Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/298
tarix10.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#110474
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   298
fc14ce6364e21ae42f7e44d6f4454c45 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HUQUQI K U R S I 1-TOM

Aybsizlik prezumpsiyasi jinoyat qonuni nuqtai nazaridan nullum 
crimen sine lege prinsipini qo‘llashning xususiy holati, ya’ni ushbu 
prinsipni inson tomonidan sodir etilgan muayyan qilmishga qo‘llashdir. 
To‘g‘rirog‘i, JK qilmishlar tarkibining umumiy shaklini inson 
faoliyatining muayyan ifodasiga bog‘lamagan holda belgilaydi. Shu bilan 
bir vaqtda, qonuniylik prinsip sifatida sodir etilgan qilmishning barcha 
holatlariga nisbatan qonunni to‘liq qo‘llashda individual yondashuvni talab 
qiladi. Individual yondashuv jinoyat sodir etgan muayyan shaxsga 
nisbatan, muayyan ish bo‘yicha chiqarilgan sud hukmida o‘z ifodasini 
topadi.
NOTA BENE ! 
Sud hukmi – sud hokimiyatining jinoyat ishi yuzasidan chiqarilgan 
hamda sudlanuvchining aybdor yoki aybsizligini, jazo chorasini 
belgilaydigan, shuningdek, sudlanuvchini aybdor yoki aybsiz deb topish 
natijasida boshqa huquqiy oqibatlarni keltirib chiqaradigan huquqiy akt. 
Bir necha sudlanuvchiga nisbatan chiqarilgan sud hukmi jinoyat 
qonunini individuallashtirgan holda qo‘llanilishi bilan farqlanib, 
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 457-moddasiga 
asosan, sud hukm chiqarishda sudlanuvchilarning har biriga nisbatan 
quyidagi masalalarni hal etishi lozim: 
– sudlanuvchi aybli deb topilayotgan qilmish haqiqatan ham sodir 
etilganmi; 
– bu qilmish jinoyat hisoblanadimi va u Jinoyat kodeksining qaysi 
moddasida nazarda tutilgan
29 


– bu qilmishni sudlanuvchi sodir etganmi; 
– sudlanuvchi jinoyat sodir etilishida ayblimi, basharti aybli bo‘lsa, 
uning aybi qanday shaklda; 
– 
sudlanuvchining javobgarligini yengillashtiradigan va 
og‘irlashtiradigan holatlar mavjudmi; 
– sudlanuvchi sodir etgan jinoyati uchun jazolanishi kerakmi; 
– sudlanuvchiga nisbatan qanday jazo tayinlanishi lozim va shu jazoni 
o‘tashi kerakmi; 
– sudlanuvchini Jinoyat kodeksining 34-moddasiga muvofiq o‘ta 
xavfli retsidivist deb topish lozimmi; 
– ozodlikdan mahrum qilingan mahkum jazoni qanday tartibli 
koloniyada o‘tashi lozim va u jazo muddatining bir qismini turmada 
o‘tashi kerakmi; 
– fuqaroviy da’voni qanoatlantirish kerakmi, bu da’vo kimning 
foydasiga va qancha miqdorda qanoatlantirilishi lozim, shuningdek, 
fuqaroviy da’vo qo‘zg‘atilmagan bo‘lsa, jinoyat tufayli keltirilgan mulkiy 
zarar undirilishi kerakmi, sudlanuvchilar solidar yoki hissali javobgarlikka 
tortilishlari kerakmi; 
– fuqaroviy da’voni ta’minlash uchun xatlangan mol-mulkni nima 
qilish kerak; 
– ashyoviy dalillarni nima qilish kerak; 
– protsessual chiqimlarni kimning zimmasiga va qancha miqdorda 
yuklash kerak; 
– sudlanuvchiga nisbatan ehtiyot chorasini tanlash, ilgarigisini 
qoldirish, o‘zgartirish yoki bekor qilish kerakmi
– sudlanuvchiga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini 
qo‘llash yoxud uning ustidan homiylik belgilash zarurmi. 
Sud hukmi – bu sud hokimiyatining O‘zbekiston Respublikasi 
nomidan chiqaradigan yagona hujjati bo‘lib, u shaxs tomonidan sodir 
etilgan qilmishga nisbatan huquqiy baho beradi. 
Shaxsni jinoyat sodir etganlikda aybdor deb topish va hukm chiqarish 
tartibi faqat qonunda belgilanishi kerak bo‘lib, u qonuniylik prinsipining 
ajralmas qismidir. Agar shaxsning harakat yoki harakatsizligidan iborat 
30 


qilmishlarning jinoiyligi va jazoga sazovorligining umumiy qoidalari 
qonun tomonidan o‘rnatilgan bo‘lsa, unda muayyan holatlarga nisbatan 
ushbu qoidalarni qo‘llash tartibi ham qonunda belgilangan bo‘lishi kerak. 
O‘zbekiston Respublikasida shaxsni jinoyat sodir etishda aybdor deb 
topish va unga nisbatan hukm chiqarish tartibini belgilovchi qonun 
Jinoyat-protsessual kodeksidir. 
Qonuniylik prinsipining tarkibiy qismlaridan biri bo‘lmish aybsizlik 
prezumpsiyasiga ko‘ra, aybdorligi isbotlangan jinoyatchiga nisbatan 
qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan huquq va erkinliklarni cheklash choralari 
hali jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan shaxsga nisbatan 
qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Ayblanuvchi, hattoki, qamoqda 
saqlanayotganda ham mahkumning huquqiy maqomidan farq qiluvchi 
huquqiy maqomga ega bo‘ladi, xususan, u saylovlarda qatnashish 
huquqiga ega, ishdan bo‘shatilishi mumkin emas, u sha’ni va qadr-
qimmatini himoya qilish va boshqa huquqlaridan foydalanadi. 
Ayblanuvchining konstitutsiyaviy huquqlarini barcha cheklashlar faqat 
zarur hollardagina qonun asosida qo‘llanilishi mumkin. 
Jinoyat sodir etganlikda aybdor deb topilgan shaxsning huquq va 
majburiyatlari faqat qonun bilan tartibga solinib, bu jinoyat huquqidagi 
qonuniylik prinsipining yakunlovchi bosqichidir.
Shaxsni jinoyat sodir etishda aybdor deb topish uning huquqiy 
maqomining o‘zgarishiga olib keladigan oqibatlarni keltirib chiqaradi. 
Xususan, aybdor deb topilgan shaxsning ba’zi bir huquqlari 
cheklanishi bilan birga unga ayrim qo‘shimcha majburiyatlar ham 
yuklatiladi. Huquqiy holatdagi bu o‘zgarishlar mahkumga jazo tayinlashda 
yoki ayblanuvchiga boshqa ta’sir choralarini qo‘llashda (tibbiy yo‘sindagi 
majburlov choralari, shartli hukm qilish va boshqalar) namoyon bo‘ladi. 
Shunday qilib, ayblanuvchining huquqiy maqomini cheklovchi u yoki bu 
choralar faqat qonunga (JK, JPK) asoslanadi, boshqa qonunosti aktlar 
inobatga olinmaydi.
Ushbu talablar JKning 4-moddasida o‘rnatilgan «nullum crimen sine 
lege» qoidasidan kelib chiqib, unga muvofiq jazoga sazovorlik va boshqa 
huquqiy oqibatlar faqat qonunda belgilanadi. Unga ko‘ra aybdor deb 
31 


topilgan shaxsga nisbatan tayinlanadigan jazo va boshqa huquqiy ta’sir 
choralarining mohiyati qonun bilan belgilangan bo‘lishi kerak.
Qonuniylik prinsipi, nafaqat, qonunni qo‘llash amaliyotida, balki 
qonun ijodkorligi jarayonida ham muhim ahamiyatga ega.
Shunday qilib, jinoyat qonuni jinoiy qilmish va uni sodir etishning 
huquqiy oqibatlariga xos bo‘lgan alomatlarni aniqlasa, qonuniylik prinsipi 
qonun chiqaruvchini muayyan jinoyatning alomatlarini aniq va to‘liq 
ko‘rsatish hamda jinoyat qonunining o‘zida huquqni muhofaza qiluvchi 
organlar duch kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni yechishga undaydi. 
Qonunchilikda ushbu prinsipning roli xatti-harakatlarning jinoyat yoki 
jinoyat emasligini aniq ko‘rsatgan holda qonunning aniq va bir xilda amal 
qilishini ta’minlashda ko‘rinadi.
Bu prinsipga rioya qilish jinoyat qonunchiligida jazo tayinlash 
amaliyotida bir xillikni ta’minlashga yordam beradi. O‘z navbatida, ushbu 
qoidalar jazo sanksiyalari miqdorining minimumi va maksimumini va 
boshqa holatlarni belgilashi bilan ham uzviy bog‘liqdir. 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin