Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/298
tarix10.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#110474
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   298
fc14ce6364e21ae42f7e44d6f4454c45 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HUQUQI K U R S I 1-TOM

JK 2-moddasi 2-qismi Kodeks tomonidan qo‘yilgan vazifalarni, 
xususan, quyidagilarni aniqlash orqali amalga oshirishning usul va 
uslublarini ko‘rsatib beradi: 
– jinoiy javobgarlikning asoslari va prinsiplari; 
–jinoyat hisoblanadigan ijtimoiy xavfli xatti-harakatlar
– ijtimoiy xavfli xatti-harakatlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan 
qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan jazo va huquqiy ta’sirning boshqa choralari. 
Kodeksning vazifalarini amalga oshirishning belgilangan usullari 
umumiy bo‘lib, ular uning tarkibiy elementlari – Umumiy va Maxsus 
qismning bo‘lim, bob va moddalarida aniqlashtiriladi. 
4-§. Jinoyat huquqi prinsiplari 
1994 yilgi JKda birinchi marta o‘rnatilgan jinoyat huquqining 
prinsiplari jinoyat qonunida mustahkamlangan davlatning jinoyat-
huquqiy siyosati mohiyatini va hozirgi yo‘nalishlarini ifodalaydigan, sodir 
etilgan jinoyat uchun javobgarlik negizlari, chegaralari va shakllari haqida 
ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, axloqiy, etnik, diniy va huquqiy tasavvurlarni 
aks ettiradigan yetakchi g‘oyalar va asosiy qoidalardir.
Jinoyat huquqining prinsiplar tizimi JKning 3-moddasida berilgan. 
Bu prinsiplar tizimi jinoyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining demokratik 
mohiyatini aks ettiradi va shu bilan birga huquqni qo‘llash amaliyotining 
barqarorligi va yaxlitligini ta’minlashga xizmat qiladi, bu bilan qonun 
chiqaruvchi tomonidan ayrim jinoyat-huquqiy me’yorlarni o‘zgartish, 
qo‘shimchalar kiritish, bekor qilishning hamda vakolatli davlat organlari 
tomonidan ularni qo‘llashning rahbariy asoslarini belgilab beradi. 
JKning 3-moddasi qonunning har bir me’yorida mavjud bo‘lishi 
shart bo‘lgan qadriyatlar strukturasini aks ettiradigan o‘ziga xos andoza 
vazifasini o‘taydi, ya’ni har qanday jinoyat-huquqiy norma ushbu 
moddada ko‘rsatilgan yetakchi qoidalar majmuiga mos bo‘lishi lozim, aks 
holda, u Jinoyat kodeksining normasi sifatida tan olinmaydi va amalda 
qo‘llanilmaydi. 
Jinoyat kodeksi normalari tizimi va jinoyat to‘g‘risidagi qonun 
hujjatlari 
o‘zaro bog‘liq hamda bir-birini belgilovchi huquqiy 
prinsiplardan tarkib topadi. 
20 



Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin