– faqat sudning hukmiga va mutlaqo qonunga asosan shaxs jinoyat
sodir etgan deb topilishi
va jazolanishi mumkin;
– ayblanuvchining huquqiy holati faqatgina qonun bilan tartibga
solinadi.
«Nullum crimen sine lege» prinsipi qonuniylikning jinoyat-huquqiy
prinsipi uchun asosiy va an’anaviy prinsip hisoblanib, u aynan qonun bilan
taqiqlangan xatti-harakatgina jinoyat ekanligini anglatadi. Biroq «nullum
crimen sine lege» prinsipi o‘z mazmun-mohiyatiga ko‘ra yanada kengroq
va boy bo‘lib, quyidagi bir necha jihatlarni qamrab oladi:
– shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish uchun huquqiy asos bo‘ladigan
va uning huquqiy oqibatlarini belgilab beradigan qonunchilik manbalari;
– shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish shartlari
va bundan kelib
chiqadigan huquqiy oqibatlar.
Qonuniylik prinsipi shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish va uning
huquqiy oqibatlarini aniqlashda qonunchilik hujjatlari turlarining tartibga
solinishini nazarda tutadi. Demak, shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish,
unga jazo tayinlash va huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash faqat
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi bilangina belgilanadi. Bu har
qanday boshqa qonun hujjati qo‘llanishi
istisno etiladi, demakdir. Bu
talabda jinoyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari faqat Jinoyat kodeksidan
iboratdir deb ko‘rsatilgan. Bu O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat
kodeksining 1-moddasi talablariga to‘la mos keladi.
Shunday qilib, qonuniylik prinsipi shaxsni
jinoiy javobgarlikka
tortishda jinoyat qonunining aniq va yagona shaklini o‘rnatib, uning
yuridik va boshqa huquqiy oqibatlarini tartibga soladi. Jinoyat qonunida
ko‘rsatilmagan har qanday boshqa qilmish uchun jinoiy javobgarlikka
tortilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Jinoyat huquqida analogiya institutining yo‘qligi sababli amaliyotda
paydo bo‘lgan har qanday yangi ijtimoiy xavfli
qilmish Jinoyat kodeksiga
kiritilmagunga qadar jinoyat deb topilmaydi.
Qonuniylik prinsipi shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish asoslarini
belgilashda namoyon bo‘ladi. Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, shaxs jinoiy
javobgarlikka sodir etgan muayyan qilmishi (harakati yoki harakatsizligi)
25
uchungina tortilib, uning fikri va qarashlari jinoiy javobgarlikka tortishga
asos bo‘la olmaydi. Jinoyat
kodeksi 4-moddasi 1-qismida qonuniylik
prinsipi haqida to‘xtalib, jinoyat va jazo faqat harakat yoki harakatsizlik
orqali sodir etilishi nazarda tutilgan. Qonuniylik prinsipining ushbu
qoidasi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (29-modda)
1
, Xalqaro
huquqning umume’tirof etilgan normalari va prinsiplari, Inson
huquqlari
umumjahon deklaratsiyasi, Fuqaroviy va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi
xalqaro paktda (15-modda) ko‘rsatib o‘tilgan qoidalarga to‘la mos keladi.
Shuningdek, qonuniylik prinsipi u yoki bu xatti-harakatni jinoyat
sifatida qabul qilish va jinoiy javobgarlikka tortish tahdidi bilan jinoyat
qonunida mustahkamlaydi. Jinoiy qilmish shaxsning harakati va
harakatsizligi bilan tavsiflanadi.
Dostları ilə paylaş: