilmishning barcha muhim xususiyatlarini qamrab
olganida, bu esa faqat qasddan sodir etiladigan jinoyatlarda bo‘lishi
mumkin»
1
.
Bundan tashqari, qonunchilik motiv va maqsadni aybning ehtiyotsizlik
shaklidagi jinoyat tarkibining zaruriy va kvalifikatsiyalangan belgilari
qatoriga kiritmaydi. Shuningdek, maqsad ko‘zlangan natija to‘g‘risidagi
tasavvur bo‘lgani uchun hech ham ehtiyotsizlikning ichiga kiritish mumkin
emas, deb hisoblash kerak emas. Shuning uchun ehtiyotsizlik orqasidagi
jinoyatlarga muvofiq faqat motiv va maqsad to‘g‘risida gapirish mumkin,
biroq jinoyat to‘g‘risida emas.
Har qanday jinoyat tarkibi ham motiv va maqsadni ifodalayvermaydi.
Bu ko‘rinish motiv va maqsadning kvalifikatsiyasiga ta’sir etuvchi jinoyat
subyekt tomoni fakultativ belgilarining jinoyat-huquqiy ahamiyatini aks
ettiradi.
Motiv muayyan harakatlarni sodir etishga bo‘lgan niyat bo‘lib,
xususan, jinoyat motivi o‘zida, odam ruhiyatida ro‘y beradigan juda qiyin
emotsional (hissiy) va irodaviy jarayonni namoyon etadi. Chunonchi,
motiv jinoiy faoliyatga shaxsning faol qiziqtiruvchi omili (stimul)
hisoblanuvchi kuch va shiddat bilan intilishni beradi.
Xulq-atvorning boshqa shakllaridan huquqiy bahosi va o‘zining
yo‘naltirilganligi bilan ajralib turuvchi jinoyat individ ijtimoiy faolligi bir
ko‘rinishi bo‘lgani uchun, jinoyat motivining jinoyat-huquqiy va
kriminologik tushunchasi faqat ruhiy poydevor asosida quriladi va shunga
muvofiq, xulq-atvorning hamma asosiy ijtimoiy va ruhiy qonuniyatlari,
uning me’yoriy bo‘lmagan xarakteri bilan bog‘langan xususiyatini hisobga
olgan jinoyatga ham xosdir.
Psixologiyada motiv ostida shaxs faolligi omili, ya’ni shaxs xulq-
atvori negizida yotuvchi harakatdagi kuch tushuniladi. Bunday kuchning
manbai bo‘lib, ehtiyojlar, ya’ni hayotiy faoliyatning muayyan
1
Рарог А.И. Квалификация преступлений по субъективным признакам. – СПб.: «Юридический центр
Пресс», 2003. – С. 137-141.
214
sharoitlaridagi anglangan va anglanmagan talablarning aks etishi kabilar
ko‘rinadi
1
. Anglash jarayonida va ehtiyojlarni moddiylashtirishda shaxs
ongining manfaatlar, qiziqishlar, intilishlar, istaklar va boshqa
«elementlari» paydo bo‘ladi. Bu barcha mahsulotlar ehtiyojlar bilan
chambarchas bog‘langan bo‘lib, ular asosida shakllanadi, genetik planda
«ikkilamchi» hisoblanadi, biroq aynan ular shaxsning bevosita harakatdagi
kuchi – motivni shart qilib qo‘yadi.
Ko‘p hollarda manfaat shaxs faolligining qo‘zg‘atuvchisi bo‘lib
hisoblanadi. Manfaat ehtiyojlardan hosil bo‘ladi. Psixologik tushunishda u
o‘zida nimagadir shaxsiy ishtiyoqni
2
, ya’ni anglab yetilgan ehtiyojni
namoyon etadi. Manfaatning anglab yetilganligi uni mayl (qiziqish)dan –
ehtiyojning anglab yetilmagan kechinmasidan farqlaydi. Vujudga kelgan
manfaat va qiziqish, o‘z ehtiyojlarini qondirish yo‘llariga ega. Shuning
uchun ular ehtiyojni qondirishi mumkin bo‘lgan predmetni uchratganlarida
xatti-harakatning motivi bo‘ladi. Ehtiyojning uning predmetida
konkretlashganligi va bu muhim ehtiyoj bilan uni qondirishning sharoitlari
o‘rtasidagi qarama-qarshilik motivning – qilmishga undovchi psixika faol
holatining vujudga kelishiga olib boradi
3
.
Shaxsning manfaatlari uning ongida aks etgan holda, tasavvur, fikr-
mulohaza, g‘oya, ideal ko‘rinishidagi motivatsion ahamiyat kasb eta
boshlaydi. Bu motivning mohiyatini ko‘rsatuvchi tomon bo‘lib, uning
asosida muayyan qilmishning oldindan kelib chiqadigan oqibatlarini
hisobga olgan holda maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosani hosil
qiladi. Biroq bunday xulosa o‘zidan-o‘zi harakatga olib keladigan niyat
bo‘lavermaydi (jumladan jinoyatga olib keladigan). Shaxsning faolligi
intilish, istak, qiziqish, ehtiros kabi emotsional (hissiy) kechinmalar ta’siri
1
См.: Селиванов В.И. Сила потребности и волевое усилие. – В кн.: Проблемы формирования социогенных
потребностей. – М.: 1964. – С. 40.
2
А.Г. Ковалев, в частности, определяет интерес как «специфическое отношение личности к объекту в силу
его жизненной значимости и эмоциональной привлекательности». (Ковалев А.Г. Психология личности. – М.:
1965. –
С. 101).
3
Зелинский А.Ф. Осознаваемое и неосознаваемое в преступном поведении. – Харьков: «Вища школа», Изд-
во при Харьковском Университете, 1986. – С. 41.; Удовлетворенная потребность не может стать мотивом
поведения, поэтому, как правильно отмечает болгарский философ С. Попов, интерес личности к чему-либо
возникает при наличии противоречий между потребностью и условиями ее удовлетворения, или, иначе говоря,
при наличии препятствий к удовлетворению потребности. (Попов С. Сознание и социальная среда. – М.: 1979. –
С. 160).
215
ostida amalga oshadi. Hissiyot o‘zida ehtiyojning funksiyasini va subyekt
tomonidan uning muhim ehtiyojlarini qondirish imkoniyatlarini baholashni
namoyon etib, ular motivning dinamik (energetik) tomonini belgilaydi
1
.
Natijada, motivning ta’sirchanligi kuch va hissiy kechinmalarning
keskinligi, ya’ni kuchayganligi va nihoyat ehtiyojning muhimligi hamda
uni qondirishning o‘sha paytdagi imkoniyatlari bilan aniqlanadi. Hissiy
(emotsional) kechinmalarining o‘tishi shaxsning asab (nerv) sistemasi va
ruhiy (temperament) holatiga ham bog‘liq bo‘ladi.
Qasdning vujudga kelishidan oldin ba’zan murakkab jarayon – turli
imkoniyatlarni o‘ylab ko‘rish: harakat qilish yoki harakat qilishdan
tiyilish, qaysi yo‘l bilan va qanday usulda harakat qilishda ko‘rinadigan
motivlar kurashi bo‘lib o‘tadi
2
. Qaror qabul qilishda, oxirgi natijada
subyektning keyingi irodaviy yo‘nalishini belgilaydigan eng kuchli
bo‘lgan motiv yutib chiqadi.
Ko‘pincha, affekt holatidagi va «aqlsiz» sodir etilgan jinoyatlarda
subyekt tomonidan ularning asl mohiyati aniqlanadi. Ba’zan bular
subyektning ehtiyojlarni noto‘g‘ri aks ettirishidan kelib chiqadi. Turli
odamlarda bir xil obyektiv shart bo‘lgan ehtiyojlar bir xil shaxsiy ma’no
kasb etadi va ongda aks etgan holda ham doim jinoyatchining
G‘ayriijtimoiyligini aniqlashni belgilash orqali singdiriladi.
Yuridik adabiyotlarda muqarrar anglab yetilgan niyatlar kabi motivlar
to‘g‘risidagi tushunchalar ustunlik qiladi. Biroq shaxsning muammolarini
o‘rganuvchi ko‘pgina faylasuf va psixologlar har qanday harakatning
haqiqiy motivi har doim ham uzoq to‘liq anglab yetilmaydi deb
hisoblaydilar
3
.
Motivning mazmundor tomoni, ya’ni qilmishni (harakat yoki
harakatsizlikni) anglash – uni sodir etishning xayoliy tasavvuri – har doim
1
Мотивы всякого поведения, в том числе и преступного, имеют две стороны: содержательную и
динамическую (энергетическую). (См. Асеев В.Г. Мотивация поведения и формирование личности. – М.: 1976.
–
С. 22; Мясищев В.Н. Личность и отношения человека. // Проблемы личности: материалы симпозиума. – М.:
1969, т.1 – С. 69).
2
Теплов Б.М. Психология. – М.: 1951. – С.191.
3
См.: Боровский М.И. Детерминизм и нравственное поведение личности. – Минск: 1974. – С.150-151;
Леонтьев А.Н. Деятельность. Сознание. Личность. – М.: 1977. – С.201; Якобсон И.М. Психологические
проблемы мотивации поведения человека. – М.: 1969. – С.208; Спиркин А.Г. Сознание и самосознание. – М.:
1972. –
С.121; и др.
216
ham bir xil ongda namoyon bo‘lmaydi, ba’zida esa, unda mutlaqo
belgilanmaydi. Oxirgi holatda motivlashmagan xulq-atvor to‘g‘risida
gapiriladi, garchi bunday motivlashmagan xulq-atvor bo‘lmasa ham.
Bunday nomlanuvchi motivlashmagan xulq-atvorda (xatti-harakat)
faqatgina motivning bitta kategoriyasi – niyat mavjud. Yana motivning
dinamik tomoni sifatida keluvchi hissiyot kamdan-kam hollarda to‘g‘ri
anglab yetiladi. Juda ko‘p hollarda ular ong osti darajasida yoki faqat ichki
ruhiy darajada boshdan kechiriladi va ular subyektning kechinmalaridan
tashqariga chiqib ketmaydi. Shuning uchun agar xatti-harakatning o‘zini
anglamasalar, ya’ni xohish va ularning natijalarini anglamasalar,
motivning anglab yetilganligi to‘g‘risida va shaxs qilmishini anglaganda
bunday deyish mumkin emas.
Dostları ilə paylaş: |