NOTA BENE ! Umumiy prevensiya – umuman aholi tomonidan jinoyat sodir
etilishining oldini olish, bu esa, u yoki bu xatti-harakatning sodir etilishiga
huquqiy taqiqni belgilash bilan ham, jinoyat sodir etgan shaxslarni
jazolash bilan ham ta’minlanadi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, keyingi holatda umumiy prevensiya,
jinoiy jazolanadigan xatti-harakatlarni sodir etganlik uchun jinoiy
javobgarlikka tortilishning muqarrarligini namoyish etish orqali aholiga
ta’sir etadi.
Umumiy prevensiyadan farqli ravishda maxsus prevensiya faqat
aybdor shaxsga taalluqli bo‘lishi bilan birgalikda, mazkur shaxsning jinoiy
javobgarlikka tortilishi umumogohlantirish ahamiyatiga ega bo‘ladi.
NOTA BENE ! Maxsus prevensiya – jinoiy javobgarlikka tortilgan muayyan shaxs
tomonidan kelajakda ijtimoiy xavfli xatti-harakatlar sodir etilishining
oldini olish.
Fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etish ruhida tarbiyalashKodeksda alohida vazifa
sifatida belgilangan bo‘lib, u huquqiy javobgarlikning eng og‘ir turi
hisoblangan jinoiy javobgarlikka tortish tahdidi ostida u yoki bu faoliyatni
amalga oshirishda huquqiy mexanizmlarga rioya etishni nazarda tutadi.
Aholining huquqiy ongi, huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini
oshirish tarbiyaning mohiyatini tashkil etadi.
Fuqarolarni Konstitutsiya va qonunlarga rioya etish ruhida tarbiyalash
umumiy prevensiyadan farqli ravishda muayyan xatti-harakat uchun jinoiy
javobgarlik mavjudligini fuqarolar bilishini talab etmaydi, balki ularda
qonunni buzishga to‘sqinlik qiluvchi faol hayotiy pozitsiyani
shakllantiradi. Shunday qilib, fuqarolarni tarbiyalash huquqiy bo‘ysunish,
ya’ni huquqiy qoidalarga ongli ravishda rioya etilishini ta’minlashdan
iborat.
19