Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


muayyan natijaga erishishga intilish



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə205/298
tarix10.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#110474
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   298
fc14ce6364e21ae42f7e44d6f4454c45 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HUQUQI K U R S I 1-TOM

muayyan natijaga erishishga intilish hamda o‘zlari uchun umumiy 
natijaga intilayotgan boshqa shaxslarning faoliyatini hisobga olish, 
boshqacha aytganda, har bir ishtirokchi tomonidan boshqa 
ishtirokchilar jinoiy faoliyatini anglash mavjudligi birgalikni aniqlash 
mezonidir. 
Barcha ishtirokchilar uchun muayyan umumiy natijaga 
erishishga intilish – ishtirokchilikning zaruriy qismidir, aynan shu holat 
birgalikda sodir etilayotgan jinoyatga nisbatan har bir ishtirokchi 
niyatining yo‘naltirilganligini tavsiflaydi. Bir necha shaxslar harakatini 
birlashtirish yagona jinoiy natijaga erishishni yengillashtirish zaruriyati 
bois yuzaga kelgan bo‘ladi. 
Birgalikda jinoyat sodir etish haqida o‘zaro xabardorlik 
ishtirokchilardan har biri boshqalar bilan birgalikda bitta jinoyat sodir 
etishda qatnashayotganini anglashini nazarda tutadi. 
Ishtirokchilarning o‘zaro xabardorligi muvofiqlashganligi shu bilan 
tavsiflanadiki, jinoyatga ishtirokchilarning har biri, birinchidan, jinoyatni 
birgalikda sodir etilishi faktini, ikkinchidan, har qanday emas, muayyan 
jinoyat sodir etilishini, uchinchidan, nafaqat o‘z qilmishining, balki boshqa 
ishtirokchilar (kamida bittasini) qilmishlarining ijtimoiy xavfli mazmunini 
anglaydi. Masalan, raqobatchini diskreditatsiya qilishda (JK 192-moddasi) 
oldindan yolg‘on, noaniq yoki qing‘ir axborot bir shaxs tomonidan 
tayyorlangan, amalda esa boshqa shaxs tomonidan oshkor etishga 
(televideniye orqali, gazetada chop etish va hokazo) berilgan bo‘lishi 
mumkin, bunda, agar bajaruvchi o‘zi berayotgan informatsiya 
yolg‘onligini anglagan bo‘lsa, mazkur jinoyatni sodir etishda ishtirokchilik 
sifatida kvalifikatsiya qilish mumkin. 
Jinoyatning birgalikda sodir etilishini anglash ishtirokchi o‘zining 
ma’lum jinoyat sodir etishga yo‘naltirilgan harakatiga kamida bitta boshqa 
293 


ishtirokchining harakati ham qo‘shilgani haqida xabardorligini bildiradi. 
Bajaruvchi boshqa shaxslar bilan birgalikda jinoyat sodir etayotganligini 
anglamagan hamda mazkur shaxslar uning jinoiy niyatlarini bilmagan 
hollarda, ishtirokchilik istisno qilinadi. 
Har bir ishtirokchi tomonidan o‘z harakatlarining ijtimoiy xavfliligini 
va jinoyat tarkibi alomatlari bilan qamrab olingan boshqa ishtirokchilar 
harakatlarining ijtimoiy xavfliligini 
anglash, birgalikdagi jinoiy 
faoliyatning ijtimoiy xavfli oqibatlari yuzaga kelishini oldindan ko‘ra 
bilishni ham nazarda tutadi. 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin