– ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxs, o‘z qilmishining ijtimoiy
xavflilik xususiyatini anglamaganligi va ish holati bo‘yicha anglashi
mumkin va lozim ham bo‘lmaganligi;
– shaxsning ijtimoiy xavfli oqibat kelib chiqishini majburiyat va
imkoniyatning yo‘qligi sababli oldindan ko‘ra olmasligi.
Birinchi ko‘rinishdagi subyekt holat (kazus) qoida tariqasida formal
tarkibli jinoyatlarga xosdir, jumladan, aybsiz holda zarar yetkazishni
ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan formal tarkibli jinoyatlardan ajratish
imkonini beradi. Kazusning ikkinchi ko‘rinishi moddiy tarkibli
ehtiyotsizlikda sodir etilgan jinoyatlardan ish holati bo‘yicha hodisalarni
ajratib olishga mo‘ljallangan.
Shaxs tomonidan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy xavfli
oqibatni oldindan anglash imkoniyati va majburiyatining yo‘qligi aybni
inkor etadi. Shuning uchun shaxsning ijtimoiy xavfli oqibatni oldindan
anglashi imkoniyati va majburiyatining yo‘qligi jinoiy qilmish sodir
etilgan muayyan holat yoki subyektning shaxsiy sifatlari (tajribasi yo‘qligi,
kasbiy mahorat, intellektual rivojlanishning pastligi va h.k.) bo‘lishi
mumkin.
Dostları ilə paylaş: