shu orqali jinoyatchilikning oldini olish, ijtimoiy munosabatlarni
sezilarli
zarar yetkazilishidan himoya qilishdan iboratdir. Me’yoriy-huquqiy
prinsiplarning fuqarolarga ta’siri kodeksda belgilangan qoidalarni
buzmaslikka da’vat qilish darajasidagi ularning huquqiy ongini
shakllantirish va bu qoidalarga faqat davlat va jamiyat manfaatlari
nazaridan emas, balki o‘zining shaxsiy manfaatlaridan kelib chiqqan holda
yoki bo‘lmasa davlat tomonidan o‘rnatilgan inson va fuqarolarning
huquq
va erkinliklarini ta’minlashning realligidan, boshqa shaxslarning huquqlari
va erkinliklarini hurmat qilish zarurligidan kelib chiqqan holda rioya
ettirish maqsadini ko‘zlaydi.
Kodeksda jinoyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining yetakchi
g‘oyalarini mustahkamlovchi maxsus moddalar mavjudligi olib
borilayotgan jinoyat-huquqiy siyosatning vazifalarini samaraliroq hal etish
va uning mohiyatini chuqurroq anglab yetishga ko‘maklashadi.
Huquqiy prinsiplarning
dastlabki tergov, prokuratura va sud
idoralarining mansabdor shaxslarga ta’siri, o‘z navbatida, jinoyat
to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining to‘g‘ri qo‘llanilishi, inson huquqlari va
erkinliklarining himoya qilinishiga va bu boradagi O‘zbekiston
Respublikasi jinoyatga oid siyosatini yurg‘izishning barqarorligi va birligi,
shuningdek, xizmat vazifalarini bajarishda talabchanlik va shaxsiy
mas’uliyatni oshirishdan iboratdir.
Qonun ijodkorligi jarayonida huquqiy prinsiplarning ta’siri alohida
ahamiyat kasb etadi. Prinsip-normalar qonun chiqaruvchi organning qonun
chiqarish, unga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish hamda
bekor qilish
bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Jinoiy-huquqiy
normalarni ishlab chiqish va qabul qilish jarayonida qonun chiqaruvchi
jinoyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida mustahkamlangan rahbariy
g‘oyalar tizimiga tayanadi.
Huquq sohasining har biri uchun taalluqli bo‘lgan umumiy g‘oyalar
3-
moddada keltirilgan huquq sohasining har bir tarmog‘ida inobatga
olingan. Jinoyat kodeksi mavhum umumijtimoiy qadriyatlarni nazarda
tutmaydi, balki aniq huquqiy hodisalarni ifodalaydi. Misol uchun,
umumijtimoiy prinsip sifatida tan olingan qonuniylik prinsipining
22
mazmun-mohiyati Konstitutsiya va qonunning ustunligida aks etadi.
Jinoyat kodeksining
4-moddasida keltirib o‘tilgan «sodir etilgan
qilmishning jinoiyligi, jazoga sazovorligi va
boshqa huquqiy oqibatlari
faqat Jinoyat kodeksi bilan belgilanadi», deb mustahkamlangan normativ-
huquqiy normada jinoyat-huquqiy prinsiplarning aniqligi alohida tavsifga
ega ekanligini ko‘rish mumkin.
Qonuniylik
prinsipi Jinoyat kodeksida mustahkamlangan
prinsiplarning tartibini boshlab beradi. Biroq, buni bir prinsipning boshqa
bir prinsipdan ustunligi sifatida tushunmaslik kerak. Jinoyat kodeksining
Dostları ilə paylaş: